G‘anieva Aziza Zayniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorijiy tajribalar asosida rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish (maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining malaka oshirish jarayoni misolida)”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6011. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Abdurahmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisod fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik; Eshpo’latov Komil Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tajribalar asosida rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetentligi mazmuni va arxitektonikasi innovatsion yondashuvlarni qo‘llashning tadbirkorlik, ishbilarmonlik kabi amaliyotga yo‘naltirilgan ko‘nikmalari tarkibini individuallashtirish, moslashuvchanlik tamoyillari  bilan o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy funksiyalarini raqamli boshqaruvga tranformatsiya qilish hamda malaka oshirish jarayonini rejalashtirishda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishga shart-sharoitlarni yaratishda rasmiy, norasmiy ta’lim shakllarini kiritish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan; 
boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Maktabgacha ta’lim tizimida HR-menejment”, “Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion menejment” modullarini o‘qitishning shakl va metodlari tizimli yondashuv asosida boshqaruvga oid bilimlarni inkorporatsiyalash natijasida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetentligining rivojlanish  darajalarini aniqlashning parametrlari (rivojlangan, tayanch, etarli bo‘lmagan), indikatorlari ko‘p mezonli baholash vositalarini (test, anketa-so‘rov, kazus) ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Xorijiy tajribalar asosida rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetentligi mazmuni va arxitektonikasi innovatsion yondashuvlarni qo‘llashning tadbirkorlik, ishbilarmonlik kabi amaliyotga yo‘naltirilgan ko‘nikmalari tarkibini individuallashtirish, moslashuvchanlik tamoyillari  bilan o‘zaro integratsiyalash hamda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy funksiyalarini raqamli boshqaruvga tranformatsiya qilish hamda malaka oshirish jarayonini rejalashtirishda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishga shart-sharoitlarni yaratishda rasmiy, norasmiy ta’lim shakllarini kiritish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan oid takliflardan “Dual taʻlim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion taʻlim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda pedagogik ta’limni rivojlantirish institutining 2023-yil 23 iyuldagi 1-l-son buyrug‘i). Mazkur taklif va tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarinining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda kasbiy funksiyalarni zamonaviy talablar asosida aniqlashga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda kreativ yondashuvlarni qo‘llashga oid tavsiyalar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari  rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish modelini shakllantirishga oid takliflar “MTTda Ijodiy rivojlantirish” hamda “Ta'lim xizmatlari marketingi va mehnat bozori” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 31 oktyabrdagi 03-665-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarinining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Maktabgacha ta’lim tizimida HR-menejment”, “Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion menejment” modullarini o‘qitishning shakl va metodlari tizimli yondashuv asosida boshqaruvga oid bilimlarni inkorporatsiyalash natijasida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar  Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyatida foydalanilgan hamda “Maktabgacha ta’lim tizimida HR-menejment”, “Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion menejment” modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 31 oktyabrdagi 03-665-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarinining  malakasini oshirish jarayonini innnovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish