Sultanov Baxodir Fazilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i: “Simulyasion ta’lim texnologiyalari orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5259.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish  instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi simulyasion ta’lim texnologiyalaridan  foydalanish orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontekstli ta’lim nazariyasi asosida o‘quv va kognitiv faoliyatni kvazi-professional muhitda kasbiy faoliyatga aylantirishda hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda muammoli topshiriqlar va muammoli vaziyatlarni mustaqil ravishda hal etishda konsentrizm tamoyilini qo‘llash vositasida aniq vaziyatlarni imitatsiyasiga qaratilgan simulyasion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi asoslangan;
kasbiy muhitni imitatsiya qilish sharoitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning yaxlitligi va sifatini ta’minlaydigan o‘quv-simulyasion ta’lim muhitini kasbiy muammolar echimini topishda amaliy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish  asosida yaratish orqali simulyasion ta’lim texnologiyasini samarali amalga oshirishda tizimli, faoliyatga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar va tashkiliy pedagogik sharoitlar aniqlashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayonining tarkibiy funksional modeli “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi” fani mazmuniga atrof-muhit muammolari, texnogen ofatlar, texnogen falokatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘qitish mazmuni, vaqt taqsimoti va natijadorlik omillari asosida  ishlab chiqish orqali singdirish, korxonalardagi baxsiz hodisalar, o‘zi va boshqalar uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratishga o‘rgatishda kvazi professional ta’lim muhitini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish hamda kompetensiyalarni baholash metodikasi motivatsion-maqsadli, kognitiv, faoliyatga asoslangan va refleksiv baholash kabi tarkibiy qismlarini professional ta’limda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish darajasiga ko‘ra belgilash hamda Case method, Fabula, Mind map innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim muassasalarida simulyasion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagicha joriy etildi:
kontekstli ta’lim nazariyasi asosida o‘quv va kognitiv faoliyatni kvazi-professional muhitda kasbiy faoliyatga aylantirishda hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda muammoli topshiriqlar va muammoli vaziyatlarni mustaqil ravishda hal etishda konsentrizm tamoyilini qo‘llash vositasida aniq vaziyatlarni imitatsiyasiga qaratilgan simulyasion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi asoslanganligiga oid tavsiyalardan “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga yordam bergan;
kasbiy muhitni imitatsiya qilish sharoitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning yaxlitligi va sifatini ta’minlaydigan o‘quv-simulyasion ta’lim muhitini kasbiy muammolar echimini topishda amaliy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish  asosida yaratish orqali simulyasion ta’lim texnologiyasini samarali amalga oshirishda tizimli, faoliyatga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar va tashkiliy pedagogik sharoitlar aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga yordam bergan;
kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayonining tarkibiy funksional modeli “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi” fani mazmuniga atrof-muhit muammolari, texnogen ofatlar, texnogen falokatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘qitish mazmuni, vaqt taqsimoti va natijadorlik omillari asosida  ishlab chiqish orqali singdirish, korxonalardagi baxsiz hodisalar, o‘zi va boshqalar uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratishga o‘rgatishda kvazi professional ta’lim muhitini kiritish orqali takomillashtirilganligi hamda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish hamda kompetensiyalarni baholash metodikasi motivatsion-maqsadli, kognitiv, faoliyatga asoslangan va refleksiv baholash kabi tarkibiy qismlarini professional ta’limda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish darajasiga ko‘ra belgilash hamda Case method, Fabula, Mind map innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Qurilish sohasida inson salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar o‘quvchlarda texnika xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha ko‘nikmalarni  hamda ekstremal ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish