Finkelshteyn Inessa Shulevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sayyohlik sanoatini rivojlantirish uchun memorial muzeylarning innovasion salohiyati», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1522.
Ilmiy rahbar: Kuryazova Darmonjon To‘raevna, tarix fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03
Rasmiy opponentlar: Almeev Robert Valievich, tarix fanlar doktori, Levteeva Larisa Georgievna, tarix fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston turizm sanoatida mustaqil ijodiy madaniy an’analarni yaratishda memorial muzeylarning o‘rni va innovasion salohiyatini ochib berish va shu asosda mamlakatimizda madaniy turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatning sifat jihatidan yangi qiyofasi va brendini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda so‘nggi yuz yil ichida yaratilgan 32 ta memorial muzey tipologiyasi va kommunikativ munosabatlar tizimining xususiyatlari nazariy jihatdan asoslanib, shulardan, ushbu muzeylarda xotirasi saqlanib qolgan davlat va jamoat arboblari va madaniyat hodimlarining hayoti hamda ijod yo‘llariga bag‘ishlab tashkil etilgan muzeylardan 10 tasi ilmiy jihatdan rekonstrusiya qilingan majmuaga ega memorial muzeylar, 6 tasi alohida kolleksiyalar asosida, 16 tasi esa tarixiy muhiti saqlanib qolgan ansambl memorial uylar ekanligi aniqlangan;
mamlakat brendining va uning imijining brend arxitekturasi nazariyasi va turizm madaniyatidagi XX-asrning muhim tarixiy shaxslari nomlari va yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish orqali shakllanish jihatlari aniqlanib, O‘zbekistonning mustaqil ijodiy madaniy an’analari asosida, uning eng yaxshi vakillari tomonidan ishlab chiqilgan o‘z brendini rivojlantirishga ko‘ra ilk marotaba mamlakatni rivojlantirishning o‘ziga xos strategiyasi taklif etilgan;
memorial muzeylar innovasion salohiyatining O‘zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirishga ta’siri aniqlanib, madaniy merosni saqlash va mamlakatni rebrendlash maqsadida muzey institutlari negizida ijodiy klasterlar yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan hamda zamonaviy talqin qilish, raqamlashtirish va boshqa innovasion texnologiyalar amaliyotidan foydalangan holda muzeyni yangilash usullari tavsiya etilgan;
XIX-XX asrlarga oid O‘rta Osiyo ayollarining milliy kiyimlari na’munalari, Tamaraxonimning o‘z ijodi va faoliyati davomida tayyorlangan ikki yuzga yaqin ko‘ylaklari rasmlari to‘plamlarining arxiv hujjatlarida qog‘oz asosdagi besh mingga yaqin arxiv hujjatlari hamda har bir kiyim uchun qo‘shimcha vositalar - zargarlik buyumlari, bosh kiyim, poyabzal, turli qo‘shimcha taqinchoqlarning tayyorlanish jarayoniga oid ovozli-tasviriy yozuvlar aniqlanib ilk bora kiyimlar to‘plamining to‘liq tarixshunoslik, tarkibiy va texnologik asoslari, shuningdek, kundalik kiyimda aktrisaning sahna ehtiyojlariga moslashishi orqali amalga oshirilgan o‘zgarishlarning qiyosiy tahliliga ko‘ra kundalik ayollar libosiga tatbiq etish tarixi ochib berilgan hamda o‘zgarishlar shakllanishining tarixiy-madaniy aloqadorligi kuzatilib, ijroga yo‘naltirilgan maxsus vositalarning xususiyati va ta’riflari keltirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning sayyohlik sanoatini rivojlantirish uchun memorial muzeylarning innovasion salohiyati bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda so‘nggi yuz yil ichida yaratilgan 32 ta memorial muzey tipologiyasi va kommunikativ munosabatlar tizimining xususiyatlari nazariy jihatdan asoslanib, shulardan, ushbu muzeylarda xotirasi saqlanib qolgan davlat va