Sayt test rejimida ishlamoqda

Ataxanova Dilbar Orinbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining kasallanish darajasiga tashqi muhit ifloslanishining ta’sirini gigienik baholash», 14.00.07–Gigiena va 14.00.30–Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib166.

Ilmiy rahbarlar: Shayxova Guli Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor Madreimov Amet, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Sodiqov Asqar Usmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Umirov Safar Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi:Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi atrof-muhit ob’ektlari ifloslanganligi darajasini, ularning kasallanishlarga salbiy ta’sirini va ekstremal ekologik sharoitda yashovchi aholining salomatligini gigienik baholash va profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tajriba tumanlaridagi onalar ko‘krak sutida misning miqdori – 62%, rux – 76,5%, DDT – 3,0% va GXSG – 2,0% ga tengligi aholi iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhit ob’ektlari zararli moddalar bilan ifloslanganligi isbotlangan;

atrof-muhit ob’ektlari ifloslanishining aholi salomatligiga xavf solishi darajasiga ko‘ra hududning sanitar-gigienik tumanlashtirilishi natijalarining qiyoslovchi baholanish tartibi va kasalliklarning Orol dengizidan joylashish radiusiga qarab tumanlarda turlicha tarqalish darajasi qiyosiy tahlillar asosida isbotlangan;

tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha xavf guruhi organizmiga pestisidlar ko‘proq tushadigan mintaqalar aholisi orasidagi tug‘ma nuqsonlar va atrof-muhit ob’ektlarining pestisidlar bilan kimyoviy ifloslanish ko‘rsatkichlari orasida o‘rtacha korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan (rxy=0,41; mr =0,074);

buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tosh kasalliklari bilan kasallanish ko‘rsatkichlari va ichimlik suvining kimyoviy ifloslanganligi orasidagi ishonchli bevosita korrelyasion bog‘liqlik o‘rganilib, shimoliy va markaziy hududlardagi buyrak va siydik chiqarish yo‘llarida tosh kasalliklari ichimlik suvining ifloslanganligi bilan, janubiy hududlarda esa ochiq suv havzalarining ifloslanganligi bilan bog‘liqligi isbotlangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi aholisining kasallanish darajasiga tashqi muhit ifloslanish darajasi ta’sirini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

atrof-muhitining salbiy omillari, QR ekologik holatining aholi turli qatlamlari orasida noqulay omillarni kamaytirish maqsadida «Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhit noqulay omillarning go‘daklar o‘limiga, tug‘ma nuqsonlar va buyrak va siydik qopida tosh hosil bo‘lishi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 oktyabrdagi 8n-r/39-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma QR mintaqalarida atrof-muhit omillarining zararli ta’sirlari – go‘daklar o‘limini, tug‘ma nuqsonlarni, buyrak va siydik qopida hosil bo‘ladigan tosh kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolash imkonini bergan;

salbiy atrof-muhit omillari ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarni oldini olish, biosfera ob’ektlarni sanitar-gigienik va epidemiologik barqarorligini ta’minlash maqsadida «Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanitar-gigienik va epidemiologik monitoringini olib borish modeli» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 oktyabrdagi 8n-d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi zararli omillarning manbalari, ularning aholi salomatligi bilan o‘zaro bog‘liqligi va kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;

QR aholisi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi darajasini va uning oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarni oldini olish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi darajasini gigienik tavsifi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 oktyabrdagi 8n-d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma QRda istiqomat qiladigan aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining atrof-muhit zararli omillari orqali ifloslanish darajasini aniqlash va mahsulotlarning sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;

atrof-muhit ifloslanishi muammolari ekstremal ekologik vaziyatlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, QR Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Respublika mintaqalaridagi ta’lim va tarbiya muassasalari ishlab chiqarish korxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 8n-z/45-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan aholi orasida kasallanishlar darajasining pasayishi, aholi turmush tarzining yaxshilanishi, hayot sifatining oshishi, sanitar-gigienik va epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va aholi salomatligining yaxshilanishi hisobiga tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish