Usmonova Yulduz Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ayrim besh a’zoli biazotsiklik hosilalar sintezi va xususiyatlari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K605.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Do‘simbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘ kislotalarini fraksion ajratish, tozalash va ular asosida alkilimidozolinlarning yangi hosilalari sintezi va kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish, ularning fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek korroziyadan ingibirlash faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch kislota fraksiyasi va etilendiaminning geterotsikllanishidan hossalari avvaldan belgilangan biazogeteroatomli alkilimidozolinlar sintez qilingan;
karbon kislotalar va etilendiaminning 2-alkil-2-imidozolingacha geteroxalqalanishi neftrallash, atsillash va sikllanish mexanzmida amalga oshishi asoslanib, reaksiyaning ikkilamchi mahsuloti sifatida etilendiamin dialsil hosilalari hosil bo‘lishi bilan reaksiya unumi kamayishi isbotlangan;
dastlabki reagentlarning termik ta’siri va ularni reaksion muhitga kiritish tartibini nazorat qilish bilan geterotsikllanish jarayonida diatsil hosilalarning hosil bo‘lishini minimal miqdorlargacha kamaytirish tizimi asoslangan;
uch kislota fraksiyasi va etilendiaminning geterotsikllanishidan olingan korroziya ingibitorlari neft qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalarni 4 mg/g gacha dozalarda 90 % dan kam bo‘lmagan samara bilan himoyalashi isbotlangan;
ingibitorning kam dozalarda yuqori samarali ekanligi azot atomlarining geteroxalqada tutush sistamada joylashgani va adsorbsiya qoidalariga mos erituvchilarda qiyin eriydigan barqaror plenka hosil qiluvchi alkilguruhlarining zanjir uzunligi bilan asoslangan;
uch kislota fraksiyasi va etilendiamin asosida taribida minimal miqdor kislota diamidlari saqlagan alkilimidozolinlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yog‘ kislotalarini fraksion ajratish, tozalash va ular asosida alkilimidozolinlarning yangi hosilalari sintezi va kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish, ularning fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek korroziyadan ingibirlash faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uch kislota fraksiyasi va etilendiamin asosida korroziya ingibitori ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («FNQIZ» MChJning 2023 yil 18 avgustdagi 02-03-01/128-son ma’lumotnoma). Natijada, tarkibida minimal miqdorlarda diamidlar saqlovchi yuqorisamarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
uch kislota fraksiyasi va etilendiamin asosida termik ta’sir bilan korroziya ingibitori ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («FNQIZ» MChJning 2023 yil 18 avgustdagi 02-03-01/128-son ma’lumotnoma). Natijada, neft qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalarini himoyalashda foydalanilib kelinayotgan etalon ingibitorlarni alkilimidozolin asosli mahalliy korroziya ingibitorlari bilan almashtirish imkonini beradi.