Matmurotov Zuxrob Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali frontit bo‘lgan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1491.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ajenov Talapbek Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbaydjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti (Ozarbaydjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali frontit bo‘lgan bemorlarni davolashda kompleks usullarni qiyosiy baholash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli frontit bo‘lgan bemorlarda kasallik tarqalish va og‘irlik darajasini burun shilliq qavatini funksional xususiyatining o‘zgarishi, yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini endoskopik baholash (o‘rta hisobda 3,52±0,27 ball), kompyuter tomografiyada Lund-Mackay bo‘yicha baholash (1,59±0,33 ball) yordamida aniqlangan;
surunkali yiringli frontitda peshona bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i mikroflorasining tarkibining o‘ziga xosligi, ya’ni Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus aureus + Streptococcus pneumoniae miqdorlarining farqi aniqlangan;
surunkali yiringli frontitda peshona bo‘shlig‘idagi ajralmaning biokimyoviy tekshiruvi natijasida yallig‘lanish jarayonini kechishining ko‘pchilikda og‘irlashganligi, ya’ni MDA, DK, antioksidant tizim (AOT) fermentlari - KAT va SOD faolligi oshganligi (r<0,01) isbotlangan;
peshona bo‘shlig‘i surunkali yallig‘lanishida kompleks davolashda tabiiy teshik orqali zondlash va mahalliy antiseptik eritmasi qo‘llanilishi davolash samaradorligini 22,5%ga oshirganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 22 dekabrdagi №12/056-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha buyruq (29.03.2023 yildagi №8-I) xamda Toshkent shahar “LOR STOM MED SERVIS” xususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (03.04.2023 yil №3) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: peshona bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonining tarqalishi va kasallik kechimining og‘irligini baholash davolash usulini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli frontit bo‘lgan bemorlarda klinik-funksional, endoskopik va kompyuter tomografiya natijalarini klinik ko‘rsatkichlarga asoslangan holda o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali davolashga sarflanadigan xarajatlarini 450 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: surunkali frontit bo‘lgan bemorning kompyuter tomografiyasidagi peshona burun kanalining anotomik tuzilishiga karab davo choralarini (an’anaviy davolash, peshona bo‘shlig‘ini zondlash yoki trepanopunksiyasi, jarroxlik muolajasi) qo‘llash ortiqcha sarf – harajat davlat byudjetidan 1 nafar bemor xisobiga 1 130 000 dan 4 275 000 so‘mgacha tejash imkonini berdi. “Surunkali frontit bo‘lgan bemorlarni tashxislash usullarini maqbullashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori tomonidan 2022 yil 14 noyabrdagi №03-4617-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha buyruq (29.03.2023 yildagi №8-I) xamda Toshkent shahar “LOR STOM MED SERVIS” xususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (03.04.2023 yil №3) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli frontitda peshona bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i mikroflorasining tarkibining o‘ziga xosligi aniqlash kasallik kechimini baholash va natijalarga asoslangan holda etiopatogenetik davolash rejasini tuzish imkonini beradi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yiringli frontitda peshona bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i mikroflorasining tarkibining o‘ziga xosligi aniqlash va shu asosda etiopatogenetik davolash rejasini tuzish ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi, bu esa o‘rtacha 383 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: peshona bo‘shlig‘ida surunkali yallig‘lanish jarayoni bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va xarajatlarni 1 nafar bemor xisobiga 460 000dan 940 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. “Surunkali frontit bo‘lgan bemorlarni tashxislash usullarini maqbullashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori tomonidan 2022 yil 14 noyabrdagi №03-4617-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha buyruq (29.03.2023 yildagi №8-I) xamda Toshkent shahar “LOR STOM MED SERVIS” xususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (03.04.2023 yil №3) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: peshona bo‘shlig‘idagi ajralmada yallig‘lanish jarayoni ko‘rsatkichlaridan Malondial’degit va Dien kon’yugat, antioksidant tizim fermentlaridan Katalaza va Superoksiddismutaza faolligini baholash kasallik kechimini va og‘irlik darajasini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: peshona bo‘shlig‘idagi ajralmada yallig‘lanish jarayoni ko‘rsatkichlaridan Malondial’degit va Dien kon’yugat, antioksidant tizim fermentlaridan Katalaza va Superoksiddismutaza faolligini baholash kasallik kechimini va og‘irlik darajasini baholashga, bu o‘z navbatida kasallikning davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Xulosa: peshona bo‘shlig‘idagi ajralmada yallig‘lanish jarayoni ko‘rsatkichlaridan Malondial’degit va Dien kon’yugat, antioksidant tizim fermentlaridan Katalaza va Superoksiddismutaza ko‘rsatkichlariga qarab, davolashda antioksidant xususiyatiga ega bo‘lgan dorilarni qo‘shish kasallik kechimini va og‘irlik darajasini kamaytirish xisobiga ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi. “Surunkali frontit bo‘lgan bemorlarni tashxislash usullarini maqbullashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori tomonidan 2022 yil 14 noyabrdagi №03-4617-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: peshona bo‘shlig‘i surunkali yallig‘lanishida kompleks davolashda tabiiy teshik orqali zondlash va mahalliy antiseptik eritmasi qo‘llanilishi davolash samaradorligini 22,5%ga oshirganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha buyruq (29.03.2023 yildagi №8-I) xamda Toshkent shahar “LOR STOM MED SERVIS” xususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (03.04.2023 yil №3) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali frontit bo‘lgan bemorlarda peshona bo‘shlig‘ini tabiiy teshik orqali zondlash va shu orqali mahalliy antiseptik eritmasi yuborish davolash samaradorligini oshiradi, kasallik belgilarining regressiyasiga va bemorlarning tez tuzalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Biz taklif qilgan davolash usul, surunkali frontit bo‘lgan bemorlarni ixtisoslashgan shifoxonalarni jalb qilmasdan birlamchi bo‘g‘inda erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Mikrodatsin dori vositasini kompleks davolash usuliga joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanish kamayishi natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 9 kundan 5 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 750 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mga kamaytirdi (TTAning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 9 000 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Surunkali frontit bo‘lgan bemorlarda yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida yil mobaynida takroriy davolanish soni kamayishi 1 nafar bemor xisobiga 9 000 000 so‘m, shundan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 8 550 000 so‘m va bemorning o‘z mablag‘laridan 450 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. “Surunkali frontit bilan kasallangan bemorlarda ozon terapiyasini qo‘llash orqali davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 5 oktyabrdagi №03-3760-son xat yuborilgan.