Baqoeva Nilufar Matyoqub kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19dan so‘ng rivojlangan vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligida gipotalamik markerlarning roli», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2651.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Anna Valer`evna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi kisspeptin (KISS1) va bosh miya neyrotrofik omili (BDNF) kabi gipotalamik markerlarning COVID-19dan keyin ayollarda vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-laborator ko‘rsatkichlari asosida vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi bilan kasallangan ayollarning qonida kisspeptin va bosh miya neyrotrofik omil darajasi reproduktiv yoshdagi sog‘lom ayollarga nisbatan past ekanligi aniqlangan;
koronavirus infeksiyasidan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanish mexanizmi o‘rnatilgan, uning rivojlanishi bilan kisspeptin va BDNF darajasining pasayishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik aniqlangan;
koronavirus infeksiyasidan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi bilan kasallangan ayollarda tashvish, stress va depressiyaning og‘irligi bilan KISS1 va BDNF darajalari o‘rtasida yuqori darajadagi korrelyasiya aniqlangan;
COVID-19dan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishning matematik usuliga asoslanib, tashvish, stress, depressiya darajasi kisspeptin va miyaning neyrotrofik omili bilan bog‘liqligi kasallik rivojlanishining muhim prognostik ko‘rsatkichlari ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 19 fevraldagi 51-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot 2023 yil 19-fevral № 01-06/208 bilan tasdiqlangan):
birinchi ilmiy yangilik: klinik-laborator ko‘rsatkichlari asosida vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi bilan kasallangan ayollarning qonida kisspeptin va bosh miya neyrotrofik omil darajasi reproduktiv yoshdagi sog‘lom ayollarga nisbatan past ekanligi aniqlangani Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi bo‘yicha 01.07.2023 yildagi 25-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 1031-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligida kisspeptin va bosh miya neyrotrofik omilini o‘rganish bu sababli yuzaga keluvchi yurak qon tomir, suyaklardagi o‘zgarish va bepushtlik kabi muammolar kelib chiqishini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yangi markerlardan foydalanish natijasida ortiqcha laborator tekshiruvlardan foydalanish va instrumental tekshiruvlarni amalga oshirish uchun pul xarajatlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Qonda kisspeptinni aniqlash narxi 210000 so‘mni, bosh miya neyrotrofik omilini aniqlash – 180000 so‘mni, VITEda o‘rin bosuvchi gormonal terapiya narxi esa yiliga 1320000 so‘mni tashkil qiladi, shunga ko‘ra 930000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ayollarning reproduktiv tizimini boshqarishda ishtirok etuvchi kisspeptin va bosh miya neyrotrofik omilining katta ahamiyatga egaligini bilish orqali vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishiga ta’sirini baholash 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ni 930000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanish mexanizmi o‘rnatilgan, kisspeptin va BDNF darajasining pasayishi bilan uning rivojlanishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik aniqlangani Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi bo‘yicha 01.07.2023 yildagi 25-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 1031-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi koronavirusdan so‘ng rivojlanishini aniqlashda kisspeptin va bosh miya neyrotrofik omilini o‘rganish bu sababli yuzaga keluvchi bepushtlik xavfini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan markerlarni o‘rganish orqali vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligini erta tashxislash keyinchalik davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari, homiladorlikning rejalashtirishga kerak bo‘ladigan qo‘shimcha reproduktiv texnologiyalar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarini oldini olish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi (qo‘shimcha reproduktiv texnologiya uchun o‘rtacha 25000000 so‘mni, RIEIATMning preyskurantiga ko‘ra mutaxassislar (ginekolog va endokrinolog) maslahati 140400 so‘mni, o‘rin bosuvchi terapiya uchun yiliga 1320000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ayollarning reproduktiv tizimini boshqaruvchi kisspeptin va miyadan olingan neyrotrofik omil ta’sirini COVID-19 dan keyin ayollarda vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishining mexanizmini taklif qilish 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ni 26460400 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi bilan kasallangan ayollarda tashvish, stress va depressiyaning og‘irligi bilan KISS1 va BDNF darajalari o‘rtasida yuqori darajadagi korrelyasiya aniqlangani Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi bo‘yicha 01.07.2023 yildagi 25-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 1031-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasidan keyin ayollarda yuzaga keladigan reproduktiv o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida maxsus algoritm orqali birlamchi tibbiyot zvenosida ayollarning psixologik holatiga so‘rovnoma yordamida baho berish orqali xavf guruhidagi ayollarni aniqlab, ularni chuqurroq tekshirib erta taxshislashdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tibbiyot tizimida koronavirus infeksiyasidan keyin murojaat bo‘lganda iqtisodiy xarajat talab qilmaydigan maxsus so‘rovnoma orqali ayollarning psixologik holatini o‘rganib, ulardan xavf guruhlarini aniqlash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: vaqtidan ilgari tuxumdonlar rivojlanishining sabablarini erta aniqlab, xavf guruhlariga e’tibor qaratilgan holda erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ni 757400 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19dan so‘ng vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishning matematik usuliga asoslanib, tashvish, stress, depressiya darajasi kisspeptin va bosh miyaning neyrotrofik omili bilan bog‘liqligi kasallik rivojlanishining muhim prognostik ko‘rsatkichlari ekanligi aniqlangani Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi bo‘yicha 01.07.2023 yildagi 25-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 1031-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: matematik modeldan foydalanish orqali koronavirus infeksiyasi tufayli vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligining rivojlanishini bashorat qilish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan matematik prognostik model maxsus formula orqali COVID-19dan keyin vaqtidan ilgari tuxumdonlar rivojlanishini bashorat qilishda hech qanday moliyaviy xarajatlarsiz amalga oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Ushbu formuladan foydalanish natijasida iqtisodiy samaradorlik 100% ni tashkil etadi ((390000-0)/390000=1). Xulosa: vaqtidan ilgari tuxumdonlar etishmovchiligining rivojlanishini oldini olish maqsadida prognostik modeldan foydalanish 1 nafar nafar bemor hisobiga mablag‘ni 390000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.