Niyazova Xafiza Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri O‘zbekiston badiiy kinosida zamondosh obrazi”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San241.
Ilmiy rahbar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor;
Yakubov Baxtiyor Chorievich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri O‘zbekiston badiiy kinosida zamondoshlar obrazi talqinining asosiy tendensiyalari, obrazlar tipologiyasi va evolyusiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davrida yaratilgan zamondosh obrazi timsolida izchil evolyusiya mavjudligi va mazkur jarayon siyosiy-mafkuraviy omillar bilan bog‘liqligi sababli davr talablariga moslasha olmay tushkunlikka yuz tutgan obrazlardan tortib kelajakka ishonch bilan qarovchi, tashabbuskor qahramonlar tipologiyasi yuzaga kelgani isbotlangan;
badiiy kinoda zamondoshlar obrazi ideal qahramonlar bo‘lib emas, balki kamchiliklardan xoli bo‘lmagan, real hayot bilan bog‘liq, yuksak insoniylik xislatlariga ega oddiy inson sifatida talqin etilayotgani bois milliy kinoda yangi qahramon konsepsiyasi yuzaga kelgani dalillangan;
kinematografik bayon uslubining tarixiy-retrospektiv, lirik-subektiv uslublari qo‘llanilishi sababli zamonaviy filmlarda qahramon obrazini ijtimoiy va psixologik muammolar kesimida talqin etish imkoniyati vujudga kelgani asoslangan;
zamondosh obrazi, asosan, oila fonida gavdalangani sababli azaliy qadriyatlar va milliy an’analar muhitida talqin qilingani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri O‘zbekiston badiiy kinosida zamondosh obrazi mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot doirasida:
zamondosh obrazi, asosan, oila fonida gavdalangani sababli azaliy qadriyatlar va milliy an’analar muhitida talqin qilingani va badiiy kinoda zamondoshlar obrazi ideal qahramonlar bo‘lib emas, balki kamchiliklardan xoli bo‘lmagan, real hayot bilan bog‘liq, yuksak insoniylik xislatlariga ega oddiy inson sifatida talqin etilayotgani bois milliy kinoda yangi qahramon konsepsiyasi yuzaga kelgani dalillangani bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining “Kinotalqin” va “Birgalikda ko‘ramiz” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali DMning 2023-yil 22-sentyabrdagi 01-02-04/194-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston kino san’atida paydo bo‘lgan yangi qahramonlar orqali tomoshabinda oila va Ona-vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat yanada mustahkamlanib, zamondoshlar obrazi haqida keng tasavvur paydo bo‘lishiga xizmat qilgan;   
mustaqillik davrida yaratilgan zamondosh obrazi timsolida izchil evolyusiya mavjudligi va mazkur jarayon siyosiy-mafkuraviy omillar bilan bog‘liqligi sababli davr talablariga moslasha olmay tushkunlikka yuz tutgan obrazlardan tortib kelajakka ishonch bilan qarovchi, tashabbuskor qahramonlar tipologiyasi yuzaga kelgani isbotlangani va kinematografik bayon uslubining tarixiy-retrospektiv, lirik-subektiv uslublari qo‘llanilishi sababli zamonaviy filmlarda qahramon obrazini ijtimoiy va psixologik muammolar kesimida talqin etish imkoniyati vujudga kelgani asoslangani bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 702 PZ-20170928517 – “Teatr, kino va musiqa ustalari ijodi – O‘zbekiston milliy madaniyatining ustuvor omili sifatida” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 12-oktyabrdagi 3/1255-2255-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston badiiy kino san’atining zamonaviy jarayonini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, dramaturgiya, rejissura va aktyorlik san’ati nazariyasiga oid bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish