Komilov Nodirbek Bokijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim jarayonida xorijiy talabalar eksklyuziv kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari” (tibbiyot tarixi fanini o‘qitish misolida), 13.00.02Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped280.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Ravshanbek Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy talabalarga tibbiyot tarixi fanini o’qitish jarayonida eksklyuziv ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning yangi imkoniyatlari va eksklyuziv kompetensiyalarni metodik takomillashtirish texnologiyalari bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’lim jarayonida xorijiy talablar eksklyuziv kompetentligini loyihalash bosqichlari tibbiyot tarixi, valeologiya, sog‘liqni saqlashda boshqaruv, tibbiyot kasbiga kirish kabi mutaxassislik fanlari bilan tizimli integratsiyalash orqali xorijiy talabalarning abstrakt fikr yuritish, nostandart vaziyatlarda harakat qilish kabi kompetensiyalari va uning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarning tibbiyot tarixini o‘rganishda “Tib qonunlari”ning etimologik jihatlari, kasbiy kompetentlikning gnoseologik, analitik, kommunikativlik, deontologik komponentlari kasbiy fanlarni differensiallash orqali rivojlantirilgan;
tibbiyot tarixini o‘qitish jarayonida xorijiy talabalar eksklyuziv kompetentligini oshirish maqsadida “Explore, pair, share”, “Connect-Extend-Challenge” modellarini qo‘llash orqali assimilyasiya natijalariga hamda nazariy – tadqiqotchilik, amaliy izlanish kabi usullariga ustuvorlik berish asosida talabalarning tarixiy tafakkuri rivojlantirilgan;
tibbiyot tarixini o‘qitish jarayonida xorijiy talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi, ta’lim traektoriyasi, talaba shaxsining o‘quv faoliyati subekti sifatida namoyon bo‘lishi, individual mashg‘ulotlarning integrallashuvi yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda “Xorijiy talabalarning bo‘lajak shifokor sifatida tibbiyot tarixini o‘qitish orqali eksklyuziv kompetensiyalarni rivojlantirish” modeli tibbiyot tarixi fanining strategik rejasi hamda kasbiy tayyorgarligini kreativ, produktiv va reproduktiv darajada baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini modulli o‘qitish texnologiyalarining indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim jarayonida tibbiyot tarixining xorijiy talabalar eksklyuziv kompetentligini rivojlantirishdagi o’rni va ilmiy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim jarayonida xorijiy talablar eksklyuziv kompetentligini loyihalash bosqichlari tibbiyot tarixi, valeologiya, sog‘liqni saqlashda boshqaruv, tibbiyot kasbiga kirish kabi, mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash orqali xorijiy talabalarning abstrakt fikr yuritish, nostandart vaziyatlarda harakat qilish kabi kompetensiyalari va uning didaktik imkoniyatlarini oshirish kabi jihatlar Turkiyaning Egey universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi PM – 42-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda xorijiy talabalarning tibbiyot tarixini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarning tibbiyot tarixini o‘rganishda “Tib qonunilari” ning etimologik jihatlari kasbiy kompetentlikning gnoseologik, analitik, kommunikativlik, deontologik komponentlari Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining 60910200 – Davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Tibbiyot tarixi” modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi PM–42-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida integral ma’ruzalar samaradorligi oshirilgan;
tibbiyot tarixini o‘qitish jarayonida xorijiy talabalar eksklyuziv kompetentligini oshirish maqsadida “Explore, pair, share”, “Connect-Extend-Challenge” modellarini qo‘llash orqali assimilyasiya natijalariga hamda nazariy – tadqiqotchilik, amaliy izlanish kabi usullarini tadbiq etishga doir fikrlaridan 60910200 – Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi xorijiy talabalari uchun tayyorlangan “History of medicine” nomli darsligini ishlab chiqshda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 - yil 25 - avgustdagi 391133-son guvohnomasi). Natijada xorijlik talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantirilgan;
tibbiyot tarixini o‘qitish jarayonida xorijiy talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi, ta’lim traektoriyasi, talaba shaxsining o‘quv faoliyati subekti sifatida namoyon bo‘lishi, individual mashg‘ulotlarning integrallashuvini barqaror ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan 60910200 – Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi xorijiy talabalari uchun tayyorlangan “History of medicine” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi 391133-son guvohnomasi). Natijada talabalarni tibbiyot tarixi fanini o‘rganishda qiyosiy tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.