Tursunova Minavara Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi  shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlari», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib946.
Ilmiy rahbar: Boboev Kodirjon Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining rivojlanishi va prognozida genetik moyillik belgilarining ahamiyatini baholash bilan ushbu patologiyaning rivojlanishi va kechishida molekulyar-genetik omillarning o‘rni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik va laborator ko‘rinishlari va erta bashoratchilari va uning asoratli kechishi natijasida, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi asoratlari rivojlanishida molekulyar-genetik omilining o‘rni isbotlangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlariga asoslanib, sog‘lom shaxs (donorlar) va bemorlarda IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A), IL10 (G-1082A), PGS-1α (G1444A) genlarining polimorf lokuslari allel va genotiplarining kasallikka xos xususiyatlari asoslangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini rivojlanish xavfini oshirishda ikkita (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uchta (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rtta (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) polimorf genlarning SNP lokuslari o‘rtasida sinergik o‘zaro ta’siri isbotlangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda xastalikning rivojlanish va kechishini tashxislash va bashorat qilish uchun yangi molekulyar-genetik mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 yanvardagi 01/065-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 10 dekabrdagi 03/8777-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik va laborator ko‘rinishlari va erta bashoratchilari va uning asoratli kechishi aniqlanib, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi asoratlari rivojlanishida molekulyar-genetik omilning o‘rni isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.10.2021 yildagi 11-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.10.2021 yildagi 283-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bilan bo‘lgan bemorlarni rivojlanish xavfi, shuningdek o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi asoratli kechishining mustaqil molekulyar-genetik belgilari ro‘yxatini tuzish orqali xastalikni erta tashhislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini berish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bilan xastalangan bemorlarning klinik va laborator ko‘rinishlari va kasallikning erta bashoratchilari va uning asoratli kechishi, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlari rivojlanishida molekulyar genetik omilning o‘rnini isbotlash maqsadida: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 105000 so‘mni iqtisod qilishni ta’minlashdan iborat; 2) tavsiya etilgan davolash tartibi uchun 536 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bilan xastalangan bemorlarning klinik va laborator ko‘rinishlari va kasallikning erta bashoratchilari va uning asoratli kechishi, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlari rivojlanishida molekulyar genetik omilning o‘rnini isbotlash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 888000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlariga asoslanib, sog‘lom shaxslar (donorlar) va bemorlarda IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A), IL10 (G-1082A), PGS-1 α (G1444A) genlarining polimorf lokuslari allel va genotiplarining kasallikga xos xususiyatlari asoslangani Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.10.2021 yildagi 11-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.10.2021 yildagi 283-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlarini sog‘lom shaxslar (donorlar) va oshqozon yara xastaligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A), IL10 (G-1082A), PGS-1 α (G1444A) genlarining polimorf lokuslari allel va genotiplarining xastalikka xos xususiyatlarini asoslash orqali oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalligining asoratlarini oldini olish keyinchalik bemorlarning nogironligini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlarini sog‘lom shaxslar (donorlar) va oshqozon yara xastaligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda  IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A), IL10 (G-1082A), PGS-1 α (G1444A) genlarining polimorf lokuslari allel va genotiplarining xastalikka xos xususiyatlarini asoslash quydagilardan iborat: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 105000 so‘mni iqtisod qilishni ta’minlash va shifoxonada bo‘lish vaqtini esa 2-3 kunga kamaytirish orqali bir bemor uchun 315000 so‘mni iqtisod qilishdan iborat; 2) tavsiya etilgan davolash tartibi uchun 536 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi shakllanishining klinik-instrumental va molekulyar-genetik xususiyatlarini sog‘lom shaxslar (donorlar) va oshqozon yara xastaligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A), IL10 (G-1082A), PGS-1 α (G1444A) genlarining polimorf lokuslari allel va genotiplarining xastalikka xos xususiyatlarini asoslash bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini rivojlanish xavfini oshirishda ikkita (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uchta (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rtta (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) polimorf genlarning SNP lokuslari o‘rtasida sinergik o‘zaro ta’siri isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.10.2021 yildagi 11-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.10.2021 yildagi 283-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini taqqoslash orqali faol genlarning o‘rnini asoslash, xastalikni xavf omillarini ajratish, bu borada xastalikning patofiziologik xususiyatlarni asoslash orqali tashhislash va davolash taktikasini tanlash davolash samaradorligini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini isbotlash maqsadida: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 105000 so‘mni va bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini esa 2-3 kunga kamaytirish orqali bir bemor uchun 315000 so‘mni iqtisod qilishga erishish imkonini bergan; 2) tavsiya etilgan davolash tartibi uchun 536 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa:oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (C3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (C3953T) va IL10 (C592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (C3953T), IL10 (C592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini isbotlash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 88000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda xastalikning rivojlanishi va kechishini tashxislash va bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan yangi molekulyar genetik mezonlar Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.10.2021 yildagi 11-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.10.2021 yildagi 283-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini taqqoslash orqali faol genlarning o‘rnini asoslash, xastalikni xavf omillarini ajratish, bu borada xastalikning patofiziologik xususiyatlarni asoslash orqali tashhislash va davolash taktikasini tanlash davolash samaradorligini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (S3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (S3953T) va IL10 (S592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (S3953T), IL10 (S592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini isbotlash maqsadida: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 105000 so‘mni va bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini esa 2-3 kunga kamaytirish orqali bir bemor uchun 315000 so‘mni iqtisod qilishga erishish imkonini bergan; 2) tavsiya etilgan davolash tartibi uchun 536 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: oshqozon yara kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bo‘lgan bemorlarni rivojlanishining yuqori xavfida polimorf genlarining ikki (IL1β (T31C) va IL1β (C3953T)), uch (IL1β (T31C), IL1β (C3953T) va IL10 (C592A)) va to‘rt (IL1β (T31C), IL1β (C3953T), IL10 (C592A) va IL10 (G-1082A)) SNP lokuslari o‘zaro ta’sirining sinergizmini isbotlash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish