Toshov Xudoynazar Ramazonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy geografiya fani tarixi va uning muammolari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Gr43.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori; Mirakmalov Mirali Turanbaevich, geografiya fanlari doktori; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘isizton).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy geografiyaning fan sifatida shakllanish va rivojlanish tarixi va undan hozirgi ilmiy tabiiy geografiyani vujudga kelishini ilmiy tavsiflash kabi nazariy masalalarga oid ilmiy xulosalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy tabiiy geografiya yo‘nalishiga oid dastlabki geografik tasavvurlar miloddan avvalgi VI asrdan boshlanganligi aniqlangan;
geografiya, jumladan tabiiy geografiya fanining rivojlanishida Sharq “Uyg‘onish davri”, ayniqsa O‘rta Osiyolik olimlarning asarlari ilmiy jihatdan sintezlangan va ular yaratgan qonuniyat va g‘oyalar hozirgi ilmiy tabiiy geografiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
tabiiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari kabi nazariy masalalariga bag‘ishlangan asarlarning ilmiy tahlili asosida hozirgi ilmiy tabiiy geografiya fanining metodologik asoslari XVII asrdan to XX asrning boshlariga qadar to‘liq yakunlanmaganligi aniqlangan;
tabiiy geografiyaning fan sifatida rivojlanishida muhim bo‘lgan ilmiy maktablar hamda olimlarning ilmiy faoliyatlari asosida tabiiy – tarixiy sfera mavjudligi haqidagi eng umumiy tasavvurlar paydo bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
geografik fanlar sistemasiga oid ishlab chiqilgan tasnif sxemalari ilmiy baholanganligi va XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy tabiiy geografiya fani shakllanganligining isboti asosida hozirgi ilmiy tabiiy geografiya fanining yangi tasnif sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tabiiy geografiyaning shakllanish tarixi va undagi muammolar tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy geografiya fanining rivojlanishida Sharq “Uyg‘onish davri”da yaratilgan qonuniyat va g‘oyalari hozirgi ilmiy tabiiy geografiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlaridan Buxoro viloyat milliy teleradio kompaniyasining “Zamondosh” “Qadim manzillar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasining 2023 yil 26 sentyabrdagi 02-31-1460-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘rta Osiyodan, jumladan mamlakatimizdan etishib chiqqan buyuk allomalarning geografik qarashlarini keng ommaga taqdim etish imkonini oshirgan.
to‘plangan ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari ssenariysini shakllantirish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasining 2023 yil 26 sentyabrdagi 02-31-1460 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarning vujudga kelishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni teletomoshabinlarga aniq va tushunarli tarzda etkazib berish imkonini bergan.
tabiiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari kabi nazariy masalalar echimi to‘g‘risidagi g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024 yil 16 fevraldagi 02/55 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy geografiya tarixiga doir yangi g‘oyalardan nafaqat mamlakatimizda balki qo‘shni va uzoq xorij davlatlarida ham foydalanish imkonini bergan.
tadqiqoqning ilmiy yangiliklari, nazariy xulosalari, metodologik hamda amaliy takliflaridan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024 yil 16 fevraldagi 02/55 - son ma’lumotnomasi). Naijada, “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy me’rosi ensiklopediyasi” nomli ensiklopediya, katalog va albomlarini mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
geografik fanlar sistemasiga oid ishlab chiqilgan tasnif sxemalari ilmiy baholanganligi va XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy tabiiy geografiya fani shakllanganligining isboti asosida yaratilgan hozirgi ilmiy tabiiy geografiya fanining yangi tasnif sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024 yil 16 fevraldagi 02/55 - son ma’lumotnomasi). Natijada, hamkor tashkilotlarda X.Toshov taklif etgan tasnif sxemasini omallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish