Safarova Nigora Nasilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5133.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Djamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Panjiev Samijon Alijonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarining o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy bilimlarini shakllashtirishning asosiy talablari va o‘zlashtirirsh ko‘rsatkich(nazariy, amaliy, mantiqiy, deduktiv va induktiv xulosa)lari zamonaviy texnologiyalarning yaxlitlik, ilmiylik, integrativlik va variativlik prinsiplariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ta’limni boshqaruvchi dasturlar orqali talabalar bilimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini ta’lim jarayonida kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlari mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy texnologiyalariga muhim komponentligi aniqlanib, pedagogik faoliyat modeli va dinamik harakatlar tizimi mazmunan takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning kompetensiyaviy yondashuv darajasini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari strategik prognozlash va ko‘rsatkichlardan foydalanishning ergonomik, didaktik, metodik talablarini o‘zaro qiyosiy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini zamonaviy ta’lim vositalari asosida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Oliy ta’lim muassasalarining o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy bilimlarini shakllashtirishning asosiy talablari va o‘zlashtirirsh ko‘rsatkich (nazariy, amaliy, mantiqiy, deduktiv va induktiv xulosa) lari zamonaviy texnologiyalarning yaxlitlik, ilmiylik, integrativlik va variativlik prinsiplariga ustivorlik berishga doir xulosalar “Tenglamalar va ularni echish usullari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi, 391-sonli buyrugʻi, 391289-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda talabalarga mazkur fanlarni o‘qitishda bilim berishning samarali usul, shakl, vositalarini aniqlash va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ta’limni boshqaruvchi dasturlar orqali talabalar bilimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim mazmuniga ustuvorlik berish hamda kasbiy kompetentligini ta’lim jarayonida kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy texnologiyalariga muhim komponentligi hamda pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimini mazmunan takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutining OT-F1-049 “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-2873-2821-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muaasasalari talabalarining dars va darsdan tashqari ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid motivatsiyalari rivojlantirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning kompetensiyaviy yondashuv darajasini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari strategik prognozlash va ko‘rsatkichlardan foydalanishning ergonomik, didaktik, metodik talablarini o‘zaro qiyosiy integratsiyalash asosidagi takliflardan Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyatida qo‘llanilib, 2-komponenti “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” va 4-komponenti “Ta’lim natijalarini baholash tizimini xalqaro standartlash asosida takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 19-dekabrdagi 01-01/4662-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini zamonaviy texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini mobil dasturiy ilovalardan foydalanib takomillashtirishga erishilgan.