Iminaxunova Iroda Xuseynovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped441.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Gulnoza Negmatovna, pedagogika fanlari doktori professor; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umurzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’limda ingliz tilini o‘qitishda USMLE dasturi asosida integratsion tizimni rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
USMLE dasturi asosida tibbiy ta’lim talabalarning ingliz tilini o‘rganish jarayonida mustaqil ta’lim olishining kirish bosqichi, propedevtik bosqich, uslubiy bosqich, pragmatik bosqichlarning shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlariga ko‘ra ingliz tilini o‘qitishning didaktik ta’minoti hamda klinik fanlar bilan intensivligining pedagogik jihatlari ingliz tilini bilish indekatorlarining baholash ko‘rsatkichlari asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘rganishda talabalarning USMLE dasturi, mutaxassislik (embriologiya, anatomiya, mikrobiologiya) fanlaridagi nazariy va amaliy klinik taqqoslashga, refleksiv – baholashni tizimlashtirishga, mutaxassislik fanlarining tarkibiy – funksional aspektlarini asoslashga hamda modellashtirishning pedagogik apparatiga integrativ ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot ta’lim talabalarining USMLE dasturi orqali ta’lim olish faolligini rivojlantirish modeli kognitiv, tashkiliy-faoliyatli, motivatsion mezonlarni faktorli baholash hamda talabalarning kasbiy layoqatlari, zamonaviy bilimlarni intensivligini kombinatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda USMLE dasturi asosida talabalarga ingliz tilini o‘rgatish, ularning kasbiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning loyihaviy, modellashtirish kabi metodlari integrallashuvi variativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining USMLE dasturi integratsiyasi jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlaridan foydalanish konsepsiyasiga asoslangan takliflar ishlab chiqiligan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. USMLE dasturi asosida ingliz tilini o‘rganishda talabalarnig mutaxassisliklari doirasidagi bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan natijalari:
USMLE dasturi asosida tibbiy ta’lim talabalarning ingliz tilini o‘rganish jarayonida, mustaqil ta’lim olishining kirish bosqichi, propedevtik bosqich, uslubiy bosqich, pragmatik bosqichlarning shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlari asosida ingliz tilini o‘qitishning didaktik ta’minoti hamda klinik fanlar bilan intensivligining pedagogik jihatlarini aniqlashga doir takliflar Tibbiyot oliygohlarining 5510200-Pediatriya bakalvriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Medical English” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiy ta’lim jarayonida talabalarining ingliz tilini o‘rganishdagi fanlararo integratsiyasining samaradorligi oshgan;
tibbiy ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘rganishda talabalarning USMLE dasturi integratsiyasini rivojlantirishda xalqaro baholash tizimi bilan aloqadorligi, mutaxassislik (embriologiya, anatomiya, mikrobiologiya) fanlaridagi nazariy va amaliy klinik taqqoslash, refleksiv – baholashni tizimlashtirish, mutaxassislik fanlarining tarkibiy – funksional aspektlarini asoslash hamda modellashtirishning pedagogik jihatlarini aniqlashga doir takliflar Tibbiyot oliygohlarining Davolash ishining 5510400 - Stomatologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tibbiyotda xorijiy til” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-oktyabrdagi 438-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mutaxassislik doirasida ingliz tilini mustaqil egallash sifati oshgan;
tibbiyot ta’lim talabalarining USMLE dasturi orqali ta’lim olish faolligini rivojlantirish modeli kognitiv, tashkiliy-faoliyatli, motivatsion mezonlarni faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarni aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llashga doir takliflar Tibbiyot oliygohlarining 60910200 – Davolash ishi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Tibbiyotda xorijiy til” darsligi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 114-43-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot xodimlarining mutaxassisliklari doirasida xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tibbiy ta’limda USMLE dasturi asosida talabalarga ingliz tilini o‘rgatish, ularning kasbiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini tashxislash, baxolash, sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning loyihaviy, modellashtirish kabi metodlarini qo‘llashga doir takliflar Tibbiyot oliygohlarining 60910200 - Davolash ishi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Medical English” darsligi mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 114-43-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mutaxassisliklari doirasida bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.