Tursunova Gulshanoy Artikjanovnining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Musiqiy sulolaviylik   fenomeni: tipologiyasi, mazmun va  moxiyati», 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/San18.
Ilmiy maslahatchi: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Maxmudova Gulzar Rafik qizi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Ozarbayjon); Hojiakbar Hamidov, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi musiqiy sulolaviy fenomeni tipologiyasi va mazmu moxiyatini yoritish asosida Jahon madaniyatida sulolalar tutgan o‘rni va mavqeini ochib  berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy san’atda musiqiy sulolaviylik fenomenining  ijtimoiy-madaniy, genetik,  kasbiy va  dinamik  o‘zgaruvchan tavsifi mavjudligi, madaniyat tarixida musiqiy  an’analar saqlovchi va  translyasion o‘ringa egaligi hamda unga shaxsiy va jamoaviy samaradorlik omillari ta’sir ko‘rsatishi musiqashunoslik nuqtai nazaridan asoslab berilgan;
musiqiy sulolalar faoliyati  ta’lim strategiyasining  o‘ziga  xos ko‘rinishini shakllantirishda turli davr va  madaniyatlar  ijrochi va   kompozitorlar (Baxlar, Kuperenlar, Shambonerlar va boshqalar) sozanda va bastakorlar (Jalilovlar, Rajabiylar, Zokirovlar va boshqalar) avlodi ustuvor omil bo‘lganligi hamda ular musiqa san’atida katta davr, konseptual yo‘nalishlar, ijodiy maktab va ijrochilik uslublarini yuzaga keltirgani dalillangan;
musiqiy sulolaviylik fenomening strukturaviy va funksional tipologiyasi hamda “vaqt”, “makon” va “borliq” kategoriyalari mavjudligi, musiqa san’atining tarixiy-nazariy va ijodiy jarayonlarini qamrab olgan interdissiplinar tavsifining majmuaviy, tizimli, integrativ mohiyatga egaligi ochib berilgan;
musiqiy sulolaviylikda vorislikning avlodlar tarkibi va kengligiga asoslangan gorizontal, oilaviy munosabatlarning ichki tavsifi, ta’lim darajasi va musiqiy ixtisosligini qamrab olgan vertikal va aralash turdagi munosabati, ijodiy bardavomligini belgilashda individual (subektiv) va ijtimoiy (obektiv) omillarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
musiqiy sulolalarning tarixiy bardavomligiga disfunksional tashqi omillarning ijodiy va kasbiy distruktivlik kabi alomatlarga qaramay davom ettirib kelinayotgani, oilaviy ta’lim qadriyatlari birligi, ijodkorlik borasidagi an’ana va innovatsion o‘zgarishlarning uyg‘unligi kabilar ta’sir ko‘rsatishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Musiqiy sulolaviylik fenomeni: tipologiyasi, mazmun va mohiyati» tadqiqoti bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy san’atda musiqiy sulolaviylik fenomenining  ijtimoiy-madaniy, genetik,  kasbiy va  dinamik  o‘zgaruvchan tavsifi mavjudligi, madaniyat tarixida musiqiy  an’analar saqlovchi va  translyasion o‘ringa egaligi hamda unga shaxsiy va jamoaviy samaradorlik omillari ta’sir ko‘rsatishi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Musiqashunoslar bilan uchrashuv” tadbiri doirasida da o‘tkazilgan yig‘ilishida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 24-maydagi 01-04/66-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilari musiqiy sulolaviylik fenomeni o‘rganishilishi  borasida  o‘z tasavvurlarni kengaytirib yangi ma’lumotlar olishgan;
musiqiy sulolalar faoliyati  ta’lim strategiyasining  o‘ziga  xos ko‘rinishini shakllantirishda turli davr va  madaniyatlar  ijrochi va   kompozitorlar (Baxlar, Kuperenlar, Shambonerlar va boshqalar) sozanda va   bastakorlar (Jalilovlar, Rajabiylar, Zokirovlar va boshqalar) avlodi ustuvor omil bo‘lganligi hamda ular musiqa san’atida katta davr, konseptual yo‘nalishlar, ijodiy maktab va ijrochilik uslublarini yuzaga keltirgani, musiqiy sulolaviylik fenomening strukturaviy va funksional tipologiyasi hamda “vaqt”, “makon” va “borliq” kategoriyalari mavjudligi, musiqa san’atining tarixiy-nazariy va ijodiy jarayonlarini qamrab olgan interdissiplinar tavsifining majmuaviy, tizimli, integrativ mohiyatga egaligi xususidagi takliflar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Musiqashunoslar bilan uchrashuv” tadbiri doirasida da o‘tkazilgan yig‘ilishida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 24-maydagi 01-04/66-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilari musiqiy sulolaviylik fenomeni o‘rganishilishi  borasida  o‘z tasavvurlarni kengaytirib yangi ma’lumotlar olishgan;
musiqiy sulolaviylikda vorislikning avlodlar tarkibi va kengligiga asoslangan gorizontal, oilaviy munosabatlarning ichki tavsifi, ta’lim darajasi va musiqiy ixtisosligini qamrab olgan vertikal va aralash turdagi munosabati, ijodiy bardavomligini belgilashda individual (subektiv) va ijtimoiy (obektiv) omillarning o‘zaro bog‘liqligi xususidagi takliflar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining “Retro shlyager” ko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (“Mahalla” davlat unitar korxonasining 2021 yil 19-apreldagi 01-18-222-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar O‘zbekiston musiqiy sulolalari faoliyati  haqida keng tasavvur hosil qilishgan;
musiqiy sulolalarning tarixiy bardavomligiga disfunksional tashqi omillarning ijodiy va kasbiy distruktivlik kabi alomatlarga qaramay davom ettirib kelinayotgani, oilaviy ta’lim qadriyatlari birligi, ijodkorlik borasidagi an’ana va innovatsion o‘zgarishlarning uyg‘unligi kabilar ta’sir ko‘rsatishi xususidagi takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining «Notadagi taqdirlar» radio eshittirishining dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasi 2022-yil 15-fevraldagi O‘z/Rv-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar fransuz klavesin maktabining taniqli  namoyandasi F. Kuperen sulolasining ijodiy merosi bo‘yicha  yangi ma’lumotlarni olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish