Avlaev Orif Umirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sotsial intellekt shaxs kamolotini ta’minlashining psixologik determinanti”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P113.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs kamolotida sotsial intellektning psixologik determinatsiyasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash, shaxs kamolotini ta’minlovchi sotsial intellekt darajasiga muvofiq psixologik tipologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyatda sotsial intellektning integral mezonlarini rivojlantirish uchun insonning ijtimoiy bilish jarayonini subektiv amalga oshirish qobiliyati va unga tayyorgarligida (ijtimoiy reallikni individual konstruksiyalash va rekonstruksiyalash qobiliyati) refleksiv xususiyatlarni tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra, shaxsda “obektiv”, “subektiv”, “o‘ziga” munosabatni shakllantirishning psixologik mexanizmlari asoslangan;
shaxsning individual-dinamik xususiyatlari psixomotor, intellektual, kommunikativ sohaning “erglik”, “plastiklik”, “tezlik”, “emotsionallik” bo‘yicha integral differensiatsiyasiga asoslanib, sotsial intellekt determinantlari sifatida dalillangan;
shaxs kamolotining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra muloqotda suhbatdosh fikrlarini tushunishning erishganlik motivatsiyasi, o‘z meniga munosabat, hayotiy ustanovkalarning, noverbal va verbal ekspressiyalarni anglash esa, shaxs xususiyatlarining integrativ namoyon bo‘lishi tufayli sotsial intellekti ustuvor rivojlanishi asoslangan;
inson kamolotida kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlarining namoyon bo‘lish darajasi shaxs yo‘nalganligi, individual xususiyatlari, tashkilotchilik qobiliyati hamda muloqot kompetensiyasiga bog‘liq ravishda psixologik etuklik ta’minlanganligi sababli sotsial intellekt orqali shartlangan psixologik fenomen sifatida asoslangan;
inson kamolotiga sotsial intellektning ta’siri natijasida o‘zaro ta’siri, o‘z-o‘zini, shaxslararo munosabatlarni boshqarish, noverbal va verbal ekspressiyani, muloqot ishtirokchisining fikrini tushunish, ijtimoiy xabardorlik xususiyatlarining ustuvor rivojlanish darajasiga asoslanib, “imperativ”, “deklarativ”, “eksplisit”, “implisit” psixologik shaxs tipologiyasini differensiatsiyalash mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs kamolotida sotsial intellektning psixologik determinanti bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar:
faoliyatda sotsial intellektning integral mezonlarini rivojlantirish uchun insonning ijtimoiy bilish jarayonini subektiv amalga oshirish qobiliyati va unga tayyorgarligida (ijtimoiy reallikni individual konstruksiyalash va rekonstruksiyalash qobiliyati) refleksiv xususiyatlarni tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra, shaxsda “obektiv”, “subektiv”, “o‘ziga” munosabatni shakllantirishning psixologik mexanizmlari asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalari Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-85-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-85-a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog talabalarda kognitiv, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
shaxsning individual-dinamik xususiyatlari psixomotor, intellektual, kommunikativ sohaning “erglik”, “plastiklik”, “tezlik”, “emotsionallik” bo‘yicha integral differensiatsiyasiga asoslanib, sotsial intellekt determinantlari sifatida dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-85-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-85-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs kamolotida sotsial intellekt determinantini shakllanishining dinamik rivojlanishini tahlil qilish imkoni yaratilgan. Shuningdek, malaka oshirish kurslarininh ta’lim samaradorligi va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari sifatining oshishiga xizmat qilgan.
shaxs kamolotining darajaviy ifodalanishiga ko‘ra muloqotda suhbatdosh fikrlarini tushunishning erishganlik motivatsiyasi, o‘z meniga munosabat, hayotiy ustanovkalarning, noverbal va verbal ekspressiyalarni anglash esa, shaxs xususiyatlarining integrativ namoyon bo‘lishi tufayli sotsial intellekti ustuvor rivojlanishi asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-85-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-85-a-son ma’lumotnomasi). Natijada inson-inson tipidagi kasb xodimlarining shaxs kamolotining sotsial intellekt jabhalari haqida xabardorligini oshirdi, ularning ish faoliyatlarida kasbiy muloqot samaradorligini ta’minlangan.
inson kamolotida kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlarining namoyon bo‘lish darajasi shaxs yo‘nalganligi, individual xususiyatlari, tashkilotchilik qobiliyati hamda muloqot kompetensiyasiga bog‘liq ravishda psixologik etuklik ta’minlanganligi sababli sotsial intellekt orqali shartlangan psixologik fenomen sifatida asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-85-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-85-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs kamolotida sotsial intellekt determinantini shakllanishining dinamik rivojlanishini tahlil qilish imkoni yaratilgan.
inson kamolotiga sotsial intellektning ta’siri natijasida o‘zaro ta’siri, o‘z-o‘zini, shaxslararo munosabatlarni boshqarish, noverbal va verbal ekspressiyani, muloqot ishtirokchisining fikrini tushunish, ijtimoiy xabardorlik xususiyatlarining ustuvor rivojlanish darajasiga asoslanib, “imperativ”, “deklarativ”, “eksplisit”, “implisit” psixologik shaxs tipologiyasini differensiatsiyalash mumkinligi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-85-son buyrug‘iga asosan “Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-85-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs tiplarlarini yaratish bo‘yicha mavjud konsepsiyalarga va inson kamolotida sotsial intellektning ustuvor rivojlanish darajasiga muvofiq “imperativ”, “deklarativ”, “eksplisit”, “implisit” psixologik shaxs tipologiyasini differensiyalangan.