jamoat arboblari va madaniyat hodimlarining hayoti hamda ijod yo‘llariga bag‘ishlab tashkil etilgan muzeylardan 10 tasi ilmiy jihatdan rekonstrusiya qilingan majmuaga ega memorial muzeylar, 6 tasi alohida kolleksiyalar asosida, 16 tasi esa tarixiy muhiti saqlanib qolgan ansambl memorial uylar ekanligi aniqlanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan mamlakatimiz madaniy merosi, xalqaro madaniy nutqda mamlakat imijining amaliy ahamiyatini oshirishda hamda “O‘zbekiston. O‘tmishga nazar” multimedia ensiklopediyasi yaratish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Madaniy meros agentligining 2023 yil 5 apreldagi 04-10/1055-son ma’lumotnoasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston moddiy madaniy merosni o‘rganish va muzeylashtirishga oid masalalarni ilmiy nazariy jihatdan targ‘ib qilishga asos bo‘lgan;
mamlakat brendining va uning imijining brend arxitekturasi nazariyasi va turizm madaniyatidagi XX-asrning muhim tarixiy shaxslari nomlari va yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish orqali shakllanish jihatlari aniqlanib, O‘zbekistonning mustaqil ijodiy madaniy an’analari asosida, uning eng yaxshi vakillari tomonidan ishlab chiqilgan o‘z brendini rivojlantirishga ko‘ra ilk marotaba mamlakatni rivojlantirishning o‘ziga xos strategiyasi taklif etilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi (Moskva) elchixonasi huzuridagi O‘zbekiston Madaniy-axborot ishbilarmonlik markazi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini ommalashtirish va targ‘ib qilish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Madaniy meros agentligining 2023 yil 5 apreldagi 04-10/1055-son ma’lumotnoasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston moddiy madaniy merosni o‘rganish va muzeylashtirishga oid masalalarni ilmiy nazariy jihatdan targ‘ib qilishga asos bo‘lgan;
memorial muzeylar innovasion salohiyatining O‘zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirishga ta’siri aniqlanib, madaniy merosni saqlash va mamlakatni rebrendlash maqsadida muzey institutlari negizida ijodiy klasterlar yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan hamda zamonaviy talqin qilish, raqamlashtirish va boshqa innovasion texnologiyalar amaliyotidan foydalangan holda muzeyni yangilash usullari hamda XIX-XX asrlarga oid O‘rta Osiyo ayollarining milliy kiyimlari na’munalari, Tamaraxonimning o‘z ijodi va faoliyati davomida tayyorlangan ikki yuzga yaqin ko‘ylaklari rasmlari to‘plamlarining arxiv hujjatlarida qog‘oz asosdagi besh mingga yaqin arxiv hujjatlari hamda har bir kiyim uchun qo‘shimcha vositalar - zargarlik buyumlari, bosh kiyim, poyabzal, turli qo‘shimcha taqinchoqlarning tayyorlanish jarayoniga oid ovozli-tasviriy yozuvlar aniqlanib ilk bora kiyimlar to‘plamining to‘liq tarixshunoslik, tarkibiy va texnologik asoslari, shuningdek, kundalik kiyimda aktrisaning sahna ehtiyojlariga moslashishi orqali amalga oshirilgan o‘zgarishlarning qiyosiy tahliliga ko‘ra kundalik ayollar libosiga tatbiq etish tarixi ochib berilgan hamda o‘zgarishlar shakllanishining tarixiy-madaniy aloqadorligi kuzatilib, ijroga yo‘naltirilgan maxsus vositalarning xususiyati va ta’riflari keltirilganligi yuzasidan takliflar Tamaraxonimning ijodi va madaniy merosini targ‘ib qilish va ommalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 5 apreldagi 02-10/1054-son guvohnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish; ish harajatlarini kamaytirish; jamg‘arma xodimlari va markaz xodimlarining mehnat unumdorligini va malakasini oshirish darajasini ko‘tarishda yordam bergan.