Shanazarova Dilfuza Jaxangirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intervyu matnlarining diskursiv tahlili”, 10.00.01  – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.4.DSc/Fil488.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intervyu diskurs matnining lingvokulturologik, sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intervyu diskursning aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasi ekanligi, tuzilishga ega bo‘lishi, dialogik xarakterda hamda videointervyu, audiointervyu, bosma yoki raqamli shakllarda bo‘lishi dalillangan.
intervyu diskursda nutqning voqelanishida nutq vaziyati, nutq sharoiti, nutqiy intensiya kabi pragmatik omillar intervyu ishtirokchilarining maqsadi, dunyoqarashi, bilim saviyasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
intervyu diskursda matnning sotsial xoslanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy omillar, jumladan,  kommunikantlarning  yoshi, gender xususiyatlari, kasb-kori kabilarning muhim o‘ringa egaligi ochib berilgan;
intervyu matnlarining milliy-madaniy xususiyatlari madaniy fon, madaniy sema, madaniy konsept, madaniy fond, madaniy an’ana, mentalitet kabi lingvokulturologik tushunchalar vositasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intervyu matnlarning diskursiv tahlili masalasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
intervyu diskursda nutqning voqelanishida nutq vaziyati, nutq sharoiti, nutqiy intensiya kabi pragmatik omillarning ahamiyati haqidagi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 7-dekabrdagi 496/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan dalillar, tahlil natijalari badiiy matnning sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishda ijobiy samara bergan;
intervyu diskursda matnning sotsial xoslanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy omillar, jumladan,  kommunikantlarning  yoshi, gender xususiyatlari, kasb-kori kabilarning o‘rni haqidagi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 7-dekabrdagi 495/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar nutqdagi yasama so‘zlar uning sotsiolingvistik, gender xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan.
intervyu diskursning aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasi ekanligi, tuzilishga ega bo‘lishi, dialogik xarakterda hamda videointervyu, audiointervyu, bosma yoki raqamli shakllardan iborat ekanligi haqidagi  xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ibtido”, “Kino tarixi”, “O‘zlikka yo‘l” kabi qator ko‘rsatuvlarning senariylarini tayyorlashda ma’lumot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-dekabrdagi 02-0618-09-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish