Djabbarov Zikrillo Abdumaxsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oddiy nok (Pyrus communis L.) mevalarini saqlash texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1224.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiev Ja’far Abdusalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati hududlarida etishtirilgan nok navlari mevalarini agrotexnologik sharoitning ta’siri va saqlashdagi mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tahlil etib takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nok mevalarini agrotexnologik etishtirish sharoitiga va pishib etilishdagi sifat darajasiga bog‘liq ravishda, morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
nok mevalarini etishtirish hududlariga bog‘liq holda pishib etilishi Qibray hududida kuzgi navlar avgust oyining 1 dekadasi qishki navlar sentyabr` oyining 2 dekadasiga, Bo‘stonliq hududida kuzgi navlar avgust oyining 3 dekadasi va qishki navlar oktyabr` oyining 1 dekadasiga, Parkent hududida kuzgi navlar avgust oyining 2 dekadasi va qishki navlar sentyabr` oyining 3 dekadasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
texnik pishib etilgan nokning kuzgi va qishki navlari mevalarini sovutkichli omborlarda saqlashda tabiiy kamayish darajasi Vil`yams navida 2,6%, Mramornaya rassoshansk navida 2,2 %, Zimnyaya nashvati navida 1,8 %, Royal` zimnyaya navida 1,4 % bo‘lishi isbotlangan;
nok navlari mevalarini saqlashgacha va saqlashdan keyingi, meva tarkibidagi oziqaviy faol moddalar Vil`yams navida saqlashdan oldin R vitamini - 1,1% saqlashdan keyin esa – 0,7%, leykoantotsianlar miqdori saqlashgacha - 0,8 % va saqlashdan keyin - 0,6 %, Mramornaya rassoshansk navida saqlashdan oldin R vitamini - 1,2  % va saqlashdan keyin - 0,8 %, leykoantotsianlar miqdori saqlashgacha - 0,7 % va saqlashdan keyin - 0,5 %,  qishki  Zimnyaya nashvatida saqlashdan oldin R vitamin - 1,1% va saqlashdan keyin - 0,7%, leykoantotsianlar miqdori saqlashgacha - 0,8 % va saqlashdan keyin - 0,6 %, Royal` zimnyaya saqlashdan oldin R vitamin - 1,2% va saqlashdan keyin - 0,8 %, leykoantotsianlar miqdori saqlashgacha - 0,7 % va saqlashdan keyin esa 0,5 % pasayishi aniqlangan;
mevalarni saqlanish jarayoni va biokimyoviy tarkibining o‘zgarishiga turli saqlash omborlarini ta’siri Zimnyaya nashvati navida mos ravishda eruvchan pektin 25,1 mg / 100 g, pektin moddalar miqdori 23,0 mg / 100  g va protopektin 21,4 mg / 100 g, Royal` zimnyaya navida esa eruvchan pektin 24,2 mg / 100 g, pektin moddalar miqdori 23,1 mg / 100 g va protopektin 22,2 mg / 100 g bo‘lishi aniqlangan;
mevalarni turli rejimlarda saqlashning iqtisodiy samaradorligi sovutkichli omborlarda rentabellik darajasi Vil`yams navida 56,7 %, Mramornaya rassoshansk navida 50,2 %, Zimnyaya nashvati navida 71,7 %, Royal` zimnyaya navida 93,1 % ni tashkil qilish aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nok navlari mevalarini saqlashda turli agrotexnologik etishtirish sharoitini mahsulotlarni saqlanishiga ta’siri va saqlashni tashkil etish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Toshkent viloyati Parkent tumani “Chotqol Axmedov Azamat” fermer xo‘jaligining 1,5 ga maydonida etishtirilgan nok mevalarini 20 t sig‘imga ega sovutgichli omborxonada tavsiya etilgan ishlanmalar asosida saqlashga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 05/029-5112 sonli ma’lumotnomasi). Natijada saqlashdan so‘ng realizatsiya qilinganda 1 kg nok mevasi 28 ming so‘mdan baholanib, sof foyda 13 308 ming so‘m, rentabellik darajasi 93,1 % ni tashkil etgan.
Toshkent viloyati Parkent tumani “Bo‘ston Muhammadrasul Agro” fermer xo‘jaligining 1,0 ga maydonida etishtirilgan nok mevalarini 10 t sig‘imga ega sovutgichli omborxonada tavsiya etilgan ishlanmalar asosida saqlashga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 05/029-5112 sonli ma’lumotnomasi). Natijada saqlashdan so‘ng realizatsiya qilinganda 1 kg nok mevasi 22-23 ming so‘mdan baholanib, sof foyda 8 102 ming so‘mni va rentabellik darajasi esa 56,7 % ni tashkil etgan.
Toshkent viloyati Parkent tumani “Chotqol Fayziyev Xasan” fermer xo‘jaligining 1,0 ga maydonida etishtirilgan nok mevalarini 15 t sig‘imga ega sovutgichli omborxonada tavsiya etilgan ishlanmalar asosida saqlashga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 05/029-5112 sonli ma’lumotnomasi). Natijada nok mevalari saqlashdan so‘ng realizatsiya qilinganda 1 kg nok mevasi 25 ming so‘mdan baholanib sof foyda 10 250 ming so‘mni va rentabellik darajasi esa 71,7 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish