Milieva Muattar Gaffarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda xorijiy tillarni o‘qitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillar», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P645.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovna, psixologiya fanlar doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Salomova Guli Shodimurodovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda saxiylik va xasislik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va xasislikni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda xorijiy tillarni o‘zlashtirishdagi o‘quv motivasiyasi professional-pedagogik, kognitiv-o‘quv, intellektual-rivojlantiruvchi, xissiy-kadriyatli, kommunikativ, majburiyat motivasiyasining dinamik o‘zgarish xarakteriga ko‘ra ta’limda muvaffaqiyatni belgilovchi psixologik omil ekanligi dalilllangan;
talabalarning xorijiy tilni o‘rganish motivasiyasi professional-pedagogik, xissiy-qadriyatli, identifikasiya, shuxratparastlik, majburiyat motivlari ustuvor bo‘lganda dialogik, manipulyativ va avtoritar jihatlarning differesial farqlanishi tufayli kommunikativ ustanovkalarga integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonida shaxslararo va shaxsiy rivojlanishidagi empatiyaning darajaviy ifodalanishi kommunikativ motivlarning shakllanishiga ta’siri tufayli qadriyatli-mazmunli va ahlokiy yo‘nalganlik ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlovchi psixologik omil ekanligi asoslangan;
talabalarga xorijiy tillarni o‘qitishning muvaffakiyatini belgilovchi psixologik model ta’lim jarayonida ijodiy dialoglarni qo‘llash lingvistik qobiliyatlarning kommunikativ xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy yo‘nalganlik bilan bog‘liq komponentni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda xorijiy tillarni o‘qitishninig muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillarni tadqiq etish natijasida:
talabalarda xorijiy tillarni o‘zlashtirishdagi o‘quv motivasiyasi professional-pedagogik, kognitiv-o‘quv, intellektual-rivojlantiruvchi, xissiy-qadriyatli, kommunikativ, majburiyat motivasiyasining dinamik o‘zgarish xarakteriga ko‘ra ta’limda muvaffaqiyatni belgilovchi psixologik omil ekanligi dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-91-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-91-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda xorijiy tillarni o‘zlashtirish muvaffakiyatini belgilovchi psixologik omil ekanligini emperik jixatdan tadqiq etishga sharoit yaratilgan;
talabalarning xorijiy tilni o‘rganish motivasiyasi professional-pedagogik, xissiy-qadriyatli, identifikasiya, shuxratparastlik, majburiyat motivlari ustuvor bo‘lganda dialogik, manipulyativ va avtoritar jihatlarning differensial farqlanishi tufayli kommunikativ ustanovkalarga integrativ namoyon bo‘lishi dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-91-sonli buyrug‘i bilan “Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti koshidagi Psixologiya o‘kuv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-91-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning xorijiy til o‘rganish motivasiyasini oshirish imkoni kengaytirildi;
talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonida shaxslararo va shaxsiy rivojlanishidagi empatiyaning darajaviy ifodalanishi kommunikativ motivlarning shakllanishiga ta’siri tufayli qadriyatli-mazmunli va ahloqiy yo‘nalganlik ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlovchi psixologik omil ekanligi asoslashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘kuv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-91-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-91-a son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til o‘zlashtirish jarayonida talabalarning shaxslararo va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirilgan;
talabalarga xorijiy tillarni o‘qitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik model ta’lim jarayonida ijodiy dialoglarni qo‘llash lingvistik qobiliyatlarning kommunikativ xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy yo‘nalganlik bilan bog‘lik komponentni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti xuzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-91-sonli buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-91-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga xorijiy tillarni o‘qitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik model yaratish va amalda qo‘llashga erishilgan.