Agzamxodjaeva Nozimaxon Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali futbolchilar yuragining morfo-funksional parametrlarini baholash”, 14.00.38 – Sport tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3669.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Rahimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdudjalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilish tabiati va xususiyatlarini yurak zo‘riqishi shakllanishi jarayonini aks ettiruvchi biomarkerlar tahlili asosida funksional baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining turli buzilishlari kelib chiqishi xavfi ular o‘yin ampluasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
professional futbolchilarda jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatgichlarini taxlili asosida, ularda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining noorganik tabiatli buzilishlari bilan jismoniy yuklamalarga moslashuvining yomonlashuvi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
bioimpedans tahlil usuli orqali noorganik tabiatli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlik buzilishlari mavjud bo‘lgan professional futbolchilarda o‘ziga xos tana komponent tarkibi aniqlangan;
professional futbolchilar yurak faoliyatining doimiy jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonini ta’minlashda tiroksin va kortizol kabi gormonlar, hamda temir, kal`siy, magniy va kaliy kabi makro va mikroelementlar roli aniqlangan, ushbu ko‘rsatgichlarning o‘zgarishi, hamda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlari o‘rtasida bog‘liqlik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ekspert kengashining 2024 yil 26 yanvar` 2-son hulosasiga ko‘ra:
1-ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining turli buzilishlari kelib chiqishi xavfi ular o‘yin ampluasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ish natijalari professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining dezadaptiv yoki patologik buzilishining rivojlanishiga olib keluvchi omillar, shuningdek ularning xususiyatlari maydondagi o‘yinchilarni muayyan pozisiyasiga bog‘liqligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar UFA O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazining 2023 yil 24 apreldagi IT/1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: belgilangan xavf guruhlari professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligidagi turli buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tuzatish imkonini beradi, bu nafaqat kasallikning oldini oladi, balki yanada og‘irroq asoratlar rivojlanmasligini, sportchilarning erta reabilitatsiyasini va ehtimol, sport faoliyatiga qaytishini ta’minlaydi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: patologik xavfli ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlarini aniqlash uchun futbolchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mobaynida har bir futbolchi uchun tekshiruv 480 000 so‘mni tashkil qilgan. 1 ta futbolchining 1 marta tekshiruvi uchun EKG-60 000, EXOKG-180 000 XM EKG 240 000 so‘m mablag‘ sarflangan va davlat byudjeti hisobidan ajratilgan. Agar yurak ritmi va o‘tkazuvchanligidagi buzilishlari bor sportchilarni bir martalik qayta ko‘rikdan o‘tkazilishi kerakligini hisoblasak- 480 000 so‘m mablag‘ ni tashkil etadi. Tejalgan iqtisodiy harajatlar umumiy hisobda har bir futbol komandasi 11 asosiy ishtirokchisi uchun umumiy hisobda 5 280 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tekshiruvdan o‘tgan professional futbolchilarda EKG o‘zgarishlarining mavjudligi ularning sport ixtisosligining tabiati bilan bog‘liqdir. Yurak ritmi buzilishining patologik shakllari aniqlangan futbolchilar orasida darvozabon, qanot himoyachi va markaziy asosiy yarim himoyachi pozisiyalarida o‘ynagan futbolchilar ustunlik qildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori malakali futbolchilar yuragining morfo-funksional parametrlarini baholash” mavzusidagi ilmiy yangilikni O‘zbekiston Engil atletika Federatsiyasi va O‘zbekiston Taekvondo VT Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 17 avgustdagi, 1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.
2-ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: professional futbolchilarda jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatgichlarini taxlili asosida, ularda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining noorganik tabiatli buzilishlari bilan jismoniy yuklamalarga moslashuvining yomonlashuvi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ish natijalari professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishining rivojlanishiga olib keluvchi sabab bo‘lib yuklamalarga nisbatan dezadaptatsiya rivojlanishi bo‘lganida muayyan yondashuvlarni ishlab chiqish muammolar yuzaga kelishini oldini oladi. Bu o‘z navbatida o‘yinchining faoliyatini to‘xtilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan futbol klubining iqtisodiy yo‘qotishlariga yo‘l qo‘ymaslikka olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar UFA O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 24 apreldagi IT/1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlarining rivojlanishi va professional futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalariga dezadaptatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotlash bizga xavf guruhida bo‘lgan o‘yinchilar uchun maxsus korreksiyalash dasturini tuzishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida patologiyani tuzatish, reabilitatsiya qilish va funksional ko‘rsatkichlarni tiklagan holda futbolchining sport faoliyatiga qaytishiga imkon beradi. Ilmiy yangiliklarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jismoniy yuklamaga nisbatan dezadaptatsiya hisobga rivojlangan, ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlarini tuzatishning ancha arzon va samarali usuli bu futbolchilarning mashg‘ulot dasturini qayta tashkil etish va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish hisoblanadi. Har bir futbolchi uchun bir martalik Veloergometriya stres test- 180 000 so‘mni tashkil etadi. Tejalgan iqtisodiy harajatlar patologik o‘zgarishlar aniqlangan sportchilarda qayta tekshiruv kerak bo‘lgani uchun, umumiy hisobda har bir futbolchi uchun 360 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: professional futbolchilarda mashg‘ulot yuklamasi mos kelmaganida rivojlangan dezadaptatsiya bilan noorganik genezli yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi patologik buzilishlari kelib chiqishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi bu patologiyalarni tuzatishda mashg‘ulot dasturini o‘zgartirish uchun asosdir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori malakali futbolchilar yuragining morfo-funksional parametrlarini baholash” mavzusidagi ilmiy yangilikni O‘zbekiston Engil atletika Federatsiyasi va O‘zbekiston Taekvondo VT Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 17 avgustdagi 1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.
3-ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: bioimpedans tahlil usuli orqali noorganik tabiatli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlik buzilishlari mavjud bo‘lgan professional futbolchilarda o‘ziga xos tana komponent tarkibi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, professional futbolchilarning tana tarkibini bioimpedans tahlili Tanita apparatida tekshirilgan bo‘lib yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlariga mos ravishda muayyan o‘zgarishlar rivojlanishini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar UFA O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazining 2023 yil 24 apreldagi IT/1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bioimpedans tahlili usuli bilan aniqlangan tananing tarkibiy qismlarining o‘ziga xos o‘zgarishlari professional futbolchilarda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining patologik, potensial xavfli buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlashga, tuzatishga imkon beradi. Bu o‘z o‘rnida nafaqat og‘irroq asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, balki sportchining reabilitatsiyasini to‘g‘ri tashkillashtirib, sport faoliyatiga qaytishiga imkon beradi. Ilmiy yangiliklarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlarini aniqlash uchun xavf guruhida bo‘lgan futbolchilar tana tuzilishining bioimpedans tahlilini amalga oshirish 75 000 so‘m ekanligini hisobga olsak, bu xarajatlar sportchi sportdan chetlatilgan taqdirda, professional futbol klubiga etkaziladigan yo‘qotishlar potensial iqtisodiy xarajatlaridan sezilarli darajada past bo‘ladi. Tejalgan iqtisodiy harajatlar umumiy hisobda har bir futbolchi tekshiruvi uchun 140 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tana tarkibining bioimpedans tahliliga asoslanib, futbolchilarda bazal metabolizm darajasi sportchilarning yurak-qon tomir tizimining jismoniy yuklamaga moslashish ko‘rsatkichlari (PVS170, r = 0,516; Maksimal kislorod iste’moli, r = 0,518) bilan ijobiy bog‘liqligi aniqlandi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori malakali futbolchilar yuragining morfo-funksional parametrlarini baholash” mavzusidagi ilmiy yangilikni O‘zbekiston Engil atletika Federatsiyasi va O‘zbekiston Taekvondo VT Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 17 avgustdagi 1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.
4-ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: professional futbolchilar yurak faoliyatining doimiy jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonini ta’minlashda tiroksin va kortizol kabi gormonlar, hamda temir, kal`siy, magniy va kaliy kabi makro va mikroelementlar roli aniqlangan, ushbu ko‘rsatgichlarning o‘zgarishi, hamda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlari o‘rtasida bog‘liqlik asoslangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki futbolchilarning gormonal holatini baholash, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash tadqiqot guruhlaridagi yurak ritm va o‘tkazuvchanlik bo‘lgan futbolchilarning salomatligi va jismoniy ko‘rsatkichlarining aksi ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar UFA O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazining 2023 yil 24 apreldagi IT/2-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi gormonlar, makro va mikroelementlar darajasining o‘zgarishi, turli ritmi va o‘tkazuvchanlik buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Bu esa nafaqat futbolchilarni o‘z vaqtida tuzatish, qolaversa og‘irroq asoratlar rivojlanmasligiga, sportchining erta reabilitatsiyasini yo‘lga qo‘yish va sport faoliyatiga qaytishiga yordam beradi. Ilmiy yangiliklarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: futbolchilarning qonidagi gormonlar, makro va mikroelementlar darajasini baholash, ya’ni umumiy qon analizlar taxlili 1 052 000 so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, har bir patologik ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlari mavjud bo‘lgan, sportchi qayta analiz topshirishi umumiy hisobda bitta futbolchi uchun 2104000 so‘mga aylanadi. Tejalgan iqtisodiy harajatlar umumiy hisobda har bir futbolchi tekshiruvi uchun 1 052 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: professional futbolchilar yuraginig doimiy jismoniy yuklamaga adaptatsiyasi jarayonida, ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlarini kelib chiqishida gormonlar (tiroksin, kortizol), makro va mikroelementlarning (temir, kaltsiy, magniy va kaliy) o‘rni aniqlandi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori malakali futbolchilar yuragining morfo-funksional parametrlarini baholash” mavzusidagi ilmiy yangilikni O‘zbekiston Engil atletika Federatsiyasi va O‘zbekiston Taekvondo VT Assotsiatsiyasiga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 17 avgustdagi 1-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.