Axunov Sherzod Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlatlar ishtirokidagi investision nizolarni xalqaro-huquqiy hal qilish vositalari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu347.
Ilmiy rahbar: Saidova Lola Abduvohidovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, DSc.07/27.02.2020.Yu/108.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Daniyar Baxtiyarovich, yuridik fanlar doktori (DSc); Hakimov Ravshan To‘lqinovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi davlatlar ishtirokidagi investision nizolarni hal qilishning nazariy va huquqiy masalalari, nizolarni xalqaro huquqiy hal etishning sudlov vositalari va O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro investision nizolarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el investisiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investisiya faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizo (investisiyaviy nizo) muzokaralar, mediasiya, O‘zbekiston Respublikasining tegishli sudi yoki agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi mumkinligi asoslantirilgan;
investisiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarning investisiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kirishi asoslantirilgan;
arbitrajning hal qiluv qarori ustidan sudga shikoyat qilish uni bekor qilish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkinligi hamda nizo predmeti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini yoki arbitrajning hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zid ekanligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi mumkinligi asoslantirilgan;
arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi arizaga ilova qilinishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
chet el investisiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investisiya faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida yuzaga keladigan nizo (investisiyaviy nizo) muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etilishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-sonli qonuni 63-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda etiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 4-oktyabrdagi 04/6-05-43-son dalolatnomasi). Mazkur taklif nizolarning hal etilishida milliy qonunchilik yuzasidan dastlabki vosita qo‘llash bo‘yicha huquqiy tushuncha bermoqda hamda maxsus qonunchilik hujjatida uning huquqiy asosini mustahkamlab qo‘yilishiga xizmat qilgan;
investisiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investisiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kirishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-662-son qonunining 1-moddasi 7-qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 4-oktyabrdagi 04/6-05-43-son dalolatnomasi). Mazkur taklif bilan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining Ma’muriy ishlarning sudga taalluqliligi investisiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar tushunchasi ko‘rsatib o‘tilmoqda. Bu esa amaliyotda qo‘llash investision nizolar tarkibiga kiradigan ishlarning ko‘rsatib o‘tilishi va investision munosabat subektlarining doirasini belgilab berishiga xizmat qilgan;
nizo predmeti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini yoki arbitrajning hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zid ekanligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-674-son qonunining 50-moddasi 2-qismi “2” kichik bandini ishlab chiqishda etiborga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 20-noyabrdagi 11/02-30-14897-son dalolatnomasi). Mazkur taklif amaliyotda qo‘llash arbitrajning hal qiluv qarori ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan;
arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni yuritishda arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ichida arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-769-sonli Qonunining 1-moddasi 12-bandini ishlab chiqishda etiborga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 20-noyabrdagi 11/02-30-14897-son dalolatnomasi). Mazkur taklif arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni yuritishda arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mavjudligini tasdiqlagan.