Saipova Barnoxon Vapojonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
«Innovatsion yondashuvlar asosida tabiiy suv havzalari muhofaza zonasi erlarini boshqarishni takomillashtirish (Aydarko‘l – Arnasoy – Tuzkon ko‘llar tizimi misolida)», 11.00.07 – Geoinformatika (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.1.PhD/T3539.  
Ilmiy rahbar: Altiev Abdurashid Sultonovich, iqtisod fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Shuxrat Sobirovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Safarov Eshqobil Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Innovatsion yondashuvlar asosida tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi erlarini tadqiq qilish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi qirgʻoq chizigʻini modellashtirish usuli sun’iy yoʻldosh ma’lumotlarini yangi takomillashtirilgan me’yoriy suv farqi (MNDWInew) indeksi asosida takomillashtirilgan;
Tabiiy suv havzasi muhofaza zonasini belgilash usuli geoaxborot texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq xususiyatlari va relef nishabligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;  
Masofadan zondlash (Sentinel 2A-2B) va sun’iy yoʻldosh to‘lqin qabul qilgich (GPS) ma’lumotlari asosida tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi er qoplamining (land cover) elektron xaritalarini tuzish usuli takomillashtirilgan;
ArcGIS dasturida avtomatlashtirilgan mexanizmlar moduli (Model Builder) asosida tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi elektron xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuvlar asosida tabiiy suv havzalari muhofaza zonasi erlarini boshqarishni takomillashtirish (Aydarko‘l – Arnasoy – Tuzkon ko‘llar tizimi misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fazoviy ma’lumotlar va dasturiy ta’minot integratsiyasidan foydalanib tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi qirg‘oq chizig‘ini modellashtirish usullarini takomillashtirish maqsadida, MNDWInew indeksi asosida tabiiy suv havzasining qirg‘oq chizig‘ini belgilash borasidagi takliflari Sirdaryo – Zarafshon havza boshqarmasi “Aydarko‘l-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 03/37-1376-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash ma’lumotlari va dasturiy ta’minot integratsiyasidan foydalanib tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi qirg‘oq chizig‘ini belgilash tadqiqot obektiga bormasdan turib amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
geoaxborot texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq hususiyatlari spektral tahlil qilish va relef nishabligini raqamli balandlik modelini (DEM) inobatga olgan holda tabiiy suv havzasi muhofaza zonasini belgilash borasidagi takliflari Sirdaryo – Zarafshon havza boshqarmasi amaliyotida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 03/37-1376-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi erlari holatini ekologik baholash masofadan zondlash va geoaxborot tizim texnologiyalari asosida aniqlash imkoniyati yaratilgan;
masofadan zondlash (Sentinel 2A – 2B) va sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich (GPS) ma’lumotlari asosida tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi  er qoplamining (land cover) elektron xaritalarini tuzish borasidagi takliflari Sirdaryo – Zarafshon havza boshqarmasi amaliyotida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 03/37-1376-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash ma’lumotlari asosida yaratilgan tabiiy suv havzasi muhofaza zonasi er turlarini  tasniflash xaritasi hudud monitoringini doimiy yuritish imkoniyatini bergan;
ArcGIS dasturida avtomatlashtirilgan mexanizmlarining moduli asosida tabiiy suv havzasining muhofaza zonasi elektron  xaritalarini tuzish borasidagi takliflari Sirdaryo – Zarafshon havza boshqarmasi amaliyotida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 03/37-1376-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Aydarko‘l – Arnasoy – Tuzkon ko‘llar tizimidan foydalanish borasida qabul qilinayotgan qarorlarda nazarda tutilayotgan maqsadli foydalanish  tamoyillariga asoslanib maqbul erlarni tanlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish