Kurbanov Ulugbek Kurbanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davosi», 14.00.28 - Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1343.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Ravshan Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Kariev Shuxrat Maratovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Maxkam Kozimovich tibbiet fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi degenerativ bo‘yin radikulomielopatiyasi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash usullari va differensial jarrohlik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘yin radikulomielopatiyasida dominant klinik sindromlar (oldingimedullyar, markaziymedullyar va orqamedullyar) orqa miya kompressiya darajasi, joylashishi va davomiyligiga qarab aniqlangan;
oldingi-markaziy va orqamedullyar sindromlariga xos bo‘lgan neyrofiziologik prediktorlar (motor tolalari va patologik to‘lqinlar bo‘ylab pul`s o‘tkazuvchanligi tezligi) orqa miyaning funksional holati mezonlari va bo‘yin radikulomielopatiyasining engil shakllarida jarrohlik davolash ehtimoli prognozi aniqlangan;
bo‘yin kifozining mavjudligi, orqa miyaning oldingimedullyar sindromi belgilari bo‘lgan 3 segmentdan yuqori bo‘lmagan darajadagi oldingi kompressiyasi, bo‘yin radikulomielopatiyada old tomondan kirish uchun ko‘rsatma ekanligi aniqlangan;
bo‘yin giperlordozining mavjudligi, orqa miya kompressiyasining darajasi 3 – segmentdan yuqoriligi orqa miyaning orqa dekompressiyasi uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 8 n-z/50-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: bo‘yin radikulomielopatiyasida, orqa miya kompressiyasining darajasi, joylashishi va davomiyligiga bog‘liq holda, ustunlik qiluvchi klinik sindromlar (oldingimedullyar, markaziymedullyar va orqamedullyar) ajratildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: terapevtik taktikani tanlash ustunlik qiluvchi klinik sindromlarni aniqlashga asoslanadi. Shunga asoslanib, uchta klinik (sindromlar) guruhi shakllandi: 1) oldingimedullyar sindrom; 2) markaziymedullyar sindrom; 3) orqamedullyar sindrom. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.10.2021 y. №87-T va 27.01.2022 y. №13-T) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.05.2021 y. №106 va 12.01.2022 y. №25) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yin spondilotik radikulomielopatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, bu bemorlarga ish va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish his qilish imkonini berdi; soha darajasida - umr ko‘rish davomiyligini oshirish, o‘lim va nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) operatsiyadan oldingi bosqichda algoritm va mul`timodal protokoldan foydalanish yotoq kunlari sonini 5-7 kungacha kamaytirishga imkon berdi; 2) bemorning ishga erta qaytishi operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi. Xulosa: Ustunlik qiluvchi klinik nevrologik sindrom, siqilish omilining vektori va umurtqa-harakat segmentining biomexanik barqarorligi – bu davolash algoritmi va jarrohlik ko‘lamini belgilaydigan asosiy mezondir.
Kurbanov Ulugbek Kurbanovichning “Bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 30 sentyabr` 02-6/688 - sonli va 2022 yil 11 aprel 02-6/413 -sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: oldingi, markaziy va orqamedullyar sindromlariga xos bo‘lgan neyrofiziologik markerlar (motorik tolalar va patologik to‘lqinlar bo‘ylab impul`s o‘tkazilishi tezligi) spondilotik bo‘yin radikulomielopatiyasida differensial jarrohlik davolash usulini belgilovchi, orqa miyaning funksional holatining mezonlari sifatida aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: spondilotik bo‘yin radikulomielopatiyasi bilan kasallangan bemorlarda terapevtik taktikani tanlashda medullyar sindromlari uchun ajratilgan neyrofiziologik markerlarning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.10.2021y. №87-T va 27.01.2022y. №13-T) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.05.2021y. №106 va 12.01.2022y. №25) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish diskospondilogen bo‘yin radikulomielopatiyasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi, ambulatoriya va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ustunlik qiluvchi nevrologik sindromni aniqlash va etarli jarrohlik davolash taktikasini tanlash davolanishning yaxshi natijalariga, bemorlarning tez faollashishiga va statsionar davolanish muddatini 5-7 kungacha qisqartirishga olib keldi, bu esa takroriy operatsiyalarni o‘tkazilishini bartaraf qildi. Xulosa: operatsiyadan oldingi davrda, ustunlik qiluvchi medullyar sindromini aniqlash to‘g‘ri differensial jarrohlik davolash strategiyasini tanlashni ta’minlaydi, bu moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini pasaytiradi.
Kurbanov Ulugbek Kurbanovichning “Bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 30 sentyabr` 02-6/688 - sonli va 2022 yil 11 aprel 02-6/413 -sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bo‘yin kifozning mavjudligi, oldingimedullyar sindromi belgilari bilan orqa miyaning 3 segmentdan yuqori bo‘lmagan darajadadagi ventral kompressiyasi, bo‘yin radikulomielopatiyasida oldingi yondoshuv uchun ko‘rsatma ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bo‘yin radikulomielopatiyasida davolash va jarrohlik taktikasini tanlash algoritmi asosan kompressiya darajasiga qarab belgilanadi. Orqa miyaning umurtqa oraliq diski darajasida oldingi siqilishi, shuningdek bo‘yin kifozning mavjudligida oldingi diskektomiya o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi. Umurtqa pog‘onasi darajasida orqa miya kompressiyasi, shuningdek bo‘yin spondilolistezida tanlanadigan operatsiyasi korpektomiya bo‘ladi. Ikkala holatlarda ham umurtqa-harakat segmentining rekonstruksiyasini o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.10.2021 y. №87-T va 27.01.2022 y. №13-T) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.05.2021 y. №106 va 12.01.2022 y. №25) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘yin spondilotik radikulomielopatiyasi uchun jarrohlik taktikasini tanlashda davolash algoritmidan foydalanishning haqiqiy samaradorligi shundaki, u bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, ularning tez faollashishini ta’minlaydi va kasallik residivi rivojlanishini bartaraf qiladi. Bemorlarning to‘liq tiklanishi yoki ularning ortopedik va nevrologik holatini yaxshilanishi, bo‘yin spondilotik radikulomielopatiyasini davolashda differensial jarrohlik taktikalarini qo‘llashning tibbiy samaradorligini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: umurtqa pog‘onasining sagittal muvozanatini tiklash bilan birgalikda, etarli darajadagi dekompressiya va stabilizatsiya hayot sifatini oshirishi, nogironlik va o‘limni kamaytirishi mumkin. Spondilodez uchun implantlardan foydalanish, garchi u autosuyakdan ko‘ra moddiy jihatdan qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlik va keyingi suyak bitishini ta’minlash nuqtai nazaridan samarali va ishonchliroq hisoblanadi. Xulosa: tavsiya etilgan bo‘yin spondilotik radikulomielopatiyasini differensial jarrohlik usuli, davolash natijalarini yaxshilaydi, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini pasaytiradi.
Kurbanov Ulugbek Kurbanovichning “Bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davosi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 30 sentyabr` 02-6/688 - sonli va 2022 yil 11 aprel 02-6/413 -sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘yin giperlordozining mavjudligi, orqa miya kompresiya darajasining 3 dan ortiq segmentda davom etganligida, orqa miyaning orqa dekompressiyasi o‘tkazilishiga ko‘rsatma ekanligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: orqa miyaning orqa kompressiyasida, shuningdek, kompressiya darajalari soni uch yoki undan ko‘p yoki umurtqa kanalining haqiqiy stenozi mavjud bo‘lgan hollarda laminektomiya usuli tanlanadi. Segmentni rekonstruksiya qilish bajarilmasligi mumkin, tashqi fiksatsiya muddati 1-1,5 oy. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.10.2021 y. №87-T va 27.01.2022 y. №13-T) va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.05.2021 y. №106 va 12.01.2022 y. №25) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘yin radikulomielopatiyasi bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashda tavsiya etilgan yondashuvdan foydalanish, holatni tez va aniq baholashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini aniqlashga, tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va umuman tibbiy yordam ko‘rsatishdagi ijobiy sifat ko‘rsatkichlariga olib keldi, shuningdek, tashxis qo‘yish va davolash sifati darajasini ijobiy ko‘rsatkichini (79,2%) oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8-10 kundan 5-7 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 780 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 160000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 135 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 45000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 27 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 9000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Xulosa: bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davolashni qo‘llash, uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi va moddiy xarajatlarni 8 600 000 so‘mga kamaytirdi.
Kurbanov Ulugbek Kurbanovichning “Bo‘yin diskospondilogen radikulomielopatiyasining differensirlangan jarrohlik davosi” mavzusi bo‘yicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqa tibbiyot muassasalarida ilmiy yangiliklarni joriy etish to‘g‘risida Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-6/688-sonli va 2022 yil 11 apreldagi 02-6/413-sonli xatlar yuborildi.