Fayzullaev Maqsud Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy-geografik xususiyatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Gr40.
Ilmiy maslahatchi: Axmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Axmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Shodiev Sanjar Ro‘ziqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning iqtisodiy geografik jihatlariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari mintaqaning o‘ziga xos iqtisodiy geografik xususyatlarini, bozor iqtisodiyoti hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va er resurslarni miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishini baholash usulini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
ekin maydonlari tarkibini tarixiy tajriba va matematik modellashtirish uslubiyoti asosida rejalashtirish, ularga mos ravishda agromeliorativ, agrotexnik va agrokimyoviy resurslarni taqsimlash algoritmi ishlab chiqilgan;
respublikaning har bir mintaqasi uchun qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy geografik omillarning (er fondi, suv, agroiqlim, mehnat resurslari va boshqalar) sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda ulardan optimal foydalanish imkonini beruvchi agrogeografik rayonlar xaritasi yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida gidromeliorativ agrar-industrial siklni shakllantirish orqali er-suv resurslaridan takror foydalanish natijasida ekologik muvozanatni ta’minlash, mehnat sarfi va boshqa ishlab chiqarish vositalarini tejash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari mavjudligi ochib berilgan;
respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish maqsadida sug‘oriladigan erlar miqdori bilan bir yilda etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti qiymati o‘rtasidagi aloqadorlikning yaqinligi Spirmen darajali korrelyasiya koeffisienti orqali aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishning takomillashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari respublika hududlarining iqtisodiy geografik xususiyatlariga mutonosib belgilanishi asoslangan va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik omillarini majmuali baholash, er-suv resurslaridan foydalanish yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligini iqtisodiy geografik xususiyatlaridan foydalanib bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish hamda er-suv resurslarining miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishini baholash usullari metodologiyasi «Jahon xo‘jaligi geografiyasi» nomli darslikka singdirilgan (Qarshi davlat universiteti rektorining 2023-yil 10-noyabr, 2481-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №2481-2). Natijada, talabalarning agrar sektorda amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini oshirishda hamda qishloq xo‘jaligiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta'sirini miqdoriy usullar yordamida baholash kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
ekin maydonlari tarkibini tarixiy tajriba va matematik modellashtirish uslubiyoti asosida rejalashtirish, ularga mos ravishda agromeliorativ, agrotexnik va agrokimyoviy resurslarni taqsimlash asosida ishlab chiqilgan algoritmi va uning dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 02/34-05/5165-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal joylashtirish masalasini echishni ixchamlashtirilgan dasturini amaliyotga joriy qilishga erishilgan;
mintaqaviy sharoitda qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy geografik omillar agrogeografik rayonlashtirish tamoyillari «Jahon xo‘jaligi geografiyasi» nomli darslikka singdirilgan (Qarshi davlat universiteti rektorining 2023-yil 10-noyabr, 2481-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №2481-2). Natijada, talabalarning mintaqalarda tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuviga qaratilgan chora-tadbir loyihalarini ishlab chiqish imkonini beruvchi agrogeografik rayonlashtirish tamoyillari haqidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida gidromeliorativ agrar-industrial siklni shakllantirish orqali er-suv resurslaridan takror foydalanish natijasida ekologik muvozanatni ta’minlash, mehnat sarfi va boshqa ishlab chiqarish vositalarini tejash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 02/34-05/5165-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning echimiga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga erishilgan;
respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish maqsadida sug‘oriladigan erlar miqdori bilan bir yilda etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti qiymati o‘rtasidagi aloqadorlikning yaqinligi Spirmen darajali korrelyasiya koeffisienti orqali aniqlangan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 02/34-05/5165-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarda sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish va ularning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishning takomillashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 oktyabrdagi 02/34-05/5165-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi tarkibiy o‘zgarishlarni majmuali va hududiy baholash imkonini bergan.