Isaeva Nilufar Zubidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarda regeneratsiya jarayonining morfologik aspektlari va yadro apparati reaksiyasining xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1065.
Ilmiy rahbar: Sadriddinov Asomidin Fayazovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Adumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning turli regenerativ jarayonlarida gepatotsitlar yadro apparatining morfologik va morfometrik jihatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intakt hayvonlar - quyon va kalamushlarda gepatotsitlar yadrochalarining donador komponenti yadrodan sitoplazmaga migratsiyasining sitologik jihatlari aniqlangan;
eksperimental oq kalamushlarda jigar rezeksiyasi ham yadrocha donador komponenti sitoplazmaga migratsiyasini kuchaytirishi isbotlangan;
oq kalamushlarda o‘tkazilgan eksperimental toksik gepatitda jigarda kuzatiladigan patologik jarayonlarining rivojlanishida yadro apparatining ishtiroki asoslangan;
yallig‘lanishga qarshi yangi mahalliy preparati toksik gepatit korreksiyasi uchun qo‘llanilganda gepatotsitlar yadrolarining migratsiyasi stimullashgani va oqsil biosintezini kuchaytirib jigar regenerativ jarayonlarida ishtirok etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 7 fevraldagi 03/171-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/2562-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: intakt hayvonlar - quyon va kalamushlarda gepatotsitlar yadrochalarining donador komponenti yadrodan sitoplazmaga migratsiyasining sitologik jihatlari aniqlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01-1/102-son hamda Respublika sud-tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 089/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ish fundamental xarakterga ega bo‘lib, uning amaliy ahamiyati keyingi tadqiqot mavzusi bo‘lgan, hujayradagi biologik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib berishda ushbu jarayonning ahamiyatini oydinlashtirish bilan bog‘liq. Taxminlarimizga ko‘ra, bu hodisa hujayra uchun va, ehtimol, organizm uchun ko‘p miqdorda oqsil sintezi, shuningdek, nafaqat jigarda, balki boshqa a’zolarda ham regenerativ jarayonlarning sezilarli darajada oshishi bilan bog‘liqligini ta’kidlash mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) jigar kasalliklarida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni morfologik tahlillari va morfometrik ko‘rsatkichlari bilan solishtirish, ularda rivojlanadigan patologik jarayonning kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 50% ga kamaytirishga erishiladi; 2) tarkibida glisirrizin kislotasi yoki boshqa fosfolipidlar bo‘lgan gepatoprotektorlarni o‘z vaqtida qo‘llash har bir bemor uchun 100000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: toksik gepatit ta’sirida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish natijasida toksik gepatit bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni kamaytirib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental oq kalamushlarda jigar rezeksiyasi ham yadrocha donador komponenti sitoplazmaga migratsiyasini kuchaytirishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01-1/102-son hamda Respublika sud-tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 089/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keltirilgan morfologik tahlillarning natijalari, taklif etilgan algoritmlar jigar rezeksiyasidan keyingi morfologik o‘zgarishlardan kelib chiqib, jigar sirrozida tashxisni o‘z vaqtida aniqlash va gepatoprotektorlarni vaqtida qo‘llash aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali gepatit yoki jigar sirrozida, jigar morfologiyasini o‘rganish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, bemorlarda rivojlanadigan asoratlarni hamda o‘lim xavfini omillarini kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 45 % ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: jigar rezeksiyasidan keyin aynan birinchi 10 kunligida gepatoprotektorlarni to‘g‘ri qo‘llash jigar regeneratsiyasini kuchaytirishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 60000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: oq kalamushlarda o‘tkazilgan eksperimental toksik gepatitda jigarda kuzatiladigan patologik jarayonlarining rivojlanishida yadro apparatining ishtiroki asoslangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01-1/102-son hamda Respublika sud-tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 089/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gepatitga chalingan bemorlarni o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tqazish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali toksik gepatitga chalingan bemorlarni o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tqazish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 40% ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: toksik gepatit, jigar sirrozi, va jigarning boshqa kasalliklari o‘z vaqtida gepatoprotektorlarni qo‘llash, to‘g‘ri ovqatlanish, qonning biokimyoviy taxlillarini o‘z vaqtida o‘tkazish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanishga qarshi yangi mahalliy preparati toksik gepatit korreksiyasi uchun qo‘llanilganda gepatotsitlar yadrolarining migratsiyasi stimullashgani va oqsil biosintezini kuchaytirib jigar regenerativ jarayonlarida ishtirok etishi aniqlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01-1/102-son hamda Respublika sud-tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 30.10.2023 yildagi 089/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gepatitga chalingan bemorlarni o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tqazish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali toksik gepatitga chalingan bemorlarni o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tqazish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 40% ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: toksik gepatit, jigar sirrozi, va jigarning boshqa kasalliklari o‘z vaqtida gepatoprotektorlarni qo‘llash, to‘g‘ri ovqatlanish, qonning biokimyoviy taxlillarini o‘z vaqtida o‘tkazish byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.