Narzieva Yulduz Azamatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston muzeylari faoliyatining ijtimoiy-madaniy evolyusiyasi”, 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S58.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shohida Marxabaevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti huzurida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 raqamli Ilmiy kengash (huzuridagi bir martalik Ilmiy kengash)
Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Ismoilova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi muzeylarni tasniflash, ularning ijtimoiy-madaniy roli va ahamiyatini asoslash hamda ijtimoiy-madaniy evolyusiyasini sotsiologik tadqiq qilish orqali mazkur tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muzeylarning ijtimoiy-madaniy jarayondagi o‘rni va rolini sotsiologik jixatdan ochib berish orqali hozirgi davr muzeylari faoliyatini sotsiologiyaning ijtimoiy tuzilmalat borasidagi nazariyalari asosida takomillashtirilishi sotsiologik asoslantirilgan;
muzeylar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanishi, uning shakllanishi va faoliyat yuritishi, muzeylarning madaniyatlararo kommunikatsiya vositasi sifatidagi madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sotsiologik jixatdan ochib berilgan;
muzeyning jamiyat bilan aloqadorlikdagi ijtimoiy-madaniy vazifalari aniqlanib, uning milliy meros va tarixiy xotirani tiklash, saqlash va o‘rganishdagi o‘rni oila va maxalla instituti orqali sotsiologik asoslantirilgan;
axolining ijtimoiy-madaniy faoliyatda integratsiya bo‘lish jarayonida muzeylarning ishtirokini maxalla va oilada ta’minlash orqali madaniyatlararo xamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi turizm tadbirkorligini yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
muzeylarning ijtimoiy-madaniy jarayondagi o‘rni va rolini sotsiologik jixatdan ochib berish orqali hozirgi davr muzeylari faoliyatini sotsilogiyaning ijtimoiy tuzilmalar borasidagi nazariyalari asosida takomillashtirilib va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Mustaqillik ekspozisiyasini o‘ndan ortiq yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda muzeyshunoslik faoliyatiga oid ma’lumotlarning sotsiologik taxlili, diagrammalar, hisobotlar va ularning elektron nusxalarini to‘ldirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 3/1255-1792-son ma’lumotnomasi); Natijada, mustaqillik yillaridagi muzeylar faoliyati, muzeylarga tashriif buyurganlar dinamikasi, muzey sotsiologiyasiga oid diagrammalar, tadqiqot xulosalari, muzeylar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanishi, jamiyatning madaniy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining uzviy jixati ekanligini ochib berish imkonini bergan;
muzeylar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanishi, uning shakllanishi va faoliyat yuritishi, muzeylarning madaniyatlararo kommunikatsiya vositasi sifatidagi madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sotsiologik jixatdan ochib berilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Mustaqillik ekspozisiyasini muzeyshunoslik faoliyatiga oid malumotlarning sotsiologik taxlili, diagrammalar, hisobotlar va ularning elektron nusxalarini to‘ldirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 3/1255-1792-son ma’lumotnomasi); Natijada, muzeylar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanishi,jamiyatning madaniy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining uzviy jixati ekanligini ochib berish imkonini bergan;
muzeyning jamiyat bilan aloqadorlikdagi ijtimoiy-madaniy vazifalari aniqlablanib, uning milliy meros va tarixiy xotirani tiklash, saqlash va o‘rganishdagi o‘rni oila va mahalla instituti orqali sotsiologik asoslantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi amaliyotiga tashrifchilar dinamikasi, muzey sotsiologiyasiga oid diagrammalar tahlili joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020-yil 7-fevraldagi 01-12-10-571-son hamda O‘zbekiston Muzeylar Kengashining 2024-yil 5-yanvardagi 01-01/273-son ma’lumotnomalari). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilar soni va turining oshishiga ijobiy ta’sir etgan;
aholining ijtimoiy-madaniy faoliyatda integratsiya bo‘lish jarayonida muzeylarning ishtirokini mahalla va oilada taminlash orqali madaniyatlararo xamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi turizm tadbirkorligini yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyurasi san’ati muzeyi amaliyotida yoshlarda milliy madaniy merosga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, madaniyatni yuksaltirishda foydalanildi (O‘zbekiston Muzeylar Kengashining 2024-yil 5-yanvardagi 01-01/273-son ma’lumotnomasi). Natijada Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, interaktiv xizmatlarni o‘tkazishda xizmat qilgan.