Shoyimova Shoxista Sanakulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglari faoliyatining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P133.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Dilafruz Abduroziqovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglari faoliyatining ijtimoiy-psixologik determinantlarini ochib berish va zarur amaliy tadbiqiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy tibbiy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borish determinantlariga ko‘ra tibbiyot bilan pedagogik faoliyatni gumanizm tamoyili asosida uyg‘unlashtirish shaxsda mas’uliyat, empatiya, burch hissini kuchaytirganligi tufayli kasbiy va shaxsiy kamolotni ta’minlash, o‘z bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rish motivlari ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
oliy tibbiy ta’lim muassasasi pedagoglarida kasbiy faoliyat motivlarini namoyon bo‘lishi bosqichlari ilk davrlarda «o‘zini himoyalash va o‘zini namoyon etish», oraliq kamolot davrida «ijtimoiy e’tirof etilish va o‘zidan qoniqish» yuqori rivojlanish davrida «kasbiy va moddiy o‘sish» mazmunidagi ijtimoiy-psixologik omillarning ustuvorligi tufayli uch bosqichli ierarxik tuzilma mezonlari asosida aniqlangan;
kasbiy faoliyatda funksional vazifalar aniq belgilanmaganligi sababli tashkiliy omil, hamkasblarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi tufayli rolli omil, jamoada o‘zini ahamiyasiz his etish oqibatida shaxslilik omillari bilan bog‘liq sindromlarning kuchayib ketishi natijasida pedagoglarda kasbiy so‘nish darajalari (hissiy toliqish, depersonalizatsiya va shaxsiy yutuqlar reduksiyasi) kuzatilishi isbotlangan;
pedagoglarning ijtimoiy mavqei jamoaga nisbatan munosabatlarini differensiallashuviga olib kelishi natijasida ta’lim muassasasida ishlashdan qoniqishi, hamkasblariga ko‘maklashishi, jamoaning kayfiyati, pedagoglar ishining xayrixoh va xolisona baholanishi, hamkasblari bilan munosabatdan va ma’muriyatning g‘amxo‘rligidan mamnunligi, pedagoglar o‘zaro munosabatlarining ilmiy unvon hamda ilmiy darajalar mavqeiga ko‘ra uyg‘unligi va birligi ijtimoiy-psixologik muhitning ijobiyligi hamda jamoaning jipsliligida yetakchi rol o‘ynashi dalillangan;
hayotiy maqsad va qadriyatlarning o‘zgarib borishiga ko‘ra kasbiy vazifalarni shakllantirishi, yashash maqsadlarini aniqligiga erishish orqali pedagoglar o‘z faoliyatidan qoniqishi, o‘z hayoti egasiga aylanishi, muammolar yuzasidan qaror qabul qilish va erkin boshqara olish qobiliyatlari «hayot mazmunining asosiy komponentlari»ga aylanishi hisobiga har bir pedagogning jamoadagi ijtimoiy mavqeining o‘sib borishida hayotiy qadriyatlarga munosabatning kuchaytirilishi ularning ekzistensial maqsadlarga erishishini ta’minlashi va shu orqali pedagogik jamoada shaxslararo munosabatlarga pozitiv tus beruvchi, ijobiy muhitni ta’minlovchi birlamchi ijtimoiy-psixologik determinantga aylanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy tibbiy ta’lim pedagoglari faoliyatining ijtimoiy-psixologik determinantlariga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy tibbiy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borish determinantlariga ko‘ra tibbiyot bilan pedagogik faoliyatni gumanizm tamoyili asosida uyg‘unlashtirish shaxsda mas’uliyat, empatiya, burch hissini kuchaytirganligi tufayli kasbiy va shaxsiy kamolotni ta’minlash, o‘z bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rish motivlari ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 dekabrdagi PM-98-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 dekabrdagi PM-98 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy tibbiy ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish motivlari, umumiy samaradorligini ifodalovchi xususiyatlarini empirik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
oliy tibbiy ta’lim muassasasi pedagoglarida kasbiy faoliyat motivlarini namoyon bo‘lishi bosqichlari ilk davrlarda «o‘zini himoyalash va o‘zini namoyon etish», oraliq kamolot davrida «ijtimoiy e’tirof etilish va o‘zidan qoniqish» yuqori rivojlanish davrida «kasbiy va moddiy o‘sish» mazmunidagi ijtimoiy-psixologik omillarning ustuvorligi tufayli uch bosqichli ierarxik tuzilma mezonlari asosida aniqlanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 dekabrdagi PM-98-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 dekabr PM-98 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy tibbiy ta’lim muassasasi pedagoglariniing kasbiy motivlarini o‘sib borish darajasiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik mohiyatini dalillashga erishilgan;
kasbiy faoliyatda funksional vazifalar aniq belgilanmaganligi sababli tashkiliy omil, hamkasblarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi tufayli rolli omil, jamoada o‘zini ahamiyasiz his etish oqibatida shaxslilik omillari bilan bog‘liq sindromlarning kuchayib ketishi natijasida pedagoglarda kasbiy so‘nish darajalari (hissiy toliqish, depersonalizatsiya va shaxsiy yutuqlar reduksiyasi) kuzatilishi isbotlanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 dekabrdagi PM-98-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 dekabrdagi PM-98 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglarining ijtimoiy-psixologik determinantlari sifatida faoliyat samaradorligi komponentlari, kasbiy so‘nish omillari va xususiyatlarini empirik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
pedagoglarning ijtimoiy mavqei jamoaga nisbatan munosabatlarini differensiallashuviga olib kelishi natijasida ta’lim muassasasida ishlashdan qoniqishi, hamkasblariga ko‘maklashishi, jamoaning kayfiyati, pedagoglar ishining xayrixoh va xolisona baholanishi, hamkasblari bilan munosabatdan va ma’muriyatning g‘amxo‘rligidan mamnunligi, pedagoglar o‘zaro munosabatlarining ilmiy unvon hamda ilmiy darajalar mavqeiga ko‘ra uyg‘unligi va birligi ijtimoiy-psixologik muhitning ijobiyligi hamda jamoaning jipsliligida yetakchi rol o‘ynashi dalillanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 dekabrdagi PM-98-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy 2023 yil 11 dekabrdagi PM-98 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglari faoliyatida jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitning ta’siri, hayotiy qadriyatli munosabatlar ahamiyatini asoslashga erishilgan;
hayotiy maqsad va qadriyatlarning o‘zgarib borishiga ko‘ra kasbiy vazifalarni shakllantirishi, yashash maqsadlarini aniqligiga erishish orqali pedagoglar o‘z faoliyatidan qoniqishi, o‘z hayoti egasiga aylanishi, muammolar yuzasidan qaror qabul qilish va erkin boshqara olish qobiliyatlari «hayot mazmunining asosiy komponentlari»ga aylanishi hisobiga har bir pedagogning jamoadagi ijtimoiy mavqeining o‘sib borishida hayotiy qadriyatlarga munosabatning kuchaytirilishi ularning ekzistensial maqsadlarga erishishini ta’minlashi va shu orqali pedagogik jamoada shaxslararo munosabatlarga pozitiv tus beruvchi, ijobiy muhitni ta’minlovchi birlamchi ijtimoiy-psixologik determinantga aylanishi isbotlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 dekabrdagi PM-98-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 dekabr PM-98 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglari faoliyatining yetakchi ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘quv modullari va ijtimoiy mavqeiga ko‘ra empirik o‘rganish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish