Saloxiddinov G‘ayrat Meyliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yapon soforasi (Sophora Japonica L.) bioekologiyasi va uning plantatsiyalarini barpo etish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1303.
Ilmiy rahbar: Xamroev Xusen Fatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yapon soforasi (Sophora japonica L.) ning bioekologik xususiyatlarini hamda hududlar bo‘yicha istiqbollilik darajasini tahlil etish, urug‘larni ekish muddati va usulini aniqlash, ko‘chat ekish muddatlari, sxemalari va o‘g‘itlash me’yorlarining plantatsiyalardagi ko‘chatlarning saqlanib qolishi hamda o‘sishiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tashqi muhit omillariga munosabatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida plantatsiya va daraxtzorlar barpo etish mumkinligi isbotlangan;
yapon soforasi urug‘larini noyabr` oyida terib, ularga 70-750S li suvda termik ishlov berish orqali unuvchanlikni 86,3% gacha oshirish hamda qumda stratifikatsiyalangan variantga nisbatan 30-40% yuqori natija olish mumkinligi aniqlangan;
urug‘larni 12 gr/pog m me’yorda sepish va N60P30K30 miqdorida 2 marta o‘g‘itlash orqali standart ko‘chat chiqish darajasini 87% gacha oshirish, hamda o‘g‘itlanmagan variantga nisbatan 9-16% ga yuqori natijaga erishish mumkinligi aniqlangan;
noyabr` oyining birinchi dekadasida 4x4 m sxema plantatsiyalar barpo etish orqali, ko‘chatlarning saqlanib qolishi 96,1%, ko‘chat balandligi 271,3 sm, diametri 42,5 mm ni tashkil etishi hamda 3x4 m sxemada ekilganga nisbatan saqlanib qolish 6,8%, biometrik ko‘rsatkichlari 10,2-20,8% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
CO(NH2)2 bilan yiliga 3 marotaba o‘g‘itlash orqali plantatsiyadagi daraxtlarning gullash va meva pishib etilish darajalarini 67,5-69,4% gacha oshirish, hamda o‘g‘it qo‘llanilmagan daraxtlarga nisbatan 22,9-23,7% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan texnologiya asosida barpo etilgan plantatsiyalardan qo‘shimcha 20-24 mln so‘m daromad olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yapon soforasi ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi va plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Yapon soforasi plantatsiyalarini barpo etish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligining 3 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/21-6036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu daraxtzordan asalarichilikda foydalanish orqali 24 mln so‘m daromad olish mumkinligi aniqlangan;
Yapon soforasi ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi QuyiChirchiq davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 6,0 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/21-6036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qo‘shimcha 20 mln so‘m daromad olishga erishilgan.