Yakubdjanov Diyorjon Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda halqum kasalliklarini klinik-funksional o‘ziga xosligi va ularni davolashni muvofiqlashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2290.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Fedaratsiyasi); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: X.A.Yasavi nomidagi Xalqaro Qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda halqum patologiyasini tashxislash va davolashni takomillashtirish, profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda nazofaringit, burun-halqum xamda tanglay murtaklari gipertrofiyasi erta davrda, halqumdagi atrofik jarayonlar esa kechki davrda uchrashi kemtikning shakliga va yuz-jag‘ anamaliyasining davomiyliga bog‘liqligi aniqlangan;
tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni burun-halqumni endoskopik va rentgenologik tekshirish natijalariga ko‘ra yumshoq tanglay uzunligi va halqum chuqurligi o‘rtasida tafovut mavjudligi sababli tanglay-halqum xalqasi etishmovchiligi kelib chiqishi aniqlangan;
tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning har bir bosqichidagi halqumning mikrobiotsenoz (Streptococcus agalactiae,  Escherichia coli, Proteus, Candida) ma’lumotlari asosida patologik jarayonlarni davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
tanglay tug‘ma kemtigining turli shakllarida jarrohlik aralashuvdan oldin va undan keyingi erta va kechki davrlarida tanglay-halqum xalqasini rentgen-nurli ko‘rsatkichlari anomaliyani katta yoshda bartaraf etilgan xolatlarda patologik jarayonlar surunkali xolatga o‘tishi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 04-x/17-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik:  tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda halqumning klinik-funksional holati kemtikning shakliga va yuz-jag‘ anomaliyasining davomiyligiga bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni xalqumdagi yallig‘lanishni erta aniqlash va oldini olish; yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash; jarrohlik aralashuvining bosqichlarida samarali kompleks davoni aniqlash va qayta jarrohlik amliyotlari oldini olish Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, ilmiy ishimizga kiritilgan 106 ta yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarning 93% da xalqum va halqum-limfoid to‘qimasida yallig‘lanish jarayonlari erta aniqlandi, hamda ularga anomaliyani bartaraf qilishdan oldin kompleks davo o‘tkazilinganda  plastik operatsiyadan keyingi davrdagi ikkilamchi asoratlar kelib chiqishining oldi olindi. Xulosa: profilaktika choralarining yangi taktikasini joriy etish davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini kamaytiradi: adenoidit, surunkali tonzillit, burun-halqum va tanglay murtaklari gipertrofiyasining profilaktika choralariga 687 469 so‘m, surunkali nafas yo‘llari infeksiyasi yoki O‘RVI uchun 386 546 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun-xalqum patologiyasini tashhislash va davolash bo‘yicha natijalar” va “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun xalqumning mikrobiologik holati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan  Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi “Yuz-jag‘ jarrohligi” bo‘limi va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaz amaliy faoliyatiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 24 mart 8n-r/276, 8n-r/277 sonli tasdiqlangan xulosalar.)
ikkinchi ilmiy yangilik: tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda klinik va rentgenologik tekshirish natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi va natijalarga asoslangan xolda tanglay-halqum sohasi funksional buzilishlarining mezonlari belgilandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradigan jarrohlik aralashuvning to‘g‘ri ko‘lamini aniqlash; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalar anomaliyani bartaraf qilingandan keyingi reabilitatsiya davrini tezroq o‘tkazadilar va faol ijtimoiy-mehnat faoliyatiga qaytadilar; tanglay kemtigi bo‘lgan bolalarning tanglay-halqum halqasi etishmovchiligi oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra tanglay kemtigi bo‘lgan bir nafar bola uchun 1 389 000 so‘m iqtisod qilindi. Bu o‘z navbatida tanglay tug‘ma kemtikli bolaning amaliyotga tayyorlash va ahvolini to‘g‘ri baholashga yordam beradi, bu esa kasalxonada yotish kunlari sonini kamaytiradi. Xulosa: tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun-xalqum patologiyasini tashhislash va davolash bo‘yicha natijalar” va “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun xalqumning mikrobiologik holati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi “Yuz-jag‘ jarrohligi” bo‘limi va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli  bolalar tibbiyot markaz amaliy faoliyatiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent davlat stomatologiya institutining 2022 yil 18 noyabrdagi 03-1578-sonli xatga javoban 2022 yil 7 dekabr 8n-z/653-sonli xulosa olingan.)
uchinchi ilmiy yangilik: tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning har bir bosqichini halqumning klinik-funksional holatiga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilandi; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtirildi; tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda halqumdagi patologik jarayonlarni o‘z vaqtida kompleks davolash algoritmini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bir nafar bola uchun nuqsonni bartaraf qilish jarrohlik amaliyotiga ishlab chiqilgan: jarrohlik amaliyoti bolalarning amaliyotdan keyingi, kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash harajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: qayta ko‘rik – 68 000 so‘m; qayta umumiy qon tahlili – 66 000 so‘m, umumiy peshob taxlili – 31 000 so‘m; qayta 3D rentgen burun-halqum, burun va burun yondosh bo‘shliqlari 3D rentgen tekshiruvi – 75 000 so‘m, bakterialogik ekma – 79,000, jarohatni bog‘lov harajatlari – 68 000 so‘m; dori-darmonlar harajati – 150 000 so‘m. Xulosa: tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi qayta ko‘rik va tekshiruvlarni kamaytiradi, bu harajatlar uchun davlat byudjetidan mablag‘ sarflanishi ham kamayadi. Dastlabki tekshiruv uchun tanglay tug‘ma kemtikli bolani to‘g‘ri aniq kuzatish bilan  har  bir  bemorga 1 389 000 so‘m sarflanadi. Agar bemor turli shifokorlar tomonidan turli xil tekshiruvlardan o‘tkazilsa va har safar qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazsa, harajatlar ikki baravar yoki hatto uch baravar ko‘payishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Tanglay tug‘ma kemtigi  bo‘lgan bolalarda burun xalqum patologiyasini tashhislash va davolash bo‘yicha natijalar” va “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun xalqumning mikrobiologik holati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi “Yuz-jag‘ jarrohligi” bo‘limi (№121 buyruk 21.10.2023y) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli  bolalar tibbiyot markaz  (№170-U buyruq 31.10.2023y) amaliy faoliyatiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent davlat stomatologiya institutining 2022 yil 18 noyabrdagi 03-1578-sonli xatga javoban 2022 yil 7 dekabr 8n-z/653-sonli xulosa olingan.)
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tanglay tug‘ma kemtigining turli shakllarida jarrohlik aralashuvdan oldin va undan keyingi erta va kechki davrlarida halqum sohasi patologiyasining rentgen-nurli ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  plastik jarrohlik aralashuvidan oldin, undan keyin erta va kechgi davrda halqum sohasi patologiyasining rentgen-nurli tekshiruv natijalari tanglay plastikasidan keyingi kechki muddatlarda tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda yumshoq tanglay uzunligi va halqum chuqurligi o‘rtasida tafovut mavjudligini ko‘rsatdi, bu esa tanglay-halqum halqasining to‘liq yopilmasligiga va tanglay-halqum etishmovchiligi mavjudligiga moyil bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tanglay tug‘ma kemtikli bir nafar bolaning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 3-4 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3 500 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mga kamaytirdi  (TDSIning  preyskurantiga  ko‘ra  shifoxonada  1  kun   qolish 250 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43 800 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: yangi konservativ amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 1 389 000 so‘mga birlamchi ko‘rikga sarflanish, keyingi qayta ko‘riklarga 1 033 000so‘m sarflanadi, bir yilda 1 nafar bemorga 4 132 000so‘m, byudjetdan tashqari dori darmon mablag‘larni 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun halqum patologiyasini tashhislash va davolash bo‘yicha natijalar” va “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda burun xalqumning mikrobiologik holati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi “Yuz-jag‘ jarrohligi” bo‘limi (№121 buyruk 21.10.2023y) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli  bolalar tibbiyot markaz (№170-U buyruq 31.10.2023y) amaliy faoliyatiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent davlat stomatologiya institutining 2022 yil 18 noyabrdagi 03-1578-sonli xatga javoban 2022 yil 7 dekabr 8n-z/653-sonli xulosa olingan.)

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish