Axmedov Murodjon Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dental implantlarni protezlashda platformani o‘tqazish usulining xususiyatlari” 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib765.
Ilmiy rahbar: Rizaeva Sevara Mirgulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Nurieva Natal`ya Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ural davlat tibbiet universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tish implantlarini protezlashda platformalar o‘tkazish usulining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i gigiena indeksi natijalari asosida, platformani o‘tqazish usuli qo‘llanmagan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati tomonidan yallig‘lanish reaksiyasi oshishi aniqlangan;
tish implantlarida protezlashning turli usullari qo‘llangan bemorlarda protezlashdan keyin periimplant to‘qimalarining mikrotsirkulyasiya kursatkichlari bir xil intensivlikda tiklanishi aniqlangan;
ilk bor taklif etilgan platformalarni ikki martalik o‘tkazish usuli uchun tish implantlariga sun’iy qoplamalar konstruksiyasi qo‘llanilishi sababli abatment va sun’iy qoplama atrofida zich milk halqasini hosil bo‘lishini ta’minlab, og‘iz suyuqligini pereimplantatsion bo‘shliqqa oqishini oldini olishi aniqlangan;
platformalarni ikki martalik o‘tkazish usulini qo‘llashda S-simon egrilikni hosil bo‘lishi hisobiga og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligini pereimplantant sohaga tushishining oldi olinishi, abatment-milk sohasida shartli-patogen va patogen mikroorganizmlar sonining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent  davlat stomatologiya instituti ekspert kengashinig 2023 yil 11 noyabrdagi 16-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tish implantlaridagi protezlash usullarining qiyosiy xarakteristikasi ma’lum bir klinik holatlarda protezlashning maqbul usulini aniqlashga imkon beradi. Implant-abatment chegarasida platformani o‘tkazish usuli- implant atrofida yumshoq to‘qimalarning halqa bo‘lib  shakllanishiga xizmat qiladi, bu esa og‘iz ichi suyuqligining oqishiga chek qo‘yadi va implant bo‘ynida to‘liq osteointegratsiyaga olib keladi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi (21.02.2023 yildagi 89-sonli buyruq), Toshkent shahridagi “Ortho cure” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi (22.12.2022 yildagi 464-sonli buyruq) va Toshkent shaxar “IDEAL PROF PLUS” MChJ “IXMed Clinic” ko‘p tarmoqli xusisiy poliklinikasi (22.02.2022 yildagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 29.09.2021 yildagi 8n-r/848-sonli va 19.11.2021 yildagi     8n-r/1118-sonli xulosalar olingan). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat • implantlar atrofida tabiiy gingival halqani yaratish oziq-ovqat qoldiqlarining kirishi va to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, yallig‘lanish jarayonlari xavfini kamaytiradi va implantlarning xizmat qilish muddatini bir necha bor oshiradi.  Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: yangi usulning joriy etilishi tufayli bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun qo‘shimcha dori-darmonlarga ehtiyoj, shifokorlarga tashriflar soni kamaydi, yillik tejashning o‘rtacha narxi 1 kishi uchun o‘rtacha 6 625 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: implantlar atrofida tabiiy gingival halqaning yaratilishi- implant atrofiga oziq-ovqat qoldiqlarining to‘planishiga to‘sqinlik qiladi va shu bilan implantlarning xizmat qilish muddatini bir necha martaga oshiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Dental implantlarni protezlashda ikkitali platformani qo‘llash usulining samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi (8 n-z/368 18.07.2022 y.) olingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tish implantlarini protezlashda platforma almashtirish usuli ustunligining asosiy gigienik, mikrobiologik va estetik parametrlari aniqlandi. Ushbu usuldan foydalanish- periimplantat to‘qimalarda yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining tarkibiy qismlarini uzoqlashtiradi. Bundan tashqari, implantning ochiq yuzasini yumshoq to‘qimalar bilan to‘ldirilib, germetik zona yaratiladi va unga ilgari tushgan mikroorganizmlarning ko‘payishini oldi olinadi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi (21.02.2023 yildagi 89-sonli buyruq), Toshkent shahridagi “Ortho cure” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi (22.12.2022 yildagi 464-sonli buyruq) va Toshkent shaxar “IDEAL PROF PLUS” MChJ “IXMed Clinic” ko‘p tarmoqli xusisiy poliklinikasi (22.02.2022 yildagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 29.09.2021 yildagi 8n-r/1848-sonli va 19.11.2021 yildagi              8n-r/1118-sonli xulosalar olingan.). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini normallashtirish va implantatsiya halqasi atrofida yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini oldini olish; implantlarning barqarorligini optimallashtirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangiliklarning iqtisodiy samaradorligi: ushbu usuldan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini sezilarli darajada kamaytirishi va tish shifokoriga qo‘shimcha tashrif buyurish va qo‘shimcha dori-darmonlarni sotib olish ehtiyojini kamaytiradi. Xulosa: implantat atrofidagi mavjud yallig‘lanish jarayonining dinamikada yaxshilanishiga  va og’iz bo‘shlig’i mikroflorasining normallashuvi bilan, agressiv mikroorganizm turlarining ayrim vakillari yo‘qolishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Dental implantlarni protezlashda ikkitali platformani qo‘llash usulining samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi (№: 8 n-z 368 18.07.2022 y.) olingan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor taklif etilgan platformalarni ikki martalik o‘tkazish usuli uchun tish implantlariga sun’iy qoplamalar konstruksiyasi qo‘llanilishi sababli abatment va sun’iy qoplama atrofida zich milk halqasini hosil bo‘lishini ta’minlab, yumshoq to‘qimalarning zich halqasini tez shakllanishiga yordam beradi va bu patogen mikrofloraning migratsiyasini oldini olib, mukozitlar va periimplantitlarning rivojlanishini oldini olishi isbotlangan. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi (21.02.2023 yildagi 89-sonli buyruq), Toshkent shahridagi “Ortho cure” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi (22.12.2022 yildagi 464-sonli buyruq) va Toshkent shaxar “IDEAL PROF PLUS” MChJ “IXMed Clinic” MChJ “ko‘p tarmoqli xusisiy poliklinikasi (22.02.2022 yildagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 29.09.2021 yildagi 8n-r/1848-sonli va 19.11.2021 yildagi 8n-r/1118-sonli xulosalar olingan). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: • periimplant zonasida suyuqlik to‘planishining oldini oladi, yallig‘lanish jarayonlari xavfini kamaytirib, implantlarning xizmat qilish muddatini bir necha bor oshiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: protezlashning estetik natijalarini yaxshilaydi, implantlarning xizmat muddatini bir necha martaga oshiradi, bemorni stomatologga bo‘lgan muntazam tashriflaridan ozod qiladi va sarf xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Xulosa: ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: “Dental implantlarni protezlashda ikkitali platformani qo‘llash usulining samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi (№: 8 n-z 368 18.07.2022 y.) olingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: platformani almashtirish texnikasi- implantga kichikroq diametrli ortopedik komponentni o‘rnatishdan iborat bo‘lib, bu platforma bo‘g‘imining suyakdan gorizontal yo‘nalishda siljishi tufayli yumshoq to‘qimalar biriktirilishi mumkin bo‘lgan implantning muhim yuzasini ochish imkonini beradi, natijada, kontaminatsiya bo‘lgan mikrobo‘shliqdan kelib chiqqan infiltrat suyak chetidan uzoqroqda paydo bo‘lib, rezorbsiyasi xavfini kamaytiradi, implantga kichikroq abatment o‘rnatilishi og‘irlik konsentratsiyasini periimplant suyagining chetidan uzoqlashtiradi. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi (21.02.2023 yildagi 89-sonli buyruq), Toshkent shahridagi “Ortho cure” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi (22.12.2022 yildagi 464-sonli buyruq) va Toshkent shaxar “IDEAL PROF PLUS” MChJ “IXMed Clinic”  ko‘p tarmoqli xysisiy poliklinikasi (22.02.2022 yildagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 29.09.2021 yildagi 8n-r/1848-sonli va 19.11.2021 yildagi    8n-r/1118-sonli xulosalar olingan).Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi periimplant zonasida suyuqlik to‘planishining oldini olish, yallig‘lanish jarayonlari xavfini kamaytirish, implantlarning xizmat qilish muddatini bir necha bor oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: protezlashning estetik natijalarini yaxshilaydi, implantlarning xizmat muddatini bir necha martaga oshiradi, implantlar xizmatining uzoq vaqtgacha chidamligini ta’minlashga sarf bo‘ladigan sarf xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Yangi usulning joriy etilishi tufayli bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun qo‘shimcha dori-darmonlarga ehtiyoj, shifokorlarga tashriflar soni kamaydi va 1 nafar bemor xisobiga 1 425 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: taklif etilayotgan tish implantlarini protezlashda  platformani o‘tkazish usuli yumshoq to‘qimalarning implant atrofida halqa bo‘lib shakllanishini nafaqat implant-abatment chegarasida,  balki mukozitlar va periimplantitlarning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi patogen mikrofloraning migratsiyasini ikki marta  bloklovchi abatment –koronka chegarasiga o‘tish joyida ham ta’minlaydi. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: “Dental implantlarni protezlashda ikkitali platformani qo‘llash usulining samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi (№: 8 n-z 368 18.07.2022 y.) olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish