Sultonov Shavkatjon Abdullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan
doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida ekologik toza yog‘larni ishlab chiqarish jarayoni uchun samarali sorbentlar olish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/K.179.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “O‘simlik yog‘larini tiniqlashtirish uchun sorbent olish usuli” (№IAP 07431); “O‘simlik yog‘larini tiniqlashtirish uchun kompozision sorbent olish usuli” (№IAP 07323); “O‘simlik yog‘larini tiniqlashtirish uchun sorbent olish usuli” (№IAP 07496).
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo resurslari asosida ekologik toza o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarish jarayoni uchun yuqori samarali sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va hosil bo‘lgan oqova suv tarkibidagi sulfat kislota miqdorini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan paligorskit gil qatlamlaridagi giltuproqlarining mineralogik va kimyoviy tarkibini aniqlash orqali atrof-muhitga zararsiz sorbentlarni olish uchun yuqori samarador sorbsion xususiyatli tabiiy gil qatlam mavjudligi isbotlangan;
paligorskit va bentonit giltuproqlari kislota va harorat orqali faollashtirilganda gil kukunlarining adsorbsion-tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarda kinetik o‘zgarish qonuniyatlari ishlab chiqilgan (IAP 07431);
faollashtirish jarayoni yakunlangandan so‘ng ishlatishga yaroqsiz kislotali oqava suvlar zararsizlantirish bilan birga texnik maqsadlarga qo‘llash mumkinligi aniqlangan;
gil kukunlariga mineral va organik kislotalar bilan ishlov berilganda ikki tomonlama tuzilishining o‘zgarishi natijasida kerakli mexanik kuchga ega sorbentlarni olish usuli yaratilgan hamda kimyoviy faollantirilgan sorbentlarda sirt markazlarining kengayishi hisobiga o‘simlik moylari tarkibidagi turli aralashmalardan tozalash usuli ishlab chiqilgan (IAP 07496);
o‘simlik moylari tarkibidagi zararli va keraksiz moddalarning funksional guruhlari bilan sorbent sirt markazlari o‘zaro fizik-kimyoviy ta’sirlashuvi sorbsion tozalash mexanizmiga asoslangan (IAP 07323);
yuqori samarali ekologik toza sorbent olish texnologiyasini ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan sirti faol gil kukunlaridagi sorbsion xossasini oshirishda sulfat kislota sarfini tejalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan yuqori samarali faollashtirilgan sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida sorbentlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” QK AJ korxonasining 2023 yil 20 iyundagi 98-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan yangi tarkibli yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar asosida oqartirilgan o‘simlik moylarining iste’mol uchun yaroqlilik xususiyatini yaxshilash va amalda faollantirish maqsadida qo‘llaniladigan reagentlar sarfini kamaytirish imkonini bergan;
paxta moylarini oqartiruvchi sorbentlar “Vang‘ozi agro-eksport” MChJ, “Zamin agro-oil” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi”ning 2023 yil 4 iyuldagi 03/3-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, resurs tejamkor va iqtisodiy samarador sorbentlar asosida oziq-ovqat moylariga rang beruvchi xlorofill, beta karotin, gossipol moddalarini keskin darajada kamaytirish va yoqimsiz hidlarni bartaraf qilish imkonini bergan;
o‘simlik moylarini tozalovchi faollantirilgan sorbentlar “Karmana moy invest” MChJ, “Sadbarg” korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi”ning 2023 yil 4 iyuldagi 03/3-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, faollashgan sorbentlarning ishlatilishi respublikamizga asosan import qilingan va amalda yog‘-moylarni oqartirish jarayonida qo‘llanilib kelinayotgan sorbentlarni to‘liq almashtirish imkonini bergan.