To‘rabekov Sohibjon Sherboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish va uning aholi bandligini ta’minlashdagi rolini oshirish istiqbollari”, 08.00.17. – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1637
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;     Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekistonda turizm xizmatlari sohasini jadal rivojlantirish asosida aholi bandligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasining aholi bandligiga ta’sirini baholashga yondashuvi “aholi jon boshiga YaIM hajmi”, “mehmonxona va joylashtirish vositalari soni”, “sohada mehnat unumdorligi” kabi ko‘rsatkichlar elastiklikligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
turizmni barqaror rivojlantirish tamoyillari tarkibi sun’iy intellekt integratsiyasi va innovatsion startaplar kabilarga ko‘ra “texnologik transformatsiya” hamda monitoring jarayonini ijtimoiy ekologik maqsadlar kabilarga ko‘ra “tadqiqot va monitoring” yo‘nalishlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
turizm sohasida bandlik darajasini oshirish, kadrlar qo‘nimsizligi va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishda “MICE turizmi” tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi xo‘jalik sub’ektlariga davlat subsidiyalarini berish, yagona ijtimoiy to‘lovlarni optimallashtirish, ta’lim tadbirlarini rivojlantirish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
respublikada turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish asosida tarmoqda band aholi sonini oshirishning 2024 – 2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish va uning aholi bandligini ta’minlashdagi rolini oshirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turizm sohasining aholi bandligiga ta’sirini baholashga yondashuvi “aholi jon boshiga YaIM hajmi”, “mehmonxona va joylashtirish vositalari soni”, “sohada mehnat unumdorligi” kabi ko‘rsatkichlar elastiklikligiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha tavsiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turizm sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1175-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya turizm sohasining aholi bandligi va umumiqtisodiy sifat o‘zgarishlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
turizmni barqaror rivojlantirish tamoyillari tarkibi sun’iy intellekt integratsiyasi va innovatsion startaplar kabilarga ko‘ra “texnologik transformatsiya” hamda monitoring jarayonini ijtimoiy ekologik maqsadlar kabilarga ko‘ra “tadqiqot va monitoring” yo‘nalishlarini integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1175-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar faolligini baholashning yangi me’zon va ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
turizm sohasida bandlik darajasini oshirish, kadrlar qo‘nimsizligi va mavsumiylik muammolarini bartaraf etishda “MICE turizmi” tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi xo‘jalik sub’ektlariga davlat subsidiyalarini berish, yagona ijtimoiy to‘lovlarni optimallashtirish, ta’lim tadbirlarini rivojlantirish kabilarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha tavsiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1175-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya hududda turizm mavsumini uzaytirish, kadrlar qo‘nimsizligi darajasini pasaytirish va aholi bandligi darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
respublikada turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish asosida tarmoqda band aholi sonini oshirishning 2024 – 2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyati turizm sohasini rivojlantirishning istiqbolli rejasi” va “O‘zbekiston turizm sohasida investision faoliyatni rivojlantirish dastur”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-12-17-1175-son ma’lumotnomasi; Samarqand viloyat hokimligining 2023-yil 8-iyundagi 06-06/324-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotda qo‘llanilishi 2030-yilga borib mamlakatda turizm xizmatlari sohasidagi band aholi soni 27,1% oshishiga muayyan darajada xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish