Kuchkorova Munavvar Faxriddin kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida qandli diabet bilan kasallangan aholi o‘rtasida o‘pka sili: xavf omillari va profilaktikasi yo‘llari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3251.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Salohiddinov Odiljon Salohiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Badriddinova Matluba Najmiddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi sharoitida qandli diabet bilan kasallangan aholida o‘pka silining, uning xavf omillarining chastotasi va klinik-epidemiogik tavsiflarini o‘rganish va profilaktikasi yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora qandli diabet bilan aholi orasida o‘pka silining shakllanishininig genderli-yoshga bog‘liq, epidemiologik tavsiflari va xavf omillarining tarqalishining genderli va yoshga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan;
epidemiologik tadqiqotda Farg‘ona vodiysining sharoitini hisobga olingan holda qandli diabet bilan kasallangan aholida o‘pka silining klinik tavsifi xususiyatlari aniqlangan;
xavf omillariga va komorbidlikka bog‘liq holda o‘pka silining qandli diabetga qo‘shilib kelishining nisbiy ehtimolligi aniqlangan;
tizimli, maxalliy, xavf omillariga va polimorbidlikka bog‘liq holda qandli diabetga o‘pka silining qo‘shilib kelishining kutilayotgan darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil “ 22” iyundagi № 6I-44/u -sonli hulosasi ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 22 iyundagi 01-2/113, -sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi sharoitida qandli diabet bilan kasallangan aholi orasida o‘pka sili o‘rganilgan. Ilk bora qandli diabet bilan aholi orasida o‘pka silining shakllanishininig genderli-yoshga bog‘liq, epidemiologik tavsiflari Andijon ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 70, Namangan ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 01-2/113, Farg‘ona ftiziatriya va pul`monologiya markazibuyruq № 67 filiallariga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Sil kasalligi bor qandli diabetli populyasiyada va sil kasalligi bor qandli diabet yo‘q aholida o‘pka silini erta aniqlash, oldini olish va davolashda epidemiologik tadqiqotlar samarali, unumli, tejamli, tibbiy foydali va istiqbolli xavfsiz ilmiy va amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1) Qandli diabet bilan aholi o‘rtasida o‘pka sili kechirgan bemorlar ish vaqtini tejash va ularning hayot sifatini yaxshilash.2) Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida o‘pka silini qandli diabetga qo‘shilib yuzaga kelgan holatlaridagi somatik buzilishlar asoratini kamaytirish. Xulosa: o‘pka silini qandli diabetga qo‘shilib yuzaga kelgan holatlarda konservativ davolash tizimida natijalar yaxshilandi, o‘pka silini qandli diabetga qo‘shilib yuzaga kelgan holatlarda konservativ tizimda erta aniqlashning arzon, sodda va qulay skrining usuli ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga, jami populyasiya (251 ta) darajasida 18 mln, 825 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pka silining shakllanishininig genderli-yoshga bog‘liq, epidemiologik tavsiflari o‘rganilgan va aniqlangan. Farg‘ona vodiysining qandli diabet bilan kasallangan aholisi orasida o‘pka silining xavf omillarining tarqalishining genderli, epidemiologik va yoshga bog‘liq xususiyatlari o‘rganilgan va tavsiflari Andijon ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 70, Namangan ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 01-2/113, Farg‘ona ftiziatriya va pul`monologiya markazibuyruq № 67 filiallariga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘pka silini katta patogenetik maydonda o‘rganish va “to‘xtatishga” samarali ilmiy yo‘l ochganligi, qandli diabet bilan bemorlarda silga qarshi dorilardan bo‘ladigan salbiy reaksiyalarning (gepatotoksik, allergik va neyrotoksik) chastotasini 4,6% dan (minimal) 57,0% gacha (maksimal) kamaytirishi ko‘rsatilganligi, o‘pka silining noxush yakuniy oqibati ehtimolini hisoblab beruvchi matematik