Hamraqulova Guluzra Dilmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Badiiy matnning fonopoetik tadqiqi (Iqbol Mirzo she’riy asarlari tahlili misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3312.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Akbarova Zuhra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqbol Mirzo asarlarida badiiy matnning fonopoetik xususiyatlari, fonetik va prosodik vositalarning she’riy matndagi o‘rni va roli, tovushlarning jilolanishi, urg‘u, ohang, to‘xtam kabi prosodik birliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv faoliyat natijasi sifatidagi poetik matnni tahlil qilishning germenevtik va lingvopoetik maqsadlarga javob beruvchi uch bosqichli – metametasemiotik bosqichi, badiiy priyom lingvopoetikasi hamda lingvopoetik sathlashtirish metodlari yetakchilik qilishi dalillangan;
poetik matnda fonetik birliklarning, xususan, unli va undoshlarning alliteratsiya, assonans ko‘rinishidagi badiiy-estetik funksiyalari Iqbol Mirzo she’rlari misolida ochib berilgan;
she’riy nutqda bo‘g‘in va urg‘uning poetik o‘rni va stilistik ahamiyati, tavtogramma va lipogrammaning emotsional-ekspressiv potensiallari aniqlanib, Iqbol Mirzo she’riyatida sintaktik epifora poetik individuallikni ta’minlashi dalillangan;
Iqbol Mirzo she’rlarida intonatsiya va uning tarkibiy elementlari bo‘lgan urg‘u va to‘xtam ham ijodkorning badiiy intensiyasini yuzaga chiqarishda individuallikni ko‘rsatuvchi muhim prosodik vositalarga aylanishi, matnning pragmatik mazmunini shakllantirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. badiiy matnning fonopetik tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy xulosalaridan:
kognitiv faoliyat natijasi sifatidagi poetik matnni tahlil qilishning germenevtik va lingvopoetik maqsadlarga javob beruvchi uch bosqichli – metametasemiotik bosqichi, badiiy priyom lingvopoetikasi hamda lingvopoetik sathlashtirish metodlari yetakchilik qilishi xususidagi nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №AM-F3201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 01/10-2081-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada aks etgan fonopoetikaning lingvopoetik tadqiqotlar tizimidagi o‘rnini o‘rganishga oid tavsiyalar takomillashtirilgan;
poetik matnda fonetik birliklarning, xususan, unli va undoshlarning alliteratsiya, assonans ko‘rinishidagi badiiy-estetik funksiyalariga doir tahlillar va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №AM-P32020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 11-oktyabrdagi 01/10-2082-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqa turkiy tillar kabi o‘zbek tlida ham badiiy matnda fonetik birliklarning poetik imkoniyatlarini yuzaga chiqish hodisasini amaliy jihatdan kuzatish imkoniyati paydo bo‘lgan;
she’riy nutqda bo‘g‘in va urg‘uning poetik o‘rni va stilistik ahamiyati, tavtogramma va lipogrammaning emotsional-ekspressiv potensiallari aniqlanib, Iqbol Mirzo she’riyatida sintaktik epifora poetik individuallikni ta’minlashi xususidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” dasturlari ssenariylarini (2022-2023-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 15-dekabrdagi 04-36-1909-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlarning ssenariysi mazmunan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish