Obidova Nodira Djumanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diklofenak asosidagi kompleks birikmalar sintezi, tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B499.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali Agzamovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diklofenakning biologik faolligi yuqori, nojo‘ya ta’sirlari kam bo‘lgan yangi samarali kompleks birikmalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diklofenak ishtirokida 10 ta yangi kompleks birikma sintezlangan, shulardan 1 ta organik tuz, 9 ta metall komplekslari diklofenak ishtirokida olingan va ularning molekulyar, kristall tuzilishlari zamonaviy usullar yordamida to‘liq aniqlangan;
diklofenak etilendiamin yoki aminospirtlar (mono, -di, -trietanolamin) ishtirok etgan muhitda, Zn2+, Cu2+, Ni2+ metall ionlari bilan bevosita koordinatsiya qila olmasligi, ya’ni faqat tashqi sferada bo‘lishligi va izostrukturali komplekslar hosil qilishligi isbotlangan;
ilk bor diklofenak asosida olingan [Zn(EDA)(H2O)3]∙(Dicl)2, [Ni(EDA)2(H2O)2]∙(Dicl)2∙(H2O)2 tarkibli aralash-ligandli kompleks birikmalarining o‘tkir zaharliligi diklofenakka nisbatan kamayishi va o‘tkir ekssudativ yallig‘lanishga qarshi faolligi yuqori samarali ekanligi aniqlangan;
ilk marotaba [Ni(EDA)2(H2O)2]∙(Dicl)2∙(H2O)2 kompleksining ul`serogen ta’siri diklofenakka nisbatan kamayishi va [Zn(EDA)(H2O)3]∙(Dicl)2 kompleksining ul`serogen ta’siri yo‘q bo‘lishi isbotlangan;
[Zn(EDA)(H2O)3]∙(Dicl)2·(H2O)2, [Cu(EDA)2(H2O)2]∙(Dicl)2·(H2O)2, [Ni(EDA)2(H2O)2]∙(Dicl)2∙(H2O)2 tarkibli aralash-ligandli kompleks birikmalari Bacillus subtilis, Escherichia coli, Staphylococcus aureus bakteriyalariga qarshi yuqori samarali ta’sir etishligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Diklofenakning kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishi hamda biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
10 ta yangi kimyoviy birikmaning kristall tuzilishi Angliya Cambridge Crystallographic Data Center bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/solutions/csd-system/components/csd/) (SCDC depozit raqami 2168795, 2033596, 2012849, 2012852, 2012851, 2012850..+.). Natijada, ushbu bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
diklofenak komplekslarining monokristallarini o‘stirib, rentgen tuzilish tahlili yordamida fazoviy va molekulyar tuzilishini tadqiq qilishda to‘plangan kristallografik ma’lumotlar va ularning biofaolligini qiyosiy o‘rganish mobaynida olingan natijalardan №VA-FA-F7-004 “Biologik faol birikmalarning metall komplekslari tuzilishiga haroratning ta’sirini o‘rganish” fundamental loyihasida muayyan biofaollikka ega bo‘lgan yangi aralash-ligandli koordinatsion birikmalarni olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 apreldagi 4/1255-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va o‘rtacha antipiretik ta’sirga ega diklofenakning turli metall ionlari bilan yangi samarali metallokompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va biologik faolligini aniqlash imkonini bergan.