Gazieva Sulxiya Saidmashrafovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlashtirish sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning jahon tajribasi”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlafi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1720.
Ilmiy rahbar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Bahodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Isadjanov Abduvali Abduraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamlashtirish sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha jahon tajribasini tadqiq etgan holda O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishga doir ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“mehnat migranti” va “tashqi mehnat migratsiyasi” hamda masofadan ishlash sharoitida “virtual mehnat migratsiyasi” tushunchalarining mualliflik ta’rifi taklif etildi;
xorijdagi o‘zbekistonlik vatandoshlarning reemmigratsiyasini va ular tomonidan mamlakatimizga kirib kelayotgan investisiyalarni rag‘batlantirish maqsadida chet eldagi o‘zbek diasporalari bilan hamkorlik qilish mexanizmni ishlab chiqish va ularning elektron ma’lumot bazasini shakllantirish taklif etildi;
xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlanishiga erishish maqsadida ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va chet tillarini o‘rganishiga xizmat qiluvchi “Xorijga ketish oldi tayyorgarligi” elektron platformasi uchun takomillashtirilgan mexanizmlar ishlab chiqildi;
mehnat migratsiyasini tartibga solishda raqamlashtirish jarayonlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi mobil ilovani ishlab chiqish taklif etildi;
O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlashni takomillashtirish maqsadida ularga masofaviy ishlash, ya’ni virtual mehnat migratsiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini yaratuvchi yirik ausorsing kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish zaruriyati isbotlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamlashtirish sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning jahon tajribasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Mehnat migranti” va “tashqi mehnat migratsiyasi” tushunchalarining muallif tomonidan taklif etilgan ta’rifi va talqini “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2023-yil 2-iyundagi 04/3-12-9 sonli ma’lumotnomasi, O‘zRKQB vazirligining 2023-yil 13-maydagi 01/00-00/1385-son ma’lumotnomasi);
chet ellik vatandoshlarning O‘zbekiston bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va o‘zbek diasporalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi 5220-sonli PQ loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zRKQB vazirligining 2023-yil 13-maydagi 01/00-00/1385-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021-yildan shu kunga qadar 30 dan ziyod xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan salohiyatli investorlar, malakali mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim hamda iqtidorli talabalardan iborat 480 dan ortiq vatandoshimiz ro‘yxati shakllantirildi;
mehnat migrantlarining “Xorijga ketish oldi tayyorgarligi” platformasini ishlab chiqish mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zRKQB vazirligining 2023-yil 13-maydagi 01/00-00/1385-son ma’lumotnomasi). Unda mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali tartibga solishda onlayn qo‘llab-quvvatlash vositalari, elektron banking va raqamli platformalar orqali ma’lumot tarqatish mexanizmi ishlab chiqildi. 2020-yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4829-sonli PQ loyihasini ishlab chiqishda foydalanilib, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib mehnat sharoiti yaratish, kasbiy tayyorgarlik va chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Natijada 2021-yilda 20 dan ortiq kasbga, rus, ingliz, koreys va yapon tillariga o‘qitish bo‘yicha qisqa kurslar yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, 16,2 ming kishi xorijga ishlash uchun jalb qilindi, shu bilan birga 17 ta “Ishga marhamat” monomarkazida 12 243 fuqaro 30 ga yaqin kasbga o‘qitilib, ulardan 7530 nafari xorijda ishlash uchun tayyorlandi;
mehnat migratsiyasini tartibga solishda raqamlashtirish jarayonlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zRKQB vazirligining 2023-yil 13-maydagi 01/00-00/1385-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif 2019-yil 20-avgustda “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5785-son Farmonining 10-bandiga binoan “Labor-migration” dasturiy ta’minotini ishlab chiqilishida foydalanilgan. Natijada 2022-yil 16-avgust holatiga “Labor-migration” dasturidan jami 1 624 213 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tishiga, ushbu dastur doirasida 426 ta ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzilishiga , taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari 10658 ta hamda jami 2 186 488 ta xizmatlar ko‘rsatilishiga erishildi;
O‘zbekistondagi yoshlarni onlayn tarzda masofaviy ishlash imkoniyatlarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zRKQB vazirligining 2023-yil 13-maydagi 01/00-00/1385-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-yanvardagi № PF-4947 sonli Farmoni bilan qabul qilingan «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topdi. Ushbu taklif asosida strategiyaning «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga etkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish nomli 9-maqsadi ishlab chiqildi. Natijada O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni 27,2 million kishiga etdi. Ayni paytda IT-parklarda 11 mingdan ortiq yoshlar mehnat qilmoqda.