G‘ozibekov Jamshid Isanbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1969.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jarrohlik hajmini tanlashda differensial yondashuvni va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni davolash sifatini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buqoqning toksik shakllari bilan, shuningdek, tireostatiklar mumkin bo‘lmagan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda diskret plazmaferezning, ya’ni plazmani natriy gipoxlorit bilan bilvosita elektrokimyoviy kislorod yordamida qo‘shimcha ozonlash va keyinchalik detoksifikatsiyalangan plazmani qayta quyish orqali yuqori samaradorligi isbotlangan;
toksik buqoqning qaytalanishi qalqonsimon bezning sitomorfologik shakliga va bajarilgan jarrohlik aralashuvining hajmiga bog‘liqligi isbotlangan;
qalqonsimon bezning qoldiq hajmini aniqlash va o‘lchamlarini hisoblash, operatsiyani bajarish texnikasini soddalashtirish va intraoperatsion asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradigan strumektomiyaning texnik jihatlari takomillashtirilgan.
operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlarni, uzoq davrda toksik buqoqning qaytalanish chastotasini kamaytirish hisobiga buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolash usulini tanlash orqali tavsiya etilgan differensial yondashuvning samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024 yil 15-yanvar’ 2-son xulosasiga ko‘ra; (Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 11 yanvarda 253-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: buqoqning toksik shakllari bilan, shuningdek, tireostatiklar mumkin bo‘lmagan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda diskret plazmaferezning, ya’ni plazmani natriy gipoxlorit bilan bilvosita elektrokimyoviy kislorod yordamida qo‘shimcha ozonlash va keyinchalik detoksifikatsiyalangan plazmani qayta quyish orqali yuqori samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashda qo‘shimcha ozonlash bilan natriy gipoxlorit bilvosita elektrokimyoviy plazma oksigenatsiyasi va keyinchalik detoksifikatsiyalangan plazmani qayta quyish bilan birgalikda diskret plazmaferezdan foydalanish usuli tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining №FAP 20230244 08.01.2024 yildagi ixtiroga patenti). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, SamDTU 1-klinikasida 14.06.2021 y. №80a va 14.06.2021 y. №80v sonly buyrug‘i va Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filialida 30.11.2021 y. №50-b hamda 30.11.2021 y. №52-t sonly buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tireostatik dorilarni ko‘tara olmaslik, gormonal qaramlik va hamroh kasalliklari bilan asoratlangan buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashda plazmaferez natriy gipoxlorit bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi bilan qo‘shimcha ozonlash natijasida operatsiyadan keyingi davrda tireotoksik kriz asorati kuzatilmadi. O‘z navbatida konservativ tayyorlangan bemorlarda bu asorat 4 holatda kuzatildi. Natijada bemorlarni operatsiyaga tayyorlash muddatini taqqoslash guruhida 12 oygacha asosiy guruhdagilarni esa 1 oygacha qisqartirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 587 900 so‘m (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, xirurgiya va reanimatsiya bo‘limlaridagi 6 kunlik o‘rin kunlari, dori-darmon va operatsiyaga ketgan xarajatlar kiradi. Agarda bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda kutilishi mumkin bo‘lgan asoratlar kuzatilsa, davolanishga yana 1 231 000 so‘m sarflanishi mumkin. Bemorlar yuqoridagi tavsiya qilingan usulda operatsiyaga tayyorlansa, spesifik asoratlar 4 barobar kam uchrashini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 29 544 000 so‘mni tashkil etadi (PF bilan BEKO dan keyin 24 nafar bemor uchun). Xulosa: Buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarda tavsiya qilingan usulda operatsiyaga tayyorlash usuli qo‘llanishi amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 29 544 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 8 863 200 so‘m byudjet mablag‘lari, 20 680 800 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 11 yanvardagi №253-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi lmiy yangilik: Toksik buqoqning qaytalanishi qalqonsimon bezning sitomorfologik shakliga va bajarilgan jarrohlik aralashuvining hajmiga bog‘liqligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarda qalqonsimon bezning sitomorfologik shakllarini o‘rganish natijasida bajarilgan jarrohlik aralashuvning xajmi takomillashtirildi va operatsiyadan keyingi residivlar sonini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, SamDTU 1-klinikasida 14.06.2021 y. №80a va 14.06.2021 y. №80v sonly buyrug‘i va Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filialida 30.11.2021 y. №50-b hamda 30.11.2021 y. №52-t sonly buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: toksik buqoqning qaytalanishi rivojlanishining qalqonsimon bezning patomorfologik shakliga, autoimmun jarayonning faollik darajasiga, kasallikning davomiyligiga va operatsiya hajmiga bog‘liqligi isbotlangan. Shuning uchun tavsiya qilingan usulda yuqoridagi bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va operatsiya jarayonining takomillashtirish mezonlari ishlab chiqilishi natijasida tiroetoksikozning qaytalanishi asosiy guruhda (1,2%) taqqoslash guruhiga  (10,9%) nisbatan 9 marta kam uchraganligi isbotlandi (mezon χ2= 4.692; Df=1; p=0,031). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 587 900 so‘m (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Agarda bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda kuzatilishi mumkin bo‘lgan qaytalanishlar 9 marta kamayganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 41 291 100 so‘mni tashkil etadi (to‘qqiz nafar bemor uchun). Xulosa: buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarda tavsiya qilingan usulda operatsiyaga tayyorlash usuli qo‘llanishi amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 41 291 100 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 12 387 330 so‘m byudjet mablag‘lari, 28 903 770 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslash»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 11 yanvardagi №253-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik qalqonsimon bezning qoldiq hajmini aniqlash va o‘lchamlarini hisoblash, operatsiyani bajarish texnikasini soddalashtirish va intraoperatsion asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradigan strumektomiyaning texnik jihatlari takomillashtirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: strumektomiyada tavsiya etilgan jarrohlik asbobi yordamida operatsiyaning texnik usullarini takomillashtirildi, operatsiyani bajarish texnikasini soddalashtirildi va qulaylashtirildi, qalqonsimon bez qoldiq hajmini aniqlash va hisoblash natijasida intraoperatsion asoratlar xavf darajasi kamaytirilishiga va operatsiya davomiyligi qisqartirishga erishiladi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining №FAP 20210299 24.11.2021 yildagi ixtiroga patenti qarori). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, SamDTU 1-klinikasida 14.06.2021 y. №80a va 14.06.2021 y. №80v sonly buyrug‘i va Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filialida 30.11.2021 y. №50-b hamda 30.11.2021 y. №52-t sonly buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Strumektomiyada tavsiya etilgan jarrohlik asbobi operatsiyaning texnik usullarini takomillashtirish, operatsiyani bajarish texnikasini soddalashtirish, qalqonsimon bez qoldiq hajmini aniqlash va hisoblash shuningdek intraoperatsion asoratlar xavfi darajasini kamaytiradi. Natijada operatsiyaning davomiylik muddati 92,7±4,8 to 63,4±3,6 daqiqagacha qisqartirishga erishildi (r<0.001). 29,3±0,5 daqiqagacha qisqartirishga erishildi (p<0.001). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarga bajariladigan tireoidektomiya operatsiyasi uchun odatda umumiy o‘rtacha 1 974 600 so‘m sarflanadi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Agarda bemorlarda tavsiya qilingan usullar yordamida operatsiyaning davomiylik muddati 2.5 barobarga kamayganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 936 500 so‘mni tashkil etadi (besh nafar bemor uchun). Xulosa: Buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarda tavsiya qilingan usulda operatsiyaga tayyorlash usuli qo‘llanishi amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 4 936 500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1 480 950 so‘m byudjet mablag‘lari, 3 455 550 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 11 yanvardagi №253-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlarni, uzoq davrda toksik buqoqning qaytalanish chastotasini kamaytirish hisobiga buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolash usulini tanlash orqali tavsiya etilgan differensial yondashuvning samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslashga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmi davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, SamDTU 1-klinikasida 14.06.2021 y. №80a va 14.06.2021 y. №80b sonly buyrug‘i va Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filialida 30.11.2021 y. №50-b hamda 30.11.2021 y. №52-t sonly buyrug‘i asosida xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez hajmini aniqlagan holda olib tashlash, buqoqning toksik shakllarini jarrohlik davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm operatsiyadan keyingi erta asoratlar chastotasini 15,4% dan 6,7% gacha (2.5 barobar) va operatsiyadan keyingi kechgi davrda qoniqarsiz natijalarni 23,1% dan 6,7% gacha (3.5 barobar) kamaytirish orqali ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi buqoqning toksik shakllari bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 587 900 so‘m (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Agarda bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda kutilishi mumkin bo‘lgan asoratlar kuzatilsa, davolanishga yana 1 231 000 so‘m sarflanishi mumkin. Bemorlar yuqoridagi tavsiya qilingan differensial yondashuv natijasida xirurgik davolash usullarini tanlash orqali operatsiyadan keyingi davrda kechki asoratlarning 3,5 barobar kamayganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 308 500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Buqoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni operatsiyaga tayyorlashning tavsiya etilgan usulni joriy qilinishi 1 yilda har bir bemor uchun 4 308 500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1 292 550 so‘m byudjet mablag‘lari, 3 015 950 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Buqoqning toksik shakli bo‘lgan bemorlarda xirurgik davoni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 11 yanvardagi №253-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish