Nabiev Ulug‘bek Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Och tusli bo‘z tuproqlarda kuzgi bug‘doy uchun azotli o‘g‘itlar qo‘llash muddatlarining samaradorligi (Andijon viloyati sharoitida)”, 06.01.04 – «Agrokimyo» (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx698.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bairov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatini cug‘oriladigan och tucli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va cifatli don hocili shakllantirishni ta’minlaydigan azotli o‘g‘itlar va sharbat (go‘ng shaltog‘i)ni maqbul muddatlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli hosil etishtirishda azotli o‘g‘itlarni maqbul qo‘llash muddatlari (ekish oldidan 30 kg/ga, tuplanishda 50 kg/ga va naychalashda
75 kg/ga) aniqlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida parvarishlanadigan kuzgi bug‘doyga go‘ng shaltog‘ini boshoqlash fazasidagi N25 kg/gani go‘ng shaltog‘i (8 t/ga) bilan qoplab sharbat usulida berish uning hosil salmog‘iga ijobiy ta’sir qilishi isbotlangan;
kuzgi bug‘doyga azotli o‘g‘itlar maqbul muddatda qo‘llanilganda an’anaviy usulda qo‘llanilayotgan o‘g‘itlarga nisbatan don shaffofligigi 2%, kleykavina miqdori 0,3%, oqsil miqdori 0,4%, don naturasi 4 g/l yuqori bo‘lishi asoslangan;
kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosilini shakllantirishda rivojlanish fazalari (tuplanishda, naychalash, boshoqlash, sut pishish)da o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilgan oziq elementlarning maqbul nisbati bir xil  1:0,6:1 nisbatda bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuzgi bug‘doy don hosildorligi va sifatini oshirishda azotli o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlarini ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kuzgi bug‘doyning don hosili va texnologik sifatini oshirish bo‘yicha «Kuzgi bug‘doy uchun azotli o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlarining samaradorligi» nomli tavsiyanoma tasdiqlanib, Andijon viloyatida amaliyotda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 07 oktyabrdagi 07/23-04/723-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, klaster va fermerlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyga mineral o‘g‘itlarni yillik miqdorini N180P130K70 kg/ga me’yorda belgilash va azotli o‘g‘itni tuplanish, naychalash, boshoqlash fazasidagi N25 kg/gani go‘ng shaltog‘i (8 t/ga) bilan qoplab sharbat usulida qo‘llash agrotexnologiyasi Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan “Bo‘ston Omonboy” fermer xo‘jaligining 30 gektar, “Maxmudjon merosi” fermer xo‘jaligining 20,0 gektar, “Yangizamon mo‘l hosili”  fermer xo‘jaligining 15.7 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 07 oktyabrdagi 07/23-04/723 son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy o‘g‘it me’yorilariga va azotli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llanilayotgan muddatlarga nisbtan qo‘shimcha don hosili 10,4 s/ga olingan, dondagi oqsil miqdori 0,4%, kleykovina 0,3%, don shaffofligi 2% ga va don natura ko‘rsatkichi 4 g/l ga, rentabellik darajasi 42,7 foizni, nonboblik ko‘rsatkichi ham yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish