Xanbabaev Hakimjon Ikramovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped608.
Ilmiy maslahatchi: Onorboev Baxodirjon Ochilboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi birmartalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkaboev Ulug‘bek Inayatullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Nurmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika yo‘nalishi talabalarida raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirish va uni ta’minlashning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlari va asosiy (falsafiy, pedagogik-psixologik) omillari yaxlit (holistik) yondashuvni qo‘llanilgan holda elektron ta’limga metodik ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirish jarayonida kompetentli, faoliyatli va kreativ kabi yondashuvlarning mazmun, o‘zaro bog‘liqlik, tanqidiy fikrlash, xabardorlik tamoyillari bilan kontekstual-integral produktuvligi elektron ta'limda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar sababli raqamli ta’lim va xavfsiz raqamli axborot korrelyasiyasi barqarorligini hisobga olish orqali aniqlangan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash, moslashtirish, o‘zlashtirish, yangilik, refleksiya bosqichlaridagi faoliyat mazmuni lokal-modulli texnologiyalar asosida pedagogik modellashtirilib, raqamli ta’lim davrida talabalarning muvaffaqiyatga erishishlarini diagnostik apparati kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik darajasini tajribaviy (eksperimental) yondashuvga ko‘ra aniqlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimi SAMR, TPACK modellarini lokal-modulli qo‘llash orqali shaxs rivojining motivatsion, intellektual, ijtimoiy sohalariga ta’sirini diagnozlash va Feedback (qaytar aloqa) jarayonida kasbiy-pedagogik jihatdan korreksiyalash orqali takomillashtirilgan;
globallashuv sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida raqamli kompetentlikni rivojlantirishning didaktik vositalari axborotning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini muvozanatli ta’minlash jarayoni axborot almashinuvining to‘laqonlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, kompyuter ko‘magi kabi tamoyillari hamda kasbiy faoliyatda vizual loyihalashtirishning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini vertikal va gorizonlal ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlari va asosiy (falsafiy, pedagogik-psixologik) omillari tizimli-faoll, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga ko‘ra elektron ta’limga va tayyorgarlik darajalarini innovatsion loyihalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish hamda talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirish jarayonida kompetentli, faoliyatli va kreativ kabi yondashuvlarning mazmun, o‘zaro bog‘liqlik, tanqidiy fikrlash, xabardorlik tamoyillari bilan kontekstual-integral produktuvligi vositalarini qayta aloqasi natijaviyligini bevosita raqamli ta’lim va xavfsiz raqamli axborot korrelyasiyasi barqarorligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga oid metodik tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasini talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirishda axborot texnologiyalardan foydalanish qismini amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-noyabrdagi 02-07-4941/04 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning raqamli kompetensiya tizimi aniqlashtirilgan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash, moslashtirish, o‘zlashtirish, yangilik, refleksiya bosqichlaridagi faoliyat mazmuni lokal-modulli texnologiyalar asosida didaktik ta’minotli pedagogik dasturiy vositalarni modellashtirilib, raqamli ta’lim davrida talabalarning muvaffaqiyatga erishishlarini diagnostik apparati kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik darajasini bevosita ta’minlash va aniqlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagogik dasturiy vositalar” fani bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan talabalarda raqamli kompetentlikni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabalarida raqamli kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi 2/14-2024-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar muhitida taʼlimda texnologiyani o‘quv dasturiga mazmunli tarzda kiritilishi ta’minlangan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimi SAMR, TPACK modellarini lokal-modulli qo‘llash orqali shaxs rivojining motivatsion, intellektual, ijtimoiy sohalariga ta’sirini diagnozlash va Feedback (qaytar aloqa) jarayonida mantiqiy, evristik, kreativ ta’lim texnologiyalarni korreksiyalash orqali takomillashtirish hamda globallashuv sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida raqamli kompetentlikni rivojlantirishning didaktik vositalari axborot xavfsizligi internetning ochiqligi va shaxsiy daxlsizlik, axborotni erkin oqimi kabi asosiy qadriyatlarni ta’minlash, to‘laqonlilik, ko‘rgazmalilik, erkin boshqarish, moslashuvchanlik, kompyuter ko‘magi kabi tamoyillarga tayanib kasbiy faoliyatda vizual loyihalashtirishning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablar uyg‘unligining mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlarini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491- buyrugʻi asosida berilgan 491174-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika oliy taʼlim muassasalarida kasbga tayyorlashda talabalarning taʼlim samaradorligini oshirishga erishilgan.