Abduganieva El`nora Abralovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda trombofilik holatlar shakllanishining patogenetik asoslari va ularni korreksiya qilish yondoshuvlarini ishlab chiqish» 14.00.42 – Pul`monologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib583.
Ilmiy maslaxatchi: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ibraeva Lyazzat Kataevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: QSSV Qozogiston Respublikasi ftiziopul`monologiya milliy ilmiy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
trombofilik buzilishlarni korreksiya qilishga patogenetik asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish orqali SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda "o‘limga olib keladigan" trombofilik holatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SOO‘Kda trombofiliya shakllanishi ko‘p omilli bo‘lib, fenotipik va genotipik determinantalarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan, hamda giperkoagulyasiya, endotelial disfunksiya va sistem yallig‘lanish jarayonlarining sinergetik samarasi isbotlangan;
SOO‘Kda gomotsistein mul`tfunksional prediktor funksiyasini bajarishi va u trombofilik xavf, endotelial disfunksiya va sistem kasallik markeri ekanligi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasida SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda MTR (Asp919Gly) polimorf markerining Asp/Gly genotipi, MTRR (Ile22Met) polimorfi markerining Met/Met genotipi, MTHFR (Ala222Val) polimorf markerining Val/Val genotipi va MTHFR (Glu429Ala) polimorf markerining Ala/Ala genotipi markerning qondagi miqdorini oshirishi bilan gipergomotsisteinemiya xavfi shakllanishida salbiy o‘rin tutishi isbotlangan;
SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda major genlarning birining (protrombinning 20210 G/A polimorfizmi va Leyden omilining Arg506Gln polimorfizmi), minor genlarning (MTR, MTRR, MTHFR) ikki va undan ortig‘ining salbiy genotipik variantlari bilan kombinatsiyada kelishi trombofilik holatlar shakllanishida eng nojo‘ya kombinatsiya ekanligi aniqlangan;
SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda gipergomotsisteinemiya va trombofiliyaning vitamin V12 va foliy kislotasining etishmovchiligi fonida shakllanishi aniqlangan;
Endotelin-1 genining Lys198Asp polimorfizmi salbiy genotiplari SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda ham trombofilik ham respirator buzilishlarda ahamiyatliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akad. Sh.Alimov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2024 yil 16-fevral`dagi Z.2/1-son xulosasiga ko‘ra(ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga akad.Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIAT markazi direktorining 2023 yil 6 iyun`dagi 01-03/366a-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: SOO‘Kda trombofiliya shakllanishi ko‘p omilli bo‘lib, fenotipik va genotipik determinantalarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan, hamda giperkoagulyasiya, endotelial disfunksiya va sistem yallig‘lanish jarayonlarining sinergetik samarasi bilan ifodalanganligi isbotlangan. SOO‘Kda trombofiliya rivojlanishining patogenez xususiyatlari haqidagi nazariy bilimlar kengaytirilib, bu SOO‘Kda trombofilik xavfni korreksiya qilish imkoniyatlarini takomillashtiradi va “fatal trombozlar” sonini kamaytirish usulini Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda qon-tomir xavfini kamaytiradi; trombofilik sabablar tufayli SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarning kasalxonaga yotishlar sonini minimallashtiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi;trombofilik holatlar uchrash chastotasini 25%ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi ishlab chiqilgan patogenetik asoslangan davolash hisobiga bemorlarda trombofilik xavf darajasi pasayadi, bu tajribaga ko‘ra 5 SOO‘Kli bemordan 1 tasida trombotik holatlar kuzatilmasligiga olib keladi va bu yangi usulning joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 8 200 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: yangi profilaktik korreksiya amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SOO‘Kda gomotsistein mul`tfunksional prediktor funksiyasini bajarishi va u trombofilik xavf, endotelial disfunksiya va sistem kasallik markeri ekanligi isbotlangan, gomotsistein markeri yordamida SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda uch komponent jarayonlar holati haqida ma`lumot olish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda trombofiliya shakllanishida o‘rin tutgan tizimlar holati erta aniqlanishi bo‘yicha xatoliklar sonini kamaytiradi;erta tashhislash samaradorligi oshishi hisobiga bemordagi asoratlarning chastotasini kamayishi orqali bemorlar kasalxonaga tushish soni kamayadi, faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytish vaqti qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: trombofilik xavf tug‘diruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 224 000 so‘m iqtisod qilindi. Bu odatiy tekshiruvlarda trombofiliya, endotelial disfunksiya va sistem yallig‘lanish faolligini tekshirishda bemorga tahlillar uchun harajat qilinadigan byudjetdan tashqari mablag‘lar miqdori 424 000 so‘mni tashkil qilsa, taklif qilingan gomotsistein mul`tifunksional omilligiga asoslangan ishlanma, bu bemorda yuqoridagi trombofilik holatni yaratuvchi komponent jarayonlar holatini belgilashda 200 000 so‘m harajat qilinadi. Shunda oyiga 60 ta bemordan 25%da trombofilik holatlar aniqlansa, 15 bemor uchun 3 360 000 sum iqtisod qilinadi.Bu 61,7% iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi. Xulosa: yangi taklif qilingan usul byudjet hisobidan mablag‘larning 6 680 000 sumga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda MTR (Asp919Gly) polimorf markerining Asp/Gly genotipi, MTRR (Ile22Met) polimorfi markerining Met/Met genotipi, MTHFR (Ala222Val) polimorf markerining Val/Val genotipi va MTHFR (Glu429Ala) polimorf markerining Ala/Ala genotipi markerning qondagi miqdorini oshirishi bilan gipergomotsisteinemiya xavfi shakllanishida salbiy o‘rin tutishi isbotlangan, SOO‘K bemorlarining o‘zbek populyasiyasida gipergomotsisteinemiya shakllanishiga sabab bo‘luvchi polimorf markerlarning genotiplari aniqlanishi bu holat shakllanishida tug‘ma moyillikka ega bo‘lgan bemorlar guruhini erta aniqlash chora-tadbirlarini takomillashtirish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asosiy kasallikning avj olishidan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; trombofilik asoratlar sonini kamaytirish hisobiga hayot davomiyligini oshiradi; SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polimorfizmining noqulay genotiplarini tashuvchilarining gipergomotsisteinemiya shakllanishining salbiy genotiplari bilan tashuvchilik darajasini o‘rganish ixtisoslashgan shifoxonalarni jalb qilmasdan birlamchi bo‘g‘imda erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Ushbu bemorlarning farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish, kasalxonaga yotqizmaslik, agar yotqizilsa yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali 1 380 000 sum iqtisod qilindi;. Xulosa: yangi erta tashhislash va monitoring amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 830 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550 000 so‘mga tejashga imkon yaratgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda major genlarning birining (protrombinning 20210 G/A polimorfizmi va Leyden omilining Arg506Gln polimorfizmi), minor genlarning (MTR, MTRR, MTHFR) ikki va undan ortig‘ining salbiy genotipik variantlari bilan kombinatsiyada kelishi trombofilik holatlar shakllanishida eng nojo‘ya kombinatsiya ekanligi aniqlangan, o‘zbek populyasiyasidan bo‘lgan SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda trombofilik holatlar shakllanishida salbiy genotipik kombinatsiyalarni aniqlanishi SOO‘K bemorlarining trombofiliyaga genotipik moyilligi bo‘yicha stratifikatsiya qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trombofilik asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; SOO‘K bilan og‘rigan bemorlar hayot davomiyligini oshiradi; SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda trombofiliya rivojlanishining irsiy moyilligini hisobga olgan holda amaliyotda trombofiliya xavfini va ushbu kasallikning yurak-qon tomir kasalliklari bilan birga kelishini erta bashorat qilishga qaratilgan holda molekulyar-genetik tadqiqotlarni qo‘llash profilaktika choralarining samaradorligini oshirgan, trombotik asoratlar va uning asoratlarini rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Bu 1 bemor hisobida trombotik asoratlar tufayli kasalxonada yotqizish holatlarini kamayishi hisobiga 6 500 000 sumni iqtisod qilishga, trombotik asoratlarni kamaytirish hisobiga 1 kishiga ishga layoqatsizlik kunlari kamayishi hisobiga 2 202 000 sumni iqtisod qilish imkoni yaratildi. Xulosa: yangi SOO‘K bemorlarda gipegomotsisteinemiya keltirib chiqaruvchi genlarni aniqlashtirishdan kelib chiqqan molekulyar-genetik tashhisot amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5 451 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 251 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda gipergomotsisteinemiya va trombofiliyaning vitamin V12 va foliy kislotasining etishmovchiligi fonida shakllanishi aniqlangan, SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda gipergomotsisteinemiya va trombofiliya shakllanishida vitamin V12 va foliy kislotasi etishmovchiligini o‘rni aniqlangan bo‘lib, bu holatni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini takomillashtirish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda vitamin V12 va foliy kislotasi etishmovchilik holatini bartaraf qilish va buning hisobiga bemorning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda vitaminlar etishmovchiligi hisobiga shakllangan trombofilik xavfning pasaytirish imkonini yaratadi va kasallikning qon-tomir asoratlari tufayli kasalxonaga tushish sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich:bemorning shifoxonaga yotish chastotasi kamayganlishi tufayli, yiliga 1 bemor uchun 2 260 000 sum iktisod qilinadi(RIFvaPIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 226.000 so‘mni tashkil qiladi); asoratlanish chastotasi kamayganligi hisobiga, bemor kardiologik bo‘limlar yoki kardioreanimatsion yordamga muhtojlik xavfi pasayadi, bu qo‘shimcha 1 bemor uchun 6 500 000 sumni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda tavsiya qilingan korreksiya amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8 760 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda 678 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: Endotelin-1 genining Lys198Asp polimorfizmi salbiy genotiplari SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda ham trombofilik ham respirator buzilishlarda ahamiyatliligi isbotlangan, aniqlangan endotelial disfunksiya geni polimorfizmining SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda dual ta`siri qon-tomir xavfi bilan kurashish chora-tadbirlarini optimallashtirish usuli Andijon viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 18.05.2023 yildagi 468-sonli buyruq, hamda Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.05.2023 yildagi 224-sonli buyruq, hamda Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 15.05.2023 yildagi 21/1-son buyrug‘i bilan muassasa amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda qon-tomir asoratlar sonini kamaytiradi. Endotelial disfunksiya holati yaxshilanishi hisobiga trombofilik holatlarning tomir komponenti prediksiyasini kamaytiradi. Bronxlar epiteliysi holatini yaxshilanishi hisobiga bemorlarning kasalxonada yotish davomiyligi qisqaradi, respirator buzilishlar chuqurligi kamaygani hisobiga avj olishlar soni kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda endotelial disfunksiya rivojlanishining irsiy moyilligini hisobga olgan holda amaliyotda tomir shikastlanish xavfini va ushbu kasallikning yurak-qon tomir kasalliklari bilan birga kelishini erta bashorat qilishga qaratilgan holda molekulyar-genetik tadqiqotlarni qo‘llash profilaktika choralarining samaradorligini oshirgan, chuqur endotelial shikastlanish va respirator buzilishlar ko‘rinishidagi holatlar va uning asoratlarini rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Bu 1 bemor hisobida kasallik kechishida og‘irlashishlarni bartaraf qilish tufayli kasalxonada yotqizish holatlarini kamayishi hisobiga 4 452 000 sumni iqtisod qilishga, trombotik asoratlarni kamaytirish hisobiga 1 kishiga ishga layoqatsizlik kunlari kamayishi hisobiga 4 404 000 sumni iqtisod qilish imkoni yaratildi. Xulosa: yangi amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5 320 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 536 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.