Nazarova Nilufar Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishning sotsial omillari”, 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P295.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shoxida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: Matibaev Tasbolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Alisher Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlardagi raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi sotsial omillarning ijobiy ta’sirini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning ijtimoiy faoliyatida kommunikativlik, kasbiy yo‘nalganlik, ta’lim sifati kabi sotsial omillarning yo‘lga qo‘yilishi ijtimoiy guruhlarning mikro va makro darajalar negizida sotsial qadriyatlarga institutsional asos sifatida ta’sir ko‘rsatishi sotsiologik asoslantirilgan;
yoshlarda raqobatbardoshlik konseptlarini aniqlashtirishda sotsial farovonlik, ijtimoiy tenglik, inson kapitalining sotsioental resurslar dinamikasiga ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali yoshlarning sotsiokreativ kompetensiyalari aniqlangan;
yoshlarda o‘zini o‘zi tartibga soluvchi pozitiv ijtimoiy faollikni oila va mahalla orqali shakllantirishda yoshlar muhitidagi faollik va passivlik nisbatiga hamjihatlik, hamdardlik, jamoaviylik, ishonch kabi munosabatlarning sotsiologik ta’siri aniqlangan;
yoshlar o‘rtasida raqobatbardoshlik samaradorligini oshirishda ijtimoiy-madaniy institutlarning ishtirokini ta’minlash orqali kooperatsion, tripatik kabi ijtimoiy hamkorlik modelining integrativ va regulyativ funksiyalari sotsiologik asoslantirilgan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. Yoshlarda raqobatbardoshlik sifatlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sotsial omillar mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalaridan:
yoshlarning ijtimoiy faoliyatida kommunikativlik, kasbiy yo‘nalganlik, ta’lim sifati kabi sotsial omillarning yo‘lga qo‘yilishi ijtimoiy guruhlarning mikro va makro darajalar negizida sotsial qadriyatlarga institutsional asos sifatida ta’sir ko‘rsatishiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyatida, jumladan yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va ularning zararli axborotdan himoya qilish hamda milliy kontentni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holatini va mavjud muammolarning diagnozini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 22 fevraldagi 5-sonli ma’lumotnoma). Natijada qo‘mita faoliyati doirasida Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi tomonidai Senatning 22-yalpi majlisi kun tartibidagi Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga etmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi loyihasi ishlab chiqish imkonini bergan.
yoshlarda raqobatbardoshlik konseptlarini aniqlashtirishda sotsial farovonlik, ijtimoiy tenglik, inson kapitalining sotsioental resurslar dinamikasiga ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali yoshlarning sotsiokreativ kompetensiyalarini shakllantirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 23 fevraldagi 1-03-23-20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirish jarayoni samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda xizmat qilgan.
yoshlarda o‘zini o‘zi tartibga soluvchi pozitiv ijtimoiy faollikni oila va mahalla orqali shakllantirishda yoshlar muhitidagi faollik va passivlik nisbatiga hamjihatlik, hamdardlik, jamoaviylik, ishonch kabi munosabatlarga doir takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 va 2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 18 martdagi 02/02/431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari”ni sifatli o‘tkazilishi ta’minlangan;
yoshlar o‘rtasida raqobatbardoshlik samaradorligini oshirishda ijtimoiy-madaniy institutlarning ishtirokini ta’minlash orqali kooperatsion, tripatik kabi ijtimoiy hamkorlik modelining integrativ va regulyativ funksiyalariga oid tavsiyalaridan “Yangi O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qarashlar va qadriyat ustuvorliklari” mavzusida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida olib borilgan kompleks tadqiqotlarni o‘tkazishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2022 yil 10 avgustdagi 01-16/193-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish, shuningdek ularning intellektual va kasbiy o‘sishga intilishini aniqlash hamda raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan sotsiologik tadqiqot ishlari mazmunan boyitildi.