Axmedov Axadjon O‘rmonjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar hamda 05.09.05– Qurilish materiallari va buyumlari ixtisosliklari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1365.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kasimov Ibroxim Irkinovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor;
Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yo‘lbop asfaltbeton qoplamalarini dinamik deformatsiyaga, muzlashga va korroziyaga bardoshlik darajasini oshirish, uzoq vaqt davomida xizmat qilishi, keng harorat doirasida yuqori yuklanish va tashqi ta’sir kuchlarga chidamliligini oshirish, struktura va xossalarini optimallashtirish hisobiga ishonchliligini asoslashdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
modifikatsiyalangan asfaltbeton qoplamalariga mahalliy xom ashyolar, sirt faol moddalar va polimer qo‘shimchalar qo‘llanishi natijasida ularning elastik xossalari, deformatsiyaga chidamliligi, ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining ortishi ilmiy va amaliy jihatdan isbotlangan;
polimerlar va struktura hosil qiluvchi sirt faol moddalarni modifikatsiyalashda bitumning qovushqoqligi oshishi yuqori deformatsiyaga chidamli, harorat-bardoshlik darajasi yuqori bo‘lgan bitumlar va energiya resurslarni tejovchi yangi oksidlashsiz intensiv texnologiya ishlab chiqilgan;
«bitum - sirt faol modda - polimer - mineral modda» kompozisiyasidagi modifikatsiyalashda bitum tarkibi, sirt faol moddaning ta’sirini hisobga olgan holda modifikatsiyalangan asfaltbetonda struktura hosil bo‘lish mexanizmi asoslangan;
modifikatsiyalangan asfaltbeton tarkibidagi mineral bog‘lovchi, to‘ldirgich va polimer bitum miqdorini o‘zgarishi orqali qotgan asfaltbetonni suv bilan to‘yinganlik darajasi va mustahkamligini boshqarish imkoniyati, hisoblashning matematik modellashtirish usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolar asosidagi polimer-mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan modifikatsiyalangan asfaltbeton qoplamalarining strukturasi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot natijalari ishlab chiqarilgan asfaltbeton qorishmasining tajriba partiyasi 4P144-“Farg‘ona-Xamzaobod” avtomobil yo‘lining 4-9 kilometrini (transport intensivligi 8 ming/sutka) yirik ta’mirlash vaqtida qo‘llanildi. Ishlab chiqarilgan asfaltbeton 1000 m2 yo‘l yuzalarida 5 sm qalinlikdagi turli deformatsiyalar va chuqurliklar, yoriqlar mavjud yo‘lkaning ustki qatlamiga yotqizildi. Natijada modifikatsiyalangan asfaltbetonni qo‘llash mavjud usulga nisbatan yo‘lning ish muddatini 10-20 % oshirish, yo‘l qurilishida foydalanish aralashmani 15-20 oC past haroratda yotqizish va zichligini oshirish imkoniyati tufayli qurilish mavsumini kengaytirish, shuningdek, yotqizish texnologik jarayoni vaqtini 10 % kamaytirish imkonini bergan. (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llar Davlat qo‘mitasining 2020-yil 18-dekabrdagi 03/4207-6045-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan asfaltbeton qorishmasining 4,8 ming tonna miqdordagi tajriba partiyasi 4P144-“Farg‘ona-Xamzaobod” avtomobil yo‘lining(transport intensivligi 8 ming/sutka) 1000 m2 yuzalarini yirik ta’mirlash vaqtida qo‘llanilgan va 1000 x 51639,15 = 51 639 150 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.