Sattarova Nargiza Oblanazarovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida godonimlarning lingvistik xususiyatlari (Andijon viloyati materiallari asosida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3062.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xolmonova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek onomastik ko‘lamida eng kichik tarkibiy qism sanalgan ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha, shohko‘cha, mahalla nomlari (godonim)larning leksik-semantik, grammatik, derivativ va funksional-uslubiy xususiyatlarini Andijon viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatidagi ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha, shohko‘cha, mahalla nomlari (godonim)ning antropogodonim, etnogodonim, fitogodonim, gidrogodonim, teogodonim kabi turlari belgilanib, onomastik ko‘lamda ularning boshqa antrponim, etnonim, fitonim, gidronim makroko‘lamlari bilan aloqalari ochib berilgan;
shohko‘cha, ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha nomlari (godonimlar)ning onomastik ko‘lamda butun-qism munosabatidagi pog‘onaviy o‘rin va bog‘lovchi mavqega egaligi ochiqlangan;
godonimlarning atalish motivlariga ko‘ra antropogodonim, etnogodonim, fitogodonim, gidrogodonim, teogodonim kabi leksik-semantik turlari aniqlanib, ularning yasalish tamoyillari hamda ularni yasashda konversiya va transpozisiya usullarining birlamchi o‘ringa egaligi dalillangan;
tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar hisobga olingan holda godonimlarning tarkibiy tuzilishi, ularning til meyorlariga moslashning ilmiy-amaliy asoslarini mustahkamlash, godonimlarni qo‘llashdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘cha nomlarini atashda  takroriy nomlardan qochish, nom berishda hududning etnik va geografik xususiyatlarini hisobga olish kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha, shohko‘cha, mahalla nomlari (godonim)larning leksik-semantik, grammatik, derivativ va funksional-uslubiy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyatidagi ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha, shohko‘cha, mahalla nomlari (godonim)ning antropogodonim, etnogodonim, fitogodonim, gidrogodonim, teogodonim kabi turlari belgilangan, onomastik ko‘lamda ularning boshqa antrponim, etnonim, fitonim, gidronim makroko‘lamlari bilan aloqalari xususidagi xulosalardan kabi ma’lumotlaridan Andijon viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yilda tayyorlangan ilmiy-ommabop “Xazinamsan kitob”, “Iste’dod”, Ma’naviyat-qalb ko‘zgusi”, “Beshinchi fasl” kabi ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-dekabrdagi 01-24-258-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot ishidan olingan ma’lumotlar teleko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan;
shohko‘cha, ko‘cha, torko‘cha, berkko‘cha nomlari (godonimlar)ning onomastik ko‘lamda butun-qism munosabatidagi pog‘onaviy o‘rin va bog‘lovchi mavqega egaligiga doir tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” va “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Bir qishloq tarixi”, “Ko‘hna manzillar” nomli eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023- yil 21-noyabrdagi 04-36-1752-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati godonimiyasi bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar va umumlashtirilgan fikrlar eshittirishlarning ilmiy asoslarga ega bo‘lishini ta’minlagan;
godonimlarning atalish motivlariga ko‘ra antropogodonim, etnogodonim, fitogodonim, gidrogodonim, teogodonim kabi leksik-semantik turlari, ularning yasalish tamoyillari hamda ularni yasashda konversiya va transpozisiya usullarining o‘rni xususidagi xulosalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusi amaliy grant loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-oktyabrdagi 01/10-2210-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiu korrusida tilning onomastik ko‘lamidagi godonimlarning yasalish tiplari, shakllanish motivlarini belgilash, til hodisalarining barcha qirralarini to‘liq namoyon etish imkoniyati yaratilgan;
tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar hisobga olingan holda godonimlarning tarkibiy tuzilishi, ularning til meyorlariga moslashning ilmiy-amaliy asoslarini mustahkamlash, godonimlarni qo‘llashdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha milliy-madaniy omillar hisobga olingan tavsiyalar va xulosalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №AM-II3-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-oktyabrdagi 01/10-2211-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek onomastikasini, jumladan, toponimika sohasini muayyan ilmiy-nazariy qarashlar va faktlar bilan boyitilishiga, toponimlar tarkibida yuz bergan lisoniy, ijtimoiy, tarixiy, geografik o‘zgarishlarni kuzatish imkonini bergan;
godonimlarni qo‘llashdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi toponimik komissiya tomonidan viloyatdagi tabiiy-geografik obektlar, xususan, aholi manzillari nomlarini o‘zgartirish, yangilariga nom berish, tartibga solishda, tarixiy nomlarni tiklashda, ko‘cha va mahalla nomlarini o‘zgartirishda, ularning imlosidagi xatolarni bartaraf etishda foudalanilgan (Andijon viloyati hokimiyatining 2023-yil 25-oktyabrdagi 20-33-167-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Resrublikasining toronimik siuosatini bajarishga, hudud toronimikasida tarixiu nomlarni tiklashga, joy nomlarining imlosiga oid xilma-xilliklarga barham berishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish