To‘raev Kamoliddin Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimining virtual targ‘ibot resurslari samaradorligini oshirish” 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal789.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlarii doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: RMMMning virtual targ‘ibot resurslarini ijtimoiy-falsafiy o‘rganish, umumlashtirish hamda samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual mafkuraviy manzara “yaratuvchanlik yoki bunyodkorlik”, “qat’iyatlilik yoki qahramonlik”, “ma’rifat” kabi konstruktiv va “vayronkorlik yoki buzg‘unchilik”, “radikal”, “bo‘lib tashlovchi”, “qo‘rqituvchi”, “tushkunlikka tushiruvchi” singari destruktiv targ‘ibot turlari orkali namoyon bulishi aniqlangan;
RMMMning virtual targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirishning hissiy taassurotlarni tasniflash, ta’riflash, o‘zaro bog‘lash va zararsizlantirishga qaratilgan tanqidiy tafakkur, ma’naviy tahlil, faktcheking, mafkuraviy immunitet, fuqarolik pozisiyasi bilan bog‘liq ijtimoiy falsafiy omillari asoslangan;
yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda UZ domenida faoliyat ko‘rsatuvchi ma’naviy-ma’rifiy resurslar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq izchillik, uzviylik, normativlik va universallik kabi mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy isbotlangan;
RMMMning virtual targ‘ibot tarmoqlari faoliyati monitoringining kognitiv muammolari aniqlanib, platformalar samaradorligini oshirish bo‘yicha “talabni shakllantirish”, “ishonchlilik”, “tezkorlik darajasini oshirish”, “qarshi targ‘ibot yo‘nalishini kuchaytirish”, “ma’naviy ehtiyojlarni o‘rganish” kabi ma’naviy marketing strategiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
virtual mafkuraviy manzara “yaratuvchanlik yoki bunyodkorlik”, “qat’iyatlilik yoki qahramonlik”, “ma’rifat” kabi konstruktiv va “vayronkorlik yoki buzg‘unchilik”, “radikal”, “bo‘lib tashlovchi”, “qo‘rqituvchi”, “tushkunlikka tushiruvchi” singari destruktiv targ‘ibot turlari orkali namoyon bulishi aniqlangan bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining “VIII. Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 2023 yil 5 sentyabrda taqdim etilgan №02/05-52-sonli dalolatnoma). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samarasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
RMMMning virtual targ‘ibot texnologiyalarini rivojlantirishning hissiy taassurotlarni tasniflash, ta’riflash, o‘zaro bog‘lash va zararsizlantirishga qaratilgan tanqidiy tafakkur, ma’naviy tahlil, faktcheking, mafkuraviy immunitet, fuqarolik pozisiyasi bilan bog‘liq ijtimoiy falsafiy omillari asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalaridan Markazining chora-tadbirlar dasturining I-yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish hamda bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar” 3-bandi “Mamlakatimizning tuman va shaharlarida barpo etilayotgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarining faoliyat samaradorligini oshirish”ni ishlab chiqish” mavzusida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 30-oktyabrdagi № 02-22/1183-sonli dalolatnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi virtual targ‘ibot resurslari riojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda UZ domenida faoliyat ko‘rsatuvchi ma’naviy-ma’rifiy resurslar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq izchillik, uzviylik, normativlik va universallik kabi mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy isbotlangan bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalari asosida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasida “Yoshlar parlamenti” hamda “Yoshlar qanoti” a’zolari ishtirokida yoshlarning fikrlashi va dunyoqarashida “Globallashuv”, “Ommaviy madaniyat” va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Vatan” kelajagi yoshlar qo‘lida loyihasida doirasida “Globallashuv jarayonidagi mafkuraviy tahdidlarga qarshi mustahkam ma’naviy immunitet”, “Biz vayronkor g‘oyalarga qarshimiz” va boshqa mavzularda joylarda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, konferensiya va o‘quv – seminarlar o‘tkazishda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023 yil 8 martda berilgan №01-04/262-sonli dalolatnomasi). Natijada partiya tomonidan tashkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
RMMMning virtual targ‘ibot tarmoqlari faoliyati monitoringining kognitiv muammolari aniqlanib, platformalar samaradorligini oshirish bo‘yicha “talabni shakllantirish”, “ishonchlilik”, “tezkorlik darajasini oshirish”, “qarshi targ‘ibot yo‘nalishini kuchaytirish”, “ma’naviy ehtiyojlarni o‘rganish” kabi ma’naviy marketing strategiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Yo‘l xaritasi”ning 2-yo‘nalishiga oid “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari” 18-bandi “Ajdodlar merosi - ibrat va tarbiya manbai” mavzusida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2023 yil 23 avgustda berilgan №05-13/128 - sonli dalolatnomasi). Natijada markaz tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini virtual targ‘ibot texnologiyalari bilan ta’minlashga xizmat qilgan.
Fuqarolarda, xususan yoshlarda yot g‘oyalar ta’sirini zararsizlantirishga qaratilgan ma’naviy reabilitatsiya tamoyillari (modellashtirish, izchillik, uzviylik, normativlik va universallik) konseptual metodologik jihatidan asoslanganligi bo‘yicha ilmiy amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023 yil 29 avgustda berilgan №14-07.2011-sonli dalolatnomasi). Natijada Qo‘mitada xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona xalqaro madaniy ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar va tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Barqaror rivojlanish markazining 2022-2023 yillarda “Ma’naviy-ahloqiy va madaniy tarbiya; an’anaviy g‘oyalarning yangi bosqichi” mavzusidagi ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida yaratilgan “Virtual madaniyat markazi” platformasi bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan Barqaror rivojlanish markazi faoliyatida foydalanilgan. (Barqaror rivojlanish Markazining 2023 yil 20 oktyabrda berilgan №422-sonli dalolatnomasi). Natijada Barqaror rivojlanish markazida ma’naviy-ahloqiy va madaniy tarbiya mavzusida targ‘ibot ishlariga tatbiq etilgan.