Asrarxonova E’tibor Abduvahob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ona shaxsining autizm spektrida buzilish aniqlangan bola ruhiy rivojlanishiga psixologik ta’siri» mavzusidagi 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P624.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jumaniyozova Nasiba Ramatillaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsaf doktori (PhD). 
Yetakchi  tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona shaxsining autizm spektrida buzilish aniqlangan bola ruhiy rivojlanishiga psixologik ta’sirini ochib berish asosida ularning psixoemosional holatini barqarorlashtiruvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
autizm spektrida buzilish aniqlangan bolalarning ruhiy rivojlanishi shaxsdagi «ichki konflikt», «ichki vakum», «ichki tashvish», «tushkunlik», «apatiya»ning boladagi ijtimoiylashuv, hissiy qobiliyatlarni idrok qilish hamda muloqot ko‘nikmasini shakllanishiga integral ta’siri tufayli onadagi psixoemosional holatlarni ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan; 
shaxsda namoyon bo‘luvchi psixemosional holatlar differensiatsiyasiga ko‘ra bolaning ijtimoiy integratsiyasi, jismoniy salomatligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z hissiy prizmasi asosida idrok etishi tufayli autizm spektrli buzilishlari aniqlangan farzandlarning onalarida «vaziyatli» va «shaxsiy» xavotirlanishning o‘zaro integral namoyon bo‘lishi isbotlangan;  
autizm spektrida buzilish bor bolalarning onalarini o‘zlari haqidagi semantik tasavvurlari «sog‘lom bola tarbiyalash istagi» ning reallikka nomutanosibligi bois hayotiy qadriyatlardagi «erkin ayol obrazi» «farzandni bee’tibor qoldirmaslik» holatiga ustuvorlik berish orqali transformatsiyalanishi tufayli  «men oilamda» va «men bolam bilan birga» rakursida differensial farqlanishi asoslangan;
onaning autizm spektrida buzilish bor shaxsning psixik taraqqiyotiga ta’siri natijasida ayolning «hissiy donor» sifatida bola holatidagi o‘zgarishlarga nisbatan sezgirligi hamda uning kechinmalarni idrok qilish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlanishiga sabab bo‘lishi tufayli farzandga nisbatan «emosional qabul qilish», «kooperatsiya» munosabatining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona shaxsining autizm spektrida buzilish aniqlangan bola ruhiy rivojlanishiga psixologik ta’siriga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
autizm spektrida buzilish aniqlangan bolalarning ruhiy rivojlanishi shaxsdagi «ichki konflikt», «ichki vakum», «ichki tashvish», «tushkunlik», «apatiya»ning boladagi ijtimoiylashuv, hissiy qobiliyatlarni idrok qilish hamda muloqot ko‘nikmasini shakllanishiga integral ta’siri tufayli onadagi psixoemosional holatlarni ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-78 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-78a-son ma’lumotnomasi). Natijada ona shaxsining psixoemotsional holatlari autizm spektrida buzilish aniqlangan bolalar ruhiy rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyati yaratilgan;
shaxsda namoyon bo‘luvchi psixemosional holatlar differensiatsiyasiga ko‘ra bolaning ijtimoiy integratsiyasi, jismoniy salomatligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z hissiy prizmasi asosida idrok etishi tufayli autizm spektrida buzilish aniqlangan farzandlarning onalarida «vaziyatli» va «shaxsiy» xavotirlanishning o‘zaro integral namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-78son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-78a-son ma’lumotnomasi). Natijada ona shaxsining autizm spektrida buzilish aniqlangan bolalar ruhiy rivojlanishiga psixologik ta’sirida reaktiv va shaxsiy xavotirlanishlar sodir boʻlishiga koʻra psixoemotsional holat ta’sirida yuzaga keluvchi individual farqlar, aloqadorliklarini dalillashga sharoit yaratilgan;
autizm spektrida buzilish bor bolalarning onalarini o‘zlari haqidagi semantik tasavvurlari «sog‘lom bola tarbiyalash istagi» ning reallikka nomutanosibligi bois hayotiy qadriyatlardagi «erkin ayol obrazi» «farzandni bee’tibor qoldirmaslik» holatiga ustuvorlik berish orqali transformatsiyalanishi tufayli «men oilamda va «men bolam bilan birga» rakursida differensial farqlanishiga asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-78son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-78a-son ma’lumotnomasi). Natijada autizm spektrida buzilish bor bolalarning onalarini o‘zlari haqidagi semantik tasavvurlari «sog‘lom bola tarbiyalash istagi» ning reallikka nomutanosibligi bois hayotiy qadriyatlardagi «erkin ayol obrazi» «farzandni bee’tibor qoldirmaslik» holatiga ustuvorlik berish orqali transformatsiyalanishi tufayli «men oilamda va «men bolam bilan birga» rakursida differensial farqlanishi bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
onaning autizm spektrida buzilishlari bor shaxsning psixik taraqqiyotiga ta’siri natijasida ayolning «hissiy donor» sifatida bola holatidagi o‘zgarishlarga nisbatan sezgirligi hamda uning kechinmalarni idrok qilish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlanishiga sabab bo‘lishi tufayli farzandga nisbatan «emosional qabul qilish», «kooperatsiya» munosabatining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi PM-78son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-78a-son ma’lumotnomasi). Natijada autizm spektrida buzilish aniqlangan bola onalarining hissiy holatini barqarorlashtiruvchi psixokorreksion dastur va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish