Karimqulov Nodirbek Abdujalilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yuz sohasi gemangiomasini kamqonlik bilan birga kechishining klinik xususiyatlari va davolash taktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1728.
Ilmiy rahbar: Sadiqov Rasul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shanazarov Nasrulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor  (Kozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: P.A. Gersen nomidagi Moskva ilmiy-tekshiruv onkologik instituti  (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz soxasi gemangiomalari bo‘lgan bolalarda kasallikni kamqonlik bilan birga kechishida lazerli texnologiyalardan foydalangan holda davolash taktikasini takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, kamqonlik fonida gemangiomalarni davolashda infraqizil diapazondagi  past intensiv lazeroterapiya destruksiyasidan foydalangan holda davolash usuli takomillashtirilgan;
kamqonlik bilan kechuvchi asoratlangan gemangiomalarni lazerli nurlanishdan keyingi davrda periferik qon tarkibidagi diskotsitlarning degenerativ va miqdoriy o‘zgarishi, hamda nurlanishning gemangiomalardagi venoz qon tomirlarga ta’siri natijasida, sklerotik o‘zgarish sababli qon oqimi teziligi pasayishi isbotlangan;
ilk bor, anemiya bilan kechuvchi gemangiomalar va ularning asoratlangan shakllarini takomillashtirilgan davolash usullining gemostatik va kosmetik jihatdan samaradorligi isbotlangan;
bolalarda kamqonlik fonida gemangiomalarni davolashda takomillashtirilgan davolash usuli davolanish muddatini qisqartirish, uzoq muddatda kasallikning asoratlari va qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirish va davolash xarajatlarini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yildagi 30 noyabrdagi 06/30-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 31-maydagi 6 i-12/x-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik:  qon ivishi buzilishlarini  past intensiv lazerli nurlanish bilan korreksiya qilganda qon ivish vaqtining normal qiymatlarga intilishi faqat boshlang‘ich giperkoagulyasiyali bemorlarda, boshlang‘ich past gemostatik ko‘rsatkichlarga ega bemorlarda esa ivishning normallashuvi faqatgina qisqa muddatli lazerli nurlanishdagina yuz berishiga asoslangan lazeroterapiya usuli ishlab chiqilgan
ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz soxasi gemangiomasini kamqonlik bilan birga kechishi bo‘yicha pastintensiv lazerli nurlanish bilan davolash natijasida o‘smadan qon ketish kabi asoratlarni kamaytiradi va reabilitatsiya jarayonini  tezlashishiga olib keladi. Yuz soha gemangiomalari aniqlangan kamqonlik bilan kechgan bemorlar uchun ishlab chiqilgan pastintensiv lazerli nurlanish usuli Respuplika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali bolalar onkologiya (17.02.2023 y.; № 18/1) bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  Yuz soxasi gemangiomalarini davolashda PILN qo‘llash orqali an`anaviy usulda uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlar (operatsiyada qon yo‘qotilishi, kasallikni qaytalanishi, operatsiya soxasida chandiqlar va funksianal buzilishlar)ni sonini minimallashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:tavsiya etilgan davolash usuli bemorlarni ambulator sharoitda katnab davolanishi, dovolanishdan keyin reabilitatsiya vaktini kamligi va medikamentoz davolarni qisqarishi xisobiga umumiy sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda davolangan bemorlarda (65 ta) davolanish uchun ketgan xarajatlar 110 460 000 so‘mga yoki har bir bemordan 1704000 so‘mga iqtisod qilinadi. Bir yildagi murojaatlar soniga nisbatan esa (22 ta bemor), tadbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 37 488 000 so‘mni tashkil qiladi.Xulosa: yangi pastintensiv lazerli nurlanish joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 704 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuz soha gemangiomalarni kamqonlik bilan kechgan bolalarda infraqizil diapazondagi  yuqori energetik lazerlardan foydalangan holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab asoratlar (o‘smadan qon ketish, reabilitatsiya davrining cho‘zilishi, nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi) ni oldini olish va davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan; ilmiy yangilikning ahamiyati: infraqizil diapazondagi  yuqori energetik lazerlardan foydalangan holda kamqonlik bilan kechuvchi gemangiomalarni davolash amaliyotlarini bajarish rejalashtirilgan boshqa davo usullaridan samaradorligi bilan farq qiladi.ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respuplika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bolalar onkologiya ((17.02.2023 y.; № 18/1) bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish;  bemorlarning hayot sifatini yaxshilash;   bemorlarni shifokor qabuliga takroriy qatnovlar sonini chastotasini 50–60 % gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davo jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olinishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2 200 000 so‘m iqtisod qilindi (davodan keyingi gemotransfuziya, gospitalizatsiya kuni), bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% nogironlikni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  143 000 000 (65 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: kamqonlik bilan kechuvchi asoratlangan gemangiomalarni lazerli nurlanishdan keyingi davrda omilning periferik qon tarkibidagi diskotsitlarning degenerativ va miqdoriy o‘zgsharishi, hamda nurlanishnig gemangiomalardagi venoz qon tomirlarga ta’siri natijasida ulardagi sklerotik o‘zgarish sababli undagi qon oqimi teziligi pasayishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Asoratlangan gemangiomalarda normal diskotsitlar soni yanada yuqori darajada kamaydi va degenerativ  o‘zgargan shakllarning soni esa 15 martaga ortdi. Diskotsitlar sonining kelgusidagi kamayishi kuzatildi. Venoz qon oqimida davolashga qadar tezlik, davolashdan keyinga nisbatan yuqori bo‘lib, davo samarasi sezilarli darajada yaxshi bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respuplika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bolalar onkologiya (17.02.2023 y.; № 18/1) bo‘limi amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi;  operatsiyadan keyingi davrda samarali davo o‘tkazilganligi sababli kasallik qaytalanishi va muolaja uchun sanoqli marta murojaat qilinishiga olib keladi;  ushbu amaliyotdan keyin yuz sohasi kosmetik sifatini yaxshilaydi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalarda yuz sohasi gemangiomasini an’anaviy usulda jarroxlik yo‘li bilan davolash uchun (qayta murojaatlarni inobatga olgan holda) har bir bemorga kutilayotgan jami sarf-xarajatlar o‘rtacha 648 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 146 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 4,5 martaga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 145 315 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 322 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda kamqonlik fonidagi kechuvchi asoratlangan gemangiomani zamonaviy tashxislash va davolashning yangi  algoritmi ishlab chiqilgan;Ilmiy yangilikning ahamiyati: kamqonlik fonidagi gemangiomani tashxislash va davolashning ishlab chiqilgan yangi  algoritmi ijobiy kosmetik natijalar bilan to‘liq davolanib ketishga 90%, jarrohlik aralashuvlari natijasida qon ketishining oldini olishda 95% va yaxshi funksional natijalarga erishishga 98% holatda imkon beradi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respuplika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bolalar onkologiya (17.02.2023 y.; № 18/1) bo‘limi amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  davo manipulyasiyasining tashxislash va davolashga nisbatan yangi algoritmini qo‘llash orqali asoratlar va kosmetik jihatdan qoniqarli natijalar olishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kamqonligi mavjud bolalarda yuz gemangiomalarini lazerli FDT bilan davolashga asoslangan usulda davolashdan keyingi uzoq muddatlarda kasallikning qaytalanish darajasini 6 tadan 1 tagacha kamaytirishga erishilgan. Taklif qilinayotgan texnologiyaning tatbiq qilinishi natijasidagi iqtisodiy samaradorlik bolalarning kasallik tufayli nogironlik darajasini kamaytirishi bilan izohlanadi, ya’ni nogironlik tufayli jismoniy layoqatsiz bolalar soni mazkur tatqiqot doirasida 5 taga, ya’ni 3,5 martagacha  kamaygan.  Xulosa:1 nafar nogiron bolaga to‘lanadigan nafaqa miqdori 648 000 so‘m («Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi Qonuni, 7.10.2022 y.) ekanligidan kelib chiqilsa, tatbiq doirasida 1 nafar bemor xisobidan yillik umumiy 8 376 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish