Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-11-sinflari misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6452.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dostent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Gulyamova Mavluda Xamitovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-11 sinf o‘quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy til ta’limida «madaniyatlararo muloqot» tushunchasining pedagogik mazmuni o‘quvchilarning xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasining ularda shakllangan  madaniy kompetentlikka hamda madaniyatlararo ta’limning audiolingval va audioviziual metodlariga aloqadorligini loyihalash texnologiyasi talablariga muvofiq modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari xorijiy til fanlarini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hamda madayatlararo muloqotni til unsurlarini qiyosiylash orqali rivojlantirish metodikasini o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga muloqot texnologiyasini oshirish nuqtai nazaridan intensiv moslashtirish  asosida takomillashtirilgan;     
o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish modeli madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda kognitiv faoliyatning tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash hamda refleksiya-baholashga doir algoritmik bosqichlarining maqsaddan natijaga kelish dinamikasini mazmun va pedagogik jarayon komponentlari orqali muvofiqlik va integrativlik tamoyillariga ko‘ra loyihalash asosida  takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasining didaktik ta’minoti vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning interfaol va imitatsion o‘qitish shakllarini ergonomik talablar va o‘quvchining rivojlanish vektoriga mos rivojlantiruvchi innovatsion metodikalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasining ularda shakllangan  madaniy kompetentlikka hamda madaniyatlararo ta’limning audiolingval va audioviziual metodlariga aloqadorligini loyihalash texnologiyasi talablariga muvofiq modellashtirish asosida aniqlashtirilgan xorijiy til ta’limida «madaniyatlararo muloqot» tushunchasining pedagogik mazmuniga doir takliflardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789 sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 28-iyuldagi 04/11-4375-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim innovatsion klasteri asosida ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirish” nomli dastur loyihasi ishlab chiqildi;
xorijiy til fanlarini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hamda madayatlararo muloqotni til unsurlarini qiyosiy o‘rganish orqali rivojlantirish metodikasini o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga muloqot texnologiyasini oshirish nuqtai nazaridan intensiv moslashtirish  asosida takomillashtirilgan ingliz tili darslarida o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 8-iyuldagi 26.01-114-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini o‘qitishda ta’lim turlari hamkorligi kuchaytirilgan, o‘quvchilarning madaniy kompetentligini yaxshilashga qaratilgan metodlar asosida umumta’lim sifat samaradorligini oshirishga erishilgan;
madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda kognitiv faoliyatning tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash va refleksiya-baholashga doir algoritmik bosqichlarining maqsaddan natijaga kelish dinamikasini mazmun va pedagogik jarayon komponentlari orqali muvofiqlik va integrativlik tamoyillari orqali loyihalash asosida  takomillashtirilgan o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish modelini amaliyotga tatbiq etishga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali  DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy ehsittrishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” radio eshittirishining 2022-yil 14-avgust kunidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-sentyabrdagi 04-36-1518-son ma’lumotnomasi). Natijada,  ingliz tili darslarida o‘quvchilarning ko‘p madaniyatli kontekstda samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning metodikasi bo‘yicha takliflar keng jamoatchlik e’tiboriga havola etilgan;
vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning interfaol va imitatsion o‘qitish shakllarini ergonomik talablar va o‘quvchining rivojlanish vektoriga mos rivojlantiruvchi innovatsion metodikalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasining didaktik ta’minotiga doir takliflar “Chet tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish” fanidan ishlab chiqilgan “Developing Intercultural Communication in Teaching English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i,  434608482533158545-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish imkoniyati kengaytirilgan, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish