Axadov Jobir Zamirovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Issiqlik va elektr ta’minoti tizimlarida quyosh energetik qurilmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish”, 05.05.06– Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» va 05.05.04. - “Sanoat issiqlik energetikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T526.
Ilmiy maslahatchilar: Abduraxmonov Abdujabbar, texnika fanlari doktori, professor, Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida  va O‘zR FA Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Zohidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, akademik, Kenjaev Idrisbek Gulamovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Sirojiddin Fayozovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh issiqlik-energetik, yoritish va fotoelektr avtonom qurilmalarini yaratish asosida issiqlik va elektr ta’minoti tizimlarida quyosh energetik qurilmalaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parabolik quyosh konsentratorli avtonom tizimlarning issiqlik-texnikaviy parametrlarini  hisoblash imkonini beradigan issiqlik va energetik rejimlarini matematik modellashtirish asosida avtonom tizimning qish mavsumida oʻrtacha kunlik foydali quvvati 25% dan 36% gacha, issiqlik quvvati 34-104 kWgacha oraliqda o’zgarishi aniqlangan;
    qaytarish koeffisienti 90 foizgacha, diametri 6,36 metr boʻlgan avtonom parabolik quyosh konsentratorli turar-joy binolarining issiqlik taʻminoti uchun quyosh nurlarini mujassamlovchi tizimning konstrktiv va texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
    ilk marotaba hisoblash va tajriba usuli bilan quyosh parabolik konsentratorli turar-joy binosining solishtirma issiqlik sarfini 2-2,5-martagacha kamaytirish hamda 3-darajali issiqlik muhofazasiga ega binolarda isitish ehtiyojlari uchun energiya sarfini 100% gacha qoplashi aniqlangan;
ilk maratoba 6,72m2 yuzaga ega quyosh nurini mujassamlovchi geliostat  asosida maxsus binolarni yorituch tizimi va tizimning fatsetalarini 8 burchak minut aniqlikda yustirovka qilish uslubi ishlab chiqilgan;
parabolik quyosh konsentratorlari va quyosh nurini mujassamlovchi geliostatlar uchun FD-256 fotodiodlar asosida 30-80 burchak soniyali aniqlikda sozlash imkonini beradigan  universal avtomatik kuzatuv tizimi ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlar va akkreditatsion laboratoriyalarining talablariga javob beradigan fotoelektrik modullarning volt-amper koʻrsatgichlarini  0,5% dan koʻp boʻlmagan xatolikda aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
    issiqlik va elektr taʻminoti tizimlari uchun masofadan boshqariladigan  meteostansiya maʻlumotlarini toʻplash va qayta ishlashni amalga oshirish imkonini beradigan dasturiy taʻminot ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqlik va elektr ta’minoti tizimlarida quyosh energetik qurilmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qaytarish koeffisienti 90 foizgacha, diametri 6,36 metr boʻlgan avtonom parabolik quyosh konsentratorli turar-joy binolarining issiqlik taʻminoti uchun quyosh nurlarini mujassamlovchi tizim O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida joriy etilgan(Energetika vazirligining 2023 yil 3 noyabrdagi №03-13-6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh parabolik konsentratorli turar-joy binosining solishtirma issiqlik sarfini 2-2,5-martagacha kamaytirishga hamda 3-darajali issiqlik muhofazasiga ega binolarda isitish ehtiyojlari uchun energiya sarfini 100% gacha qoplanishiga erishilgan;
    issiqlik va elektr ta’minoti tizimlari uchun masofadan boshqariladigan  meteostansiya va mos ravishda ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni amalga oshirivchi dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida joriy etilgan(Energetika vazirligining 2023 yil 3 noyabrdagi №03-13-6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqa gidrometrologik stansiyalar ko'rsatkichlariga nisbatan 1,33÷1,6%  aniqlikda ishlashiga erishilgan;
    quyosh nurini mujassamlovchi 10 metr balandlikda o‘rnatilgan geliostat “Zamin STV” XKning Toshkent viloyatida joylashgan yozgi konsert zalida o’rnatilgan (“Zamin STV” XK ning 2024 yil 10-yanvardagi №01-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kliplar suratga olish maxsus zalida tabiiy quyosh nurini hosil qilishga va ushbu jarayon uchun sarf qilinayotgan elektr energiyasining tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish