Safarov Uchqun Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushoq – elastik muxitda joylashgan to‘ldiruvchili silindrik qobiqda garmonik to‘lqinlar ta’sirdan hosil bo‘lgan kuchlanishlar – deformatsiya holati xususiyatlari” (Properties of the stress-strain state of a cylindrical shell with filler, located in a viscoelastic medium, arising under the action of harmonic waves) 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3427
Ilmiy rahbar: Raxmonov Baxodir Sobirovich texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash negizida tashkil etilgan bir martali ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Ibraxim fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin Mavlonovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qovushoq - elastik yarim tekislikda joylashgan to‘ldiruvchili silindrik qobiqqa garmonik va noturg‘un to‘lqin yuklanishi masalasini matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmlarini ishlab chiqish, hamda sonli natijalar olish va olingan natijalarni tajriba natijalari bilan solishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qovushoq - elastik yarim fazoda joylashgan to‘ldiruvchili silindrik qobiqda garmonik to‘lqinlar (tekis va silindrik) ta’sirida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini topish masalasi matematik qo‘yildi, echish metodikasi va algoritmi kompleks argumentli Bessel va Xankelning maxsus funksiyalari, Gauss, Myuller usullariga asoslanib ishlab chiqilgan;
material qovushoqligi va qaytgan seysmik to‘lqinlarni hisobga olib, ular ta’sirda hosil bo‘ladigan kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini analitik ko‘rinishdagi ifodalari topildi, Rjanisin - Koltunov va Rabotnov yadrolari bo‘yicha kontur kuchlanishlar uzun to‘lqin sohasidagi 5-8% ga kamaytirishi, materiallarning qovushoqlik xossalarini hisobga olish ko‘chish va kuchlanishlarning 10–15 % ga kamaytirishi aniqlangan;
qovushoq - elastik yarim fazoda joylashgan to‘ldiruvchili silindrik qobiqning statsionar masalalarini echishda irsiy Bolsman – Voltera integrali o‘rniga muhandislar uchun sodda va qulay bo‘lgan umumlashgan Kelvin – Foygt modelini qo‘llash mumkinligi bu masalalarni echishda turli klassik modellarni qo‘llash asosida ko‘rsatilgan;
yarim deformatsiyalanuvchi fazodagi silindrik qobiqlarga hajmiy bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqin ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar materiallarning qovushoqligi va qaytgan seysmik to‘lqinlarni hisobga olish asosida aniqlandi.
seysmo – portlash to‘lqinlari ta’sirida dala sharoitida amalga oshirilgan tajribalarda olingan kuchlanishlar va deformatsiya masofa (portlovchi modda va qobik orasi)ning kichik (100m kam ) qiymatlarida katta (46%) xatoliklarga, katta masofalarda esa 15% gacha xatoliklarga olib kelishi dala tajriba natijalarini nazariy analitik natijalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovushoq – elastik muhitda joylashgan to‘ldiruvchili silindrik qobiqqa garmonik to‘lqinlar ta’siridan hosil bo‘lgan kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holati xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘icha olingan natijalar asosida:
eng kichik xususiy chastotani aniqlashning asimptotik formulasidan hamda asosiy xususiy chastotani aniqlashning nazariy - tajribaviy formulasidan Buxoro muhandislik–texnologiya institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-4-14 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro muhandislik - texnologiya institutining 2023 yil 24 fevraldagi № 02/01-86-403-son ma’lumotnomasi). Natijada bu suyuqlik oquvchi qovushqoq elastik egri chiziqli quvurning eng kichik xususiy chastotasini va asosiy xususiy chastotani aniqlashga hamda ularga mos keluvchi tebranish formalarini aniqlash imkonini bergan;
manbadan tarqaluvchi seysmik to‘lqin egriligini hisobga olgan holda vibratsion yuklanish natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiyani topish metodikasidan Toshkent kimyo - texnologiya institutida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalinilgan (Toshkent kimyo - texnologiya institutining 2023 yil 11 martdagi № 1/01-831-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini toppish imkonini bergan;
seysmik to‘lqinlarning bo‘ylama va ko‘ndalang uzunliklarini hisoblashda dissertatsiyada taqdim qilingan hisoblash usullaridan “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “Uzjamoaloyiha” MChJ, “Buxoro eksperimental loyihalash ilmiy tekshirish instituti” MChJ va “Qurilishloyiha” MChJlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi № 08-06/11700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar yuklanganda silindrik qatlamdagi kuchlanishlar orasidagi farq 16-22 % bo‘lishi aniqlangan.