modelning sezuvchanligi 80,0% va spesifikligi 75,0% bo‘lganligi bilan izohlanadi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘pka sili qandli diabetga qo‘shilib yuzaga kelgan holatlarda konservativ tizimda erta aniqlashni arzon, sodda va qulay skriningli usuli ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 75 000 so‘mga, jami populyasiya (251 ta) darajasida 18 mln, 825 ming so‘mga iqtisod qilish imkoni yaratilgan. Xulosa: o‘pka sili bor qandli diabetli populyasiyada va sil kasalligi bor qandli diabeti yo‘q aholida kasallikni erta aniqlash, baholash, oldini olish va davolash sifatini 90,0%ga oshiradi, silga qarshi preparatlardan bo‘ladigan yatrogen holatlarni 57,0%gacha kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: epidemiologik tadqiqotda Farg‘ona vodiysining sharoitini hisobga olgan holda qandli diabet bilan kasallangan aholida o‘pka silining klinik tavsifi xususiyatlari o‘rganilgan va aniqlangan va Andijon ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 70, Namangan ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 01-2/113, Farg‘ona ftiziatriya va pul`monologiya markazibuyruq № 67 filiallariga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ushbu prediktiv – profilaktik tibbiyot modeli epidemiologik – monitoring tizimiga qurilgan, birinchi bo‘g‘inda va oilaviy shifokorlar hamda ftiziatriya markazlarida muntazam foydalanishga tavsiya qilinadi. Quyidagi samaralarni berishi isbotlandi; QD2O‘Sq va QD2O‘Sqy ni zrta aniqlash, baholash va profilaktika – reabilitatsiyasi sifati 90,0% gacha oshadi; 2) o‘pka silining QD2 fonida kechishi va noxush oqibatlarini oldindan 75% foizdan 80% gacha prognozlab berish imkoniyatini beradi; 3) silga qarshi preparatlardan kelib chiqadigan salbiy holatlarni 4,6%dan (eng kamida) 57,0 gacha (maksimum) kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirishning iqtisodiy samarasini hisoblash: Ivaqt = (90-30) x (26923,1+13333,4 )x 40 - 0,15 x 171938400= 276865002 sum. Xulosa: Qandli diabet bilan bemorlarda ilmiy tahlillarni sifat va mazmun jihatdan kuchaytiruvchi prognostik model ishlab chiqildi. Uning konkordantlik indeksi bir omilli regression tahlil uchun 0,783 (95%SE: 0,675-0,891)ni tashkil qiladi. Skriningli, klinik va profilaktik tadqiqotlarda keng foydalanish uchun tavsiya etiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimli, maxalliy, xavf omillariga va polimorbidlikka bog‘liq holda qandli diabetga o‘pka silining qo‘shilib kelishining kutilayotgan darajasi aniqlangan profilaktikasi bo‘yicha algoritm hamda dasturlar ishlab chiqilgan, va va Andijon ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 70, Namangan ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq № 01-2/113, Farg‘ona ftiziatriya va pul`monologiya markazibuyruq № 67 filiallariga joriy etilgan..Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi: Sil kasalligi bor qandli diabetli aholida va sil kasalligi bor qandli diabeti yo‘q aholida o‘pka silining noxush yakuniy oqibatini ehtimolini hisoblab/aytib beruvchi matematik (sezuvchanligi 80,0% va spesifikligi 75,0% bo‘lgan) model keng foydalanishga tavsiya qilinadi. U o‘pka silini faol aniqlashni amaliy faoliyatda 100% gacha samara bilan faollashtiradi; amaliyotchi shifokorlarni ruhiyati va e’tiqodini eng kamida 80,0% gacha ftizioprofilaktik tibbiyot tomon o‘zgartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘pka sili qandli diabetga qo‘shilib yuzaga kelgan holatlarda konservativ tizimda erta aniqlashni arzon, sodda va qulay skriningli usuli ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga, jami populyasiya(251 ta) darajasida 18 mln, 825 ming so‘mga iqtisod qilish imkoni berilgan. I vaqt = (90-30) x (26923,1+13333,4 ) x 40 - 0,15 x 171938400= 276865002 sum.Xulosa: o‘pka silini faol aniqlashni amaliyotda faollashtirish va yangi preventiv strategiyalar ishlab chiqishning faollashuvini kuchaytirishi ko‘rsatilganligi; amaliyot shifokorlarnining ruhiyati va e’tiqodini eng kamida 80.0% gacha profilaktik tibbiyot tomon o‘zgartirishi bilan izohlangan.