Badalov Jasur Ismailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Infokommunikatsiya tarmoq tugunlarini optimal joylashtirish model va algoritmlari”, “05.04.01-“Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3935.
Ilmiy rahbar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Amirsaidov Ulug‘bek Boburovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yarmuxamedov Alisher Agbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi infokommunikatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirish imkonini beruvchi aloqa tugunlarini optimal joylashtirish mezoni va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
infokommunikatsiya tarmoqlar orqali uzatilayotgan nisbiy va absolyut prioritetli ma’lumotlar oqimlari parametrlarini  hisoblash imkonini beruvchi, Mk/Gk/1/∞ turidagi ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda, Laplas-Stiltes o‘zgartiruvchi matapparat asosida matematik model ishlab chiqilgan;
ma’lumotlar oqimlarining ushlanib qolish vaqtini hisoblash formulasi asosida turli topologiyalarga ega bo‘lgan infokommunikatsiya tarmoqlari kanallari o‘tkazuvchanliklarini tanlash imkononi beruvchi tugunlarini optimal joylashtirish mezoni ishlab chiqilgan;
infokommunikatsiya tarmoq topologiyalarining geografik joylashuvini  hisobga oluvchi, jarima funksiyasi usulidan foydalangan holda, keltirilgan umumtarmoq harajatlar mezoni asosida kam xarajatli strukturasini aniqlash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
har xil turdagi priorotetli ma’lumotlar oqimlarning tugunlarga o‘z vaqtida  etib kelish hamda kechikish vaqtlarini va vaqt-ehtimolli parametrlarini  hisobga oluvchi mataematik modellar asosida hisoblash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Infokommunikatsiya tarmoq tugunlarini optimal joylashtirish model va algoritmlari” mavzusida olingan natijalar bo‘yicha:
“UNICON.UZ” DUK ilmiy tadqiqot jarayonlariga ma’lumotlar oqimi xarakteristikalarini hisoblovchi matematik model hamda algoritm tadbiq etildi. Natijada telekommunikatsiya tarmog‘i holatini real vaqt davomida monitoring qilish mumkinligi aniqlangan (“UNICON.UZ” DUKning 2023-yil 1-avgustdagi  dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-sentyabr 33-8/6127-sonli ma’lumotnomasi).
telekommunikatsiya tarmoqlari kanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi infokommunikatsiya tarmoq tugunlarini optimal joylashtirish mezoni “BROSS TELEKOM” MChJ telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish jarayoniga tadbiq etildi, natijada ma’lumotlarning tugunlarda ushlanib qolish vaqtini 1,3 ms gacha kamaytirishga erishilgan (“BROSS TELEKOM” MChJning 2023- yil 11- avgustdagi dalolatnomasi;  O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-sentyabr 33-8/6127 -sonli ma’lumotnomasi).
infokommunikatsiya tarmog‘i strukturasini optimallashtirish modeli va algoritmi “O‘zbektelekom” AK da amaliy tadbiq etildi, natijada Kompaniya uchun ketadigan xarajatlarni 5-7 % gacha iqtisodiy samara berishi aniqlangan (“O‘zbektelekom” AKning 2023- yil 22- avgustdagi dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-sentyabr 33-8/6127 -sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish