Jumaev Mamaziyo Yusupovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi aniqlangan bemorlarni kombinir davolash» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib699
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Mirjalol Dexkonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Ravshan Zoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston); Berkinov Ulug‘bek Bozarbaevich tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli joylarida saraton o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolash usullari va mezonlarini ishlab chiqish yo‘li bilan ekssudativ plevral yiringli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi asoslangan;
oqsil >75 g/l va laktodegidrogenaza >1000 shartli birlik/ldan yuqori miqdori, plevral suyuqlikdagi glyukoza miqdorining<4,0 mmol`/ldan kamligi,  shu bilan birgalikda o‘pkaning shikastlangan sohasining kengligi amalga oshirilgan davolash tartibiga rezistentlik va yiring to‘planishining intensiv oshishi bilan xavfli plevral suyuqlikning bashoratlashga salbiy ta’siri mahalliy immunitetning pasayishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
plevral ichi kimyoterapiyasida gidrokortizon va lidazaning qo‘shilishi plevral yiringning reologik xususiyati hamda absorbsiyaning yaxshilanishi, plevral shvart paydo bo‘lishining kichrayishiga xosligini isbotlangan;
o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liqligi plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planish intensivligini hisobga oluvchi plevro–peritoneal shuntlash usuli takomillashtirilgan;
xavfli plevrit tashxsilangan bemorlarda plevroperitoneal shuntlash operatsiyasida qorin bo‘shlig‘ida plevral suyuqligining yuqori absorbsion xususiyatligi natijasida xavfli plevral ekssudatning miqdori va ajralish tezligini inobataga olish davolashning samarali usul ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 18 yanvardagi 1-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 15 dekabrdagi 01-4/255 -sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 69-I§2 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 01 martdagi 56-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash birinchi marta korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi hamda bemorlar umr davomiyligini uzayishiga qaratilgan zamonaviy tashxislash tartibi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligini samarali tashxislash orqali davlat bdjetidan sarf xarajatlarni 90300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turiga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi bartaraf etish natijasida patsientlarning hayot sifatini oshirish darajasini baholashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 90300 so‘mga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida 170000dan 255000gacha qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi tashxislash bemorlarda  oqsil  (>75 g/l) va laktodegidrogenaza(>1000 ED/l)ning yuqori miqdori, shuningdek, plevral suyuqlikda glyukoza miqdorining (<4,0 mmol`/l) kamligi, o‘pka shikastlangan maydonining kengligi o‘tkazilgan terapiyaga rezistentlik va yiring to‘planishining intensiv oshishi bilan xavfli plevral suyuqlikning bashoratiga salbiy ta’siri isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 69-I§2 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 56-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi aniqlangan bemorlarni kombinir davolashni amalga oshirish uchun plevral suyuqlikda glyukoza miqdorining (<4,0 mmol`/l) kamligi, o‘pka shikastlangan maydonining kengligi o‘tkazilgan terapiyaga rezistentlik va yiring to‘planishining intensiv oshishi bilan xavfli plevral suyuqlikning bashoratlash orqali samarali davolash  tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi aniqlangan bemorlarni kombinatsiyalangan davolash natijasida bdjetidan sarf xarajatlarni 90300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi tashxislash bemorlarda oqsil (>75 g/l) va laktodegidrogenaza(>1000 shartli birlik/l)ning yuqori miqdori, shuningdek, plevral suyuqlikda glyukoza miqdorining (<4,0 mmol`/l) kamligi tashxislash tartibi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 90300 so‘mga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida 170000dan 255000gacha qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: plevral ichi kimyoterapiyasida gidrokortizon va lidazaning qo‘shilishi plevral yiringning reologik xususiyati hamda absorbsiyaning yaxshilanishi, shuningdek, plevral shvart paydo bo‘lishining kichrayishiga bog‘liq uning samaradorligini oshirishi natijalarining isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 69-I§2 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 56-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: plevral ichi kimyoterapiyasida gidrokortizon va lidazaning qo‘shilishi plevral yiringning reologik xususiyati hamda absorbsiyaning yaxshilash, shuningdek, plevral shvart paydo bo‘lishining kichrayishiga bog‘liqligi  baholash orqali ushbu usulining samaradorligini oshirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: plevral ichi kimyoterapiyasida gidrokortizon va lidazaning qo‘shilishi plevral yiringning reologik xususiyati hamda absorbsiyaning yaxshilanishi, shuningdek, plevral shvart paydo bo‘lishining kichrayishiga bog‘liq uning samaradorligini oshirishi orqali bdjetidan sarf xarajatlarni 90300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: plevral ichi kimyoterapiyasida gidrokortizon va lidazaning qo‘shilishi plevral yiringning reologik xususiyati hamda absorbsiyaning yaxshilanish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 90300 so‘mga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida 170000dan 255000gacha qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planish jadalligini hisobga oluvchi yangi plevro–peritoneal shuntlash usuli ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planish jadalligini hisobga oluvchi yangi plevro–peritoneal shuntlash usuli va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planish jadalligini hisobga oluvchi yangi plevro–peritoneal shuntlash usuli tatbiq etish orqali  bdjetidan sarf xarajatlarni 90300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planish jadalligini hisobga oluvchi yangi plevro–peritoneal shuntlash usuli tatbiq etish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 90300 so‘mga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida 170000dan 255000gacha qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan iqtisod qilishga erishilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: plevroperitoneal shuntlash qorin bo‘shlig‘i plevral suyuqligining yuqori absorbsiyasiga bog‘liqlikda to‘liq yuqori samara bilan xavfli plevral yiringni davolashning samarali usul ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: plevroperitoneal shuntlash qorin bo‘shlig‘i plevral suyuqligining yuqori absorbsiyasiga bog‘liqlikda to‘liq yuqori samara bilan xavfli plevral yiringni davolashning samarali usuli va xavf guruhini shakllantirishi orqali bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning ortishi, doimiy ravishda dori ta’minoti, o‘zgalar parvarishiga muhtojlik va umr davomiyligining uzaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: plevroperitoneal shuntlash qorin bo‘shlig‘i plevral suyuqligining yuqori absorbsiyasiga bog‘liqlikda to‘liq yuqori samara bilan xavfli plevral yiringni davolashning samarali usul orqali patsientlarning umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: plevroperitoneal shuntlash qorin bo‘shlig‘i plevral suyuqligining yuqori absorbsiyasiga bog‘liqlikda to‘liq yuqori samara bilan xavfli plevral yiringni davolash orqali bdjetidan sarf xarajatlarni 90300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: plevroperitoneal shuntlash qorin bo‘shlig‘i plevral suyuqligining yuqori absorbsiyasiga bog‘liqlikda to‘liq yuqori samara bilan xavfli plevral yiringni davolash uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 90300 so‘mga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida 170000dan 255000gacha qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan iqtisod qilishga erishilgan.
M.Yu.Jumaevning «Plevrit bilan asoratlangan xavfli o‘sma kasalligi aniqlangan bemorlarni kombinir davolash» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 5 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yildagi 15 dekabrdagi 01-4/255-